Xayriya tadbirlari (Charity promotions)
Xayriya tadbirlari har bir harid qiymatining ma’lum qismini turli xayriya maqsadlari uchun yo‘naltirishdan iborat. Xayriya tadbirlari firma brendining ezgulikka, insoniylikka va jamiyat muammolariga befarq emasligiga da’vat etadi va bunga iste’molchilarni ham jalb etadi. Iste’molchilar tovarlarni harid qilish orqali ma’lum miqdorda xayriyaga o‘z ulushini qo‘shadilar.
Xayriya xususiyatiga ega bo‘lishiga qaramasdan ushbu tadbirlarning maqsadi (haridni motivatsiyalash orqali sotuv hajmini oshirish) o‘zgarmasdan qoladi. Bunday rag‘batlash tadbirlari kuchli raqobat sharoitida “brendni jonlantirish” uchun qo‘llaniladi. Hayriya tadbirlarining keng tarqalgan usuli mahsulotning har bir birligi qiymatining ma’lum qismini tadbirlar davrida xayriya maqsadlari uchun o‘tkazib berishdir.
Klub dasturlari (Club program)
Klub dasturlari – mijozlar sodiqligini oshirish, potensial haridorlar sonini saqlab qolish orqali “brend jamiyati”ni tuzishdir.
Klub dasturlari haridorgir tovarlar ishlb chiqaruvchi firmalar tomonidan doimiy ravishda o‘tkazib boriladi (masalan, avtomobil sanoati, video, audio disklar savdosi). Ammo yuk haridorgir bo‘lmagan tovarlar uchun klub dasturlari o‘tkazilmaydi degani emas.
Klub dasturlari asosan klub a’zolari uchun afzalliklarni yaratib beradi. Chunki aynan klub a’zolari joriy etilayotgan yangi akatsiyalar, maxsus takliflar, imtiyozli xizmatlar, servis va brend yangiliklaridan xabardor bo‘ladi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning taraqqiy etishi qiziqarli klub dasturlarini yaratish imkoniyatini yanada kengaytirdi.
Varaqalar (Leaflets)
Varaqa – firmalarning o‘z matbuot vositalari orqali aksiya va turli bonuslar to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatishidir. Ko‘pchilik firma va kompaniyalar o‘z davriy jurnali va gazetalariga ega bo‘lib, ular orqali e’lon qilingan aksiyalar va bonuslar muntazam berib boriladi. Varaqalar maqsadli auditoriya firma haqida ma’lumot olishda davom etayotganligi yoki yo‘qligini aniqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |