1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Treyd-marketingning asosiy vositalariga


Download 0.93 Mb.
bet6/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Treyd-marketingning asosiy vositalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- tovar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan va iste’molchilar e’tiborini jalb qiluvchi POS-materiallar. Bu savdo nuqtalaridagi reklama, do‘konning maxsus dizayni, narx belgilari, plakatlar, kalendarlar, kompaniya logotipi va uning mahsulotlari tushirilgan esdalik sovg‘alari bo‘lishi mumkin.
- rag‘batlantiruvchi reklama.
- haridlar hajmini oshirishga qaratilgan aksiyalarni rag‘batlantirish.
- chakana savdo shoxobchalarini ma’lum bir kompaniyaning mahsulot turlarini kengaytirishga undaydigan aksiyalar (sovg‘alar, chegirmalar, sertifikatlar).
- ulgurji sotuvchilarni debitorlik qarzlarini kamaytirishga undaydigan aksiyalar (agar qarz o‘z vaqtida to‘langan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi korxonadan bonuslar kafolatlanadi).
- mijozlar bazasini kengaytirishga qaratilgan aksiyalar.
- yalpi savdoni tushumini oshirishga qaratilgan aksiyalar.
Treyd-marketing nafaqat chakana sotuvchilarni, balki ularning xodimlarini ham rag‘batlantirishga qaratilgan. Sotuvchilar uchun sharoitlar juda foydali bo‘lishi mumkin, aksincha korxonaning treyd-menejerlari tovarlarni sotish yoki siljitishdan manfaatdor bo‘lmasalar, savdo nuqtalarida tovarlarning to‘liq yetkazib berilishi yoki sotuvlarni tashkil etilishini har doim ham ta’minlash imkoni bo‘lmaydi. Treyd-marketing konsepsiyasining yana bir muhim jihati shundaki, kompaniyalar ma’lum bo‘lmagan mahsulotni muvaffaqiyatli sotish imkonsizligi tufayli ham sotuvchilarni o‘z mahsulotlari bilan tanishtirishlari kerak,. Shu boisdan ham treyd-marketing mahsulot, korxona, tovar bozori haqida turli treninglar, seminarlar, konferensiyalar o‘tkazishga ham katta e’tibor beradi, bu orqali ular mutaxassislar va haridorlarni yangi mahsulotlari bilan tanishtiradi, sotishning eng samarali texnikasi va usullarini tushuntirib beradilar.
Treyd-marketingning xulq-atvor konsepsiyasi. Harid xulq-atvorini o‘zgartirishga qaratilgan bunday tadbirlar korxonalar uchun juda samarali bo‘lishi mumkin. Savdo assortimentini boshqarishda treyd-marketing bo‘yicha mutaxassislar hal qiluvchi omil hisoblanadi. Doimiy mijozlar yoki barqaror iste’molchilar harid motiviga ega bo‘lmagan tovarlarni siljitish uchun nafaqat sotishni rag‘batlantirishning an’anaviy usullarini, balki potensial haridorlar psixologiyasiga asoslangan yangi, samaraliroq vositalarni ham qo‘llash zarur bo‘ladi. Shu sababli ham treyd-marketingning xulq-atvor konsepsiyasiga asoslangan holda iste’molchilar ehtiyojlarni eng oqilona qondirishni ta’minlash uchun ularning turli psixologik reflekslari, diqqat-e’tibori, idrok etish va tashqi stimullar majmuasi, shaxs ustanovkalari, attityudlari, ijtimoiy rollar va statuslari, ijtimoiy madaniy ustanovkalari o‘rtasidagi muvozanatni shakllantiradi.




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling