2.1.1-rasm. Treyd-marketing faoliyati
2.2. Treyd marketing jarayoni ishtirokchilari bilan hamkorlikni o‘rnatish
Har bir korxona o‘z mijozlarining mavjud bo‘lgan ma’lumotlari, vositalari, resurslarm va kontentidan cheksiz foydalanish huquqiga ega. Bugungi kunda hamkorlik dasturlari onlayn resurslar va vositalari yordamida mijozlar bilan ishlash jarayonini soddalashtirishga yordam beradigan muhim vositadir. Korxonalar hamkorlik munosabatlarini tashkil qilish uchun URL-manzillarga ega, mijozlarning maxsus talablariga moslashtirilish mumkin bo‘lgan zamonaviy, texnologik jihatdan ilg‘or interfeys bilan ta’minlangan. Ushbu portallar MDF-fond tashkil qilish orqali mijozlarga mahsulotlar, marketing dasturlari, narxlar va o‘quv ma’lumotlariga, shuningdek, barcha hamkorlar uchun maxsus mukofotlar va rag‘batlantirish, jumladan, talabni shakllantirish, marketing va sotishni rag‘batlantirish vositalariga 24/7 rejimida ishlash imkonini beradi.
Hamkorlikda sotuvlarni tashkil qilish
Strategik rejalashtirish
2.1-rasm. Korxonalarda hamkorlik munosabatlarini tashkil qilish
Korxonalar MDF-fondlar tashkil qilish orqali yuqori darajada integratsiyalashgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, biznes vositalari, tarmoq, dasturiy ta’minot va qo‘shimcha xizmatlarga oid barcha ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bunda:
• hamkorlik asosida yangi foydalanuvchilarga turli yo‘rsatma va yo‘riqnomalar berish, vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
• moslashuvchan biznes vositalaridan foydalanish;
• muhim va dolzarb ma’lumotlarni faoliyat turiga va profiliga xos xususiyatlariga ko‘ra saralash;
• Istalgan vaqt rejimida va istalgan joyda istalgan qurilmadan (statsionar va mobil) foydalanib hamkorlik o‘rnatish mumkin bo‘ladi.
MDF(Media Development Fund)- hamkorlik va mediani rivojlantirish fondlarni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mijozlar uchun korxona bilan hamkorlik o‘rnatishda zarur bo‘lgan vositalar va resurslarni topishga ko‘maklashishdan iborat.
MDF – korxona bozorini kengaytirish va hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish dasturi bo‘lib, korxona ajratilgan ATL yoki BTL mabla-larining to‘laqonli biznesni rivojlantirishga yo‘naltirish, hamkorlik o‘rnatish, yangi mijozlarni jalb qilish imkonini beradi. MDF-fond quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |