1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
-MAVZU. TREYD-MARKETING JARAYONI ISHTIROKCHILARI O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARNI TASHKIL ETISH
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
2-MAVZU. TREYD-MARKETING JARAYONI ISHTIROKCHILARI O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARNI TASHKIL ETISH2.1. Treyd marketing konsepsiyasi va mohiyati 2.2. Treyd marketing jarayoni ishtirokchilari bilan hamkorlikni o‘rnatish 2.1. Treyd marketing konsepsiyasi va mohiyatiTreyd-marketing mahsulot ishlab chiqaruvchidan tortib to iste’molchigacha bo‘lgan tovar tarqatish zanjirining barcha sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan faoliyatdir. Treyd-marketing savdo bozoridan ma’lum bir mahsulotni sotish samaradorligiga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish vositasi sifatida foydalanadi. Ammo buning uchun sotuvchilar iste’molchi yangi mahsulotlar haqida ma’lumot olishlari uchun hamma shart-sharoitlarni yaratib berishlari kerak. Eng muhimi jihati ularni tovarga qiziqtirish. Mahsulotning muhim iste’mol xususiyatlariga qiziqish tufayli ular sotiladi yokt sotib olinadi. Bundan tashqari, treyd-marketing do‘konlarda va sotuvchilar o‘rtasida savdoni faollashtirishni ham anglatadi. Treyd-marketingning vazifasi tarqatishni rivojlantirish va butun tarqatish kanalining ishlashini ko‘rib chiqish mumkin. Treyd-marketing vositachilar va tashkilot yoki kompaniyaning savdo xodimlarini rag‘batlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Umuman olganda bugungi kunda treyd-marketing bozorda kichik savdo korxonalarini rivojlantirish va siljitishning yagona mavjud vositasidir. Faol ta’sir ko‘rsatish, mahsulot va uning foydalanuvchisi o‘rtasida bo‘lgan har bir ulgurji agentlardan tortib kichik do‘konlargacha brend bilan ishlash motivatsiyasini anglatadi:. Treyd-marketingning sotish konsepsiyasi avvalo marketing kompleksi yordamida tovar tarqatish kanallariga yoki chegaradosh bo‘lgan ulgurji va chakana savdo sub’ektlariga talabni oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan marketing yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Treyd-marketing kompaniyalarga sotuvchilarni haridlarni amalga oshirishga va mahsulotlarni tarqatish va qiymat zanjiri bo‘ylab yakuniy iste’molchiga samarali ko‘chirishga rag‘batlantirishga yordam beradi. Ushbu rag‘batlantirish tufayli sotuvlar hajmi oshadi, mavsumdan qat’iy nazar o‘z darajasini saqlab qolish imkonini beradi, sotuvchilarning korxona va uning mahsulotlariga sodiqligini shakllantiradi. Amaliyotda treyd-marketingning rag‘batlantirish konsepsiyasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunda turli xil bonus tizimlari, tadbirlar, motivatsion dasturlardan foydalanadi, maxsus taqdimotlar, treninglar, yarmarka va ko‘rgazmalarni tashkil qiladi, shuningdek, merchandayzingga alohida e’tibor qaratadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling