1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Lizing beruvchi uchun lizing operatsiyalarining strategik ustunliklari


Download 0.93 Mb.
bet44/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Lizing beruvchi uchun lizing operatsiyalarining strategik ustunliklari

Strategik ustunliklar

Mazkur ustunliklarni ta’minlaydigan omillar

Kreditor himoya darajasining oshishi

Bitishuv lizing ob’ektniing o‘zi bilan ta’minlanadi (kafolatlanadi). Foydalanuvchi bankrot bo‘lgan taqdirda lizing ob’ekti mulkdorga qaytariladi. Lizing beruvchi tomonidan to‘lanmagan taqdirda lizing ob’ekti talab qilib olinishi va zararn6i qoplash uchun sotilishi mumkin.

Soliq sohasidagi imtiyozlar, lizingning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi

Lizing oluvchi hisobidan soliq imtiyozlari olishi imkonini beradi va soliq shartlari turlichi bo‘lgan taqdirda lizing beruvchiga lizing bitimidan qo‘shimcha manfaatni ta’minlaydi.

Ishlab chiqarish vositalarinig rivojlanishi va diversifikatsiya qilinishi

Lizing munosabatlari sohasiga yangi sub’ektlar jalb etiladi va shu tariqa tovar ishlab chiqaruvchilar uchun sotish bozori kengayadi. Texnikaga to‘lov qobiliyatli talab qo‘llab-quvvatlanadi, yangi mahsulot ishlab chiqarish miqyosi va sifati kengayishi uchun imkoniyat vujadga keladi.

Davlat manfaatlarining ro‘yobga chiqishi

Ishlab chiqarishni texnika va texnologiya bilan qayta qurollantirish jadallashadi. Mamlakat iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalar jalb etiladi. Tadbirkorlik faollashuvi va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish kengayishi hisobiga byudjetga soliq tushumlari ko‘payadi. Xalqaro valyuta fondi lizing bitishuvlari summasini milliy qarzda hisobga olmaydi. Yangi ish joylari vujudga keladi va aholining turmush darajasi ko‘tariladi. Ichki iste’mol bozori yangi tovar va mahsulotlar bilan to‘ladi.

Lizing beruvchilarning moliyaviy barqarorligi oshishi

Investitsiya harakatlari va daromadlari bab-baravar namoyon bo‘ladi.

Moliyaviy leverij (vosita)ning samarasi

Lizing beruvchilar uchun lizing ob’ektidan har yilgi moliyaviy manfaatlar,odatda, kredit bo‘yicha foizlardan yuqori bo‘ladi.

Lizing oluvchi uchun lizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, uning ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va ishlab chiqarish-texnik salohiyatini oshirish uchun investitsiyalarni moliyalashtirishning muqobil usuli bo‘ladi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling