1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Treyd-marketingning motivatsiyali dasturlari


Download 0.93 Mb.
bet14/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

3.2. Treyd-marketingning motivatsiyali dasturlari


Konsyumer promoushn (consumer promotion) — keng tushuncha. Uning tarkibiga bosma va matbuot reklamasi, shaxsiy sotish texnikasi, brend nufuzini oshirishga qaratilgan tadbirlar, va haridni rag‘batlantirish (in-store promotion) kiradi. Consumer promotion haridorlarni “og‘dirish” usuli bo‘lib, ayrim xollarda “harid marketingi” deb ham ataladi.
Konsyumer promoushn tovarlarni siljitish va haridorlarni yaqinlashtirishdir.
Konsyumer promoushnning maqsadi – firmaning bozor ulushini oshirish, sotuvlar hajmini oshirish va foydani ko‘paytirishga erishishdir.
Konsyumer promoushnning vazifasi – zaruriy tovarlarni haridorlarga kerakli joylarda taklif qilish va ularga bu tovarlarning nafliligini, o‘z ehtiyojlarini qondirishda ushbu tovarning ahamiyati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni yetkazishdan iborat.
Konsyumer promoushnning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat desak mubolag‘a bo‘lmaydi:
– yangi iste’molchilarni aniqlash va ularni jalb qilish;
– doimiy haridorlarga yangilik (yangi tovar)larni yetkazish va sotish;
– doimiy haridorlarning firma brendiga “sodiq”ligini oshirish;
– haridorlarning katta miqdordagi haridlarini rag‘batlantirish;
– eng rentabelli tovarlarni harid qiluvchi haridorlarni “og‘dirib olish”;
tovarlarning harid afzalligi (tovarning iste’mol xususiyati, sotish joyi, sotish usullari va boshqalar)ni tahlil qilish;
Konsyumer promoushnning marketingdagi ahamiyati beqiyos bo‘lib, sotishni rag‘batlantirish bilan shug‘ullanuvchi marketologlar marketingning 4P kompleksini iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing kompleksi 4S (Consumer - iste’molchi, Cost -qiymat Convenience - qulaylik, Communication -kommunikatsiya) ga almashtirishni taklif etadilar.
Konsyumer promoushn tadbirlari quyidagi quyidagi marketing maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan:
– iste’molchilarni yangi tovar bilan tanishtirish;
– iste’molchilarni harid qilishga jalb etish;
– bir haridor tomonidan sotib olinadigan tovarlar sonini oshirish;
– mavsumiy tovarlar sotuvini maqbullashtirish;
– haridorlarning savdo belgisi va tovarga moyilligini oshirish, brendga nisbatan “sodiq”ligini saqlab qolish.
Konsyumer promoushn tadbirlari yakuniy iste’molchilarga qaratilgan bo‘lib uning asosiy usullarini quyidagilar:



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling