1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
Sovg‘alar
Narxi qimmat bo‘lmagan tovarlarni harid qilish chog‘ida haridorlarga turli sovg‘alar yoki tovarning qo‘shimcha miqdori sovg‘a sifatida bepul beriladi. Bunday aksiyalar to‘g‘ri tanlanganda sotuv hajmini sezilarli darajada oshiradi. Sovg‘alarning turlari juda ko‘p va ularni iste’molchilarga taqdim etishning ham turli yo‘llari mavjud. Eng muhim sovg‘alarning maqsadli auditoriyaga mo‘ljallanganligidir. Sovg‘alar bir marotabalik haridlar uchun yoki uzluksiz chakana savdo uchun bo‘lishi mumkin. Sovg‘alar tovar narxining ma’lum bir ulushini tashkil etgan taqdirda “Bepul” so‘zlari iste’molchilarni jalb etish va “tuzoqqa tushirish”ning eng samarali usuli bo‘lib qoladi [28, 110-111]. Sovg‘alar quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi: Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida uzviy aloqani mustahkamlash va unga moddiy tus berish. Iste’molchilarning qo‘shimcha tovar miqdoriga ega bo‘lishga imkon berish (bu usul qimmat tovarlarga qo‘llanilmaydi). Sovg‘alarning turlari quyidagilar: “1+1=3”: tovarning ikkita miqdori harid qilinganda uchinchisi bepul beriladi; “harid+ sovg‘a”: sovg‘alar ma’lum tovarni(masalan 15000 so‘mlik "Nescafe" harid qilinsa, firma krujkasi bepul beriladi, yoki “AgroMir” firmasining ikki dona soki harid qilinganda, firma nomi tushirilgan kepka, uch dona harid qilinganda firma nomi tushirilgan futbolka beriladi.) yoki harid summasi muayyan miqdor(masalan, magazindan 1500000 so‘mlik kompter harid qilinsa, dasturlar paketi yozilgan DVD-disk bepul beriladi)dan oshgan taqdirda beriladi; “doimiy sovg‘a”: – mijoz har safar tovar harid qilganda sovg‘aga ega bo‘ladi. Lotereyalar Lotereyalar firma tovarini harid qilgan yakuniy iste’molchilarga kelgusida ma’lum yutuq chiqishini ko‘zda tutadi. Har qanday lotereyaning ishlash mexanizmi ma’lum tovarlarni ma’lum miqdorda sotib olinganda super yutuq yoki boshqa sovg‘alarni yutib olishga asoslanadi. Lotereya o‘yinlari juda jozibali va WOM (word-of mouth) ya’ni mish-mish tarqatish samarasiga ega bo‘lib, haridorlar bu haqda o‘z oilasi, yaqinlar va do‘stlari davrasida aytib beradilar va tovar sotuvini rag‘batlantiradi. Lotereya sifatida haridorlarning tashrif raqami, harid cheki raqami yoki maxsus lotereyalar o‘ynalishi mumkin [19,55-57]. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling