1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


MDF-fondini rejalashtirish


Download 0.93 Mb.
bet8/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

MDF-fondini rejalashtirish. Tanlab olingan hudud yoki mintaqasi, tovar bozori uchun puxta ishlab chiqilgan marketing dasturlari qamrovni kengaytirish muhim bo‘lib, korxona buning uchun ko‘pi bilan bir yilga mo‘ljallangan rivojlanish fondini rejalashtirishni qo‘llab-quvvatlaydigan marketing vositalarini tanlaydi va bozorga yo‘naltiradi.
Dasturningpotensial ishtirokchilarini tanlash. MDF-fondi korxonaning mintaqaviy/hududiy marketing va savdo bo‘limlari tomonidan ishlab chiqiladi va foydalilik darajasiga ko‘ra yuqori, o‘rta va quyi segmentlarga ajratiladi (ilg‘or korxonalar amaliyotida bu Platinum, Gold i Silver segmentdagi hamkorlari ajratiladi). Mablag‘lar hududiy savdo vakillari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlarning biznes-rejalarining kutilayotgan rentabelligi va hamkorlik dasturida moliyalashtirilgan oldingi tadbirlardagi faoliyat samaradorligi asosida taqsimlanadi. Taqdim etilgan moliyalashtirish manbalari va mablag‘lar miqdori korxonaning strategik rejalari va investitsiyalardan kutilayotgan daromadga muvofiqligiga tasdiqlanadi.
Talabni shakllantirish bo‘yicha treyd-marketing faoliyati imkoniyatlari. MDF- mablag‘lari korxona mahsulotlari, xizmatlari va muammolarni hal qilish hamda kutilayotgan talabni rag‘batlantirish uchun shakllantiriladi. Bunday tadbirlarga reklama, katalog nashrlari, mijozlarni o‘qitish va turli brifinglar, seminarlar va vebinarlar, bozor ma’lumotlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta jo‘natmalari yoki telemarketing tadbirlari, taqdimotlar va mahsulotning sinov variantlarini ishlab chiqishga, turli tanlov tadbirlari, chakana savdo tadbirlari, sotishni rag‘batlantirish, qidiruvi marketingi, ijtimoiy media va ta’limiy aksiyalarni kirtishimiz mumkin.
Hamkorlik faoliyati yoki marketingni rejalashtirish. MDF- - bu aniq natijalarga asoslangan va shunga muvofiq rejalashtirilgan talabni shakllantirish dasturidir. MDF- dasturi aniq natijalarga erishish uchun aniq maqsadlar bilan puxta marketing dasturi tuzish zarur. Buning uchun korxona eng malakali hamkorlarga marketingni rejalashtirishda yordam berish uchun zaruriy savdo resurslarini ajratadi va tasdiqlangan marketing yoki hamkorlik rejalarini ishlab chiqish, hujjatlashtirish va amalga oshirish uchun eng zaruriy hamkorlik vositalarini taqdim etadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling