1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet20/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Pochta konverti. Xat va jo‘natmalar solinadigan qog‘oz o‘ram bo‘lib odatda ichidagi narsa to‘g‘risida qiziqish uyg‘otishga xizmat qiladi. (masalan “maxfiy”, “hurmat bilan!” kabi so‘zlar bo‘lishi iste’molchilarda uni ochishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshiradi.
Xat. Aynan iste’molchiga yo‘naltirilgan va ularning shaxsiy qiziqishlarini uyg‘otishga xizmat qiladigan yozma murojaat.
Prospekt (reklama harakteridagi savdo-sotiq ma’lumotnomasi). Prospekt tovar va xizmatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish maqsadida qo‘llanilib unda tovarning tavsifi, rangi, narxi, fotosuratlari, kafolati kabi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Prospekt dastlabki tijorat xabari bo‘lib, odatda buklet, yirik formatli sahifa, broshyura, sahifacha yoki alohida sahifa ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Javob varaqasi. Bu tovar va xizmatlarga buyurtma blankasi bo‘lib, ko‘pincha bepul ulanish uchun telefon raqami aks ettiriladi. Javob varaqasi odatda oson o‘qiladigan va tez to‘ldirish imkoniga ega bo‘lishi lozim.
Qaytarish varaqasi. Bu haridorga zarur axborotlarni qayta jo‘natishga imkon beradi. Qaytarish varaqasi so‘rov, buyurtma yoki to‘lov kvitansiyalaridan iborat bo‘lishi mumkin [30,253-254].
Direkt-meylning matni savodxonlik bilan yozilgan, tushunarli, ishonchli ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘lishi lozim. Buning uchun matn yozuvchi ishlab chiqaruvchi, haridorlar va raqiblar to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Matn qisqa, sermazmun va aniq bir tilda yozilishi kerak. Matn murojaat mazmuniga ega bo‘lishi va unda so‘ralayotgan ma’lumotlar iste’molchilar tomonidan zudlik bilan to‘ldirilishi ko‘zda tutilishi kerak.
Direkt-meyl matnini to‘ldirishda eng ko‘p uchraydigan xatoliklar quyidagilar:
– shartnoma, bitim tuzish haqidagi taklifga matnni qo‘shish yoddan chiqishi;
– pochta konvertini to‘ldirishda ketma-ketlikka rioya qilmaslik, turli xil harf va yozuv uslubidan foydalanish;
– pochta konvertlarining oddiy konvertlardan farq qilmasligi;
kafolatning berilmasligi;
– ko‘rsatmalarning mavjud bo‘lmasligi;
– matnda juda ko‘p xabar keltirilishi;
– rang va tasvirning noto‘g‘ri tanlanishi;
– asosiy taklifning tezda ko‘zga tashlanmasligi;
– sarlavhaning juda ko‘pligi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling