1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Tovar sifati va uni oshirish yo‘llari


Download 0.93 Mb.
bet35/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

6.3. Tovar sifati va uni oshirish yo‘llari.


Chakana savdoda sifat eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Tijoratda tovar sifati va xizmat sifati tushunchalari mavjud. Tovar sifati bu aholining ma’lum talabini qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan tovar xususiyatlarining majmuidir. Tovar xususiyatlari juda ko‘p ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni:

  • texnik;

  • texnologik;

  • biologik;

  • fiziologik;

  • iqtisodiy;

  • estetik;

  • funksional;

  • ergonomik;

  • sotsial.

Tovar sifati uchun kurash bu tovar harakatida qatnashuvchi hamma bo‘g‘inlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Yuqori darajadagi tovar sifati bu rivojlangan fan taraqqiyoti, yuqori malakali kadrlar, ilg‘or texnika va texnologiyani ifodasi hisoblanadi.
Yuqori sifatli savdo madaniyatining eng asosiy belgisi hisoblanadi.
Yuqori sifatli tovar uchun kurash 20-30 yillarda rivojlangan mamlakatlarda keng tus oladi. Hozirgi davrda tovar sifatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari yoki tizimi ishlab chiqarildi. Bu tizim to‘rt pog‘onali konsepsiya asosida olib boriladi.
Birinchi konsepsiya tovar sifatini texnik nazorat qilish (STNQ).
Bunda tovar sifati ishlab chiqarish korxonalarida standartga, texnik ko‘rsatkichlarga mosligi tekshiriladi. Talabga javob bermaydigan tovarlar qaytadan ishlashga yoki yaroqsiz deb qaytariladi.
Ikkinchi konsepsiya tovar sifatini ta’minlash tizimi (STT). Bu ikkinchi pog‘ona bo‘lib birinchi pog‘onani o‘z ichiga oladi va tovarda namoyon bo‘ladigan kamchiliklarni sababini aniqlaydi va bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.
Uchinchi konsepsiya tovar sifatini boshqarish tizimi (SBT). Bu tizim birinchi va ikkinchi tizimni o‘z ichiga oladi, ya’ni birinchi tizimda va ikkinchi tizimda bajariladigan ishlar amalga oshiriladi va bunga qo‘shimcha tovar sifatini oshirish korxonaning hamma bo‘limlarini rahbariyatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda korxonaning hamma a’zosi tovar sifatini oshirish uchun o‘z hissasini qo‘shishi shart.
To‘rtinchi konsepsiya – bu tovar sifati uchun kurash tizimi (SKT). Bu tizimga muvofiq tovar sifatini oshirish uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi tizimlardagi ishlar amalga oshiriladi va bunga qo‘shimcha ravishda korxonaning xodimlari turli o‘qishlar, to‘garaklar yo‘li bilan o‘z malakasini oshirish va tovar sifatini oshirish uchun faoliyat olib boradilar. Bundan tashqari korxona bilan aloqador bo‘lgan korxonalar bilan tovar sifatini oshirish bo‘yicha turli ishlar olib boradilar. Bu xildagi ishlar birinchi bor AQShda vujudga kelgan bo‘lib keyinchalik Yaponiyada kuchli taraqqiy etdi.
Tijoratda xizmat sifati bu savdo korxonalarida ulgurji va chakana haridorlarga tovar sotish va xizmat ko‘rsatish darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar majmuidan iboratdir. Xizmat sifati keng ma’noli tushuncha bo‘lib quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:

  • sifatli tovar bo‘lishi;

  • tovarlarning muntazam va keng assortimentda bo‘lishi;

  • yuqori malakali tijorat xodimlarning bo‘lishi;

  • zamonaviy savdo binolari va jihozlarning bo‘lishi;

  • zamonaviy texnologiyaning qo‘llanilishi;

  • turli xildagi xizmat ko‘rsatish turlari bo‘lishi;

  • yuqori madaniyatli haridor va savdo xodimi muomalasining bo‘lishi;

  • tovar harid qilish va iste’mol qilish uchun aholining ketgan vaqtining kam bo‘lishi.

Xizmat sifati darajasini belgilash uchun odatda ash uvai koeffitsiyentlar qo‘llanilishi mumkin. Bunda har bir ko‘rsatkichga uning mazmuniga va ahamiyatiga qarab ballar belgilanadi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling