1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Mahsulotning bozordagi sifati, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
6.4. Mahsulotning bozordagi sifati, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari.Tovar sifati deb uni nominal sharoitda iste’mol qilishda yoki ishlatishda haridorlar ayrim ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatining darajasiga aytiladi. Tovar sifatini oshirish yo‘llari xilma xil. Avvalo, tovar sifati aniqlanadi, keyinchalik tovarning hayotiy davri aniqlanadi va har bir davrga mos tadbirlar ishlab chiqariladi. Bunda tayyor tovarni tashishda va saqlashda uning sifatini ta’minlash choralari asosiy o‘rinlardan biri hisoblanadi. Tovarning hayotiy davri to‘rt bosqichdan iborat: 1. Tadqiqot va loyihalash. Ilmiy tadqiqotlar natijasida tovarning tuzilishi konstruksiyasi yaratiladi, qog‘ozga tushiriladi, ya’ni konstruktorlik hujjatlari tayyorlanadi. Bu bosqichda tovar sifati shakllanadi. 2. Tayyorlash. Bu bosqichda tovar ishlab chiqariladi va tovar sifati shakllanadi. 3. Muomala va sotish. Bu bosqichda tovarlarni tashish, saqlash, sotish ishlari bajariladi. Bularda tovarning iste’mol qiymati iloji boricha to‘liq saqlangan holda haridorga yetkazilishi sifatini oshirishi yo‘llaridan hisoblanadi. 4. Ishlatish. Bu bosqichda tovar ishlatiladi va iste’mol qilinadi. Bu bosqichlar bir biriga bog‘liq. Masalan, AQSH mutaxassislarini ta’kidlashicha birinchi davrda yo‘qotilgan 1 dollar, ikkinchi davrda 10 dollar, uchinchi davrda 100 dollar zararga va to‘rtinchi davrda 1000 dollar zararga aylanadi. Tovarlarning funksional xususiyatlari (lotincha – faoliyat ko‘rsatish) tufayli inson hayotida muayyan vazifalarni bajarib uning moddiy ehtiyojini qondiradi. Tovarlarning estetik xususiyatlari deyilganda ularning shakli va pardozi tushuniladi. Tovarlarning bu xususiyatlari iste’molchilarga badiiy zavq bag‘ishlay olishi kerak. Mutaxassislarning kuzatishlariga 40 foiz haridorlar tovarlarning estetik xususiyatlari qoniqarli bo‘lmagani uchun do‘kondan harid qilmasdan chiqib ketadilar. Ularning 20 foiziga madaniy va xo‘jalik mollarining shakli yoqmas ekan. Yergonomik xususiyatlari. Ergonomika (yunoncha – ishlash qonuniyati) insonning unumli ishlashi uchun shart-sharoit va qulaylik yaratish imkoniyatlarini o‘rganadi. Tovarlarning ergonomik xususiyatlari deb ularni ishlatish qulayligi va gigiyenik bezararligiga aytiladi. Tovarlarning gigiyenik bezararligi esa ularni ishlatish bezararligi, xavfsizligi, shovqinsizlikni ta’minlash xususiyatlarini bildiradi. Tovarlarning pishiq puxtaligi ularning buzilmay ishlashini, chidamligini, ta’mirlashga yaroqliligini tashqi muhitga bardoshliligini bildiradi. Tovar xususiyatlarining majmui quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: sifati ishonchliligi, xizmat muddati, dizayn; xizmatga yaroqliligi; narxning sifat va iste’mol qimmatiga muvofiq kelishi; tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjatlar; sotishdan keyingi servis sifati; xilning ko‘pligi, tanlov imkoniyati. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling