1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Chakana savdoda lizing munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektlari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing ob’ektlari umumiy tasnifi
9.3. Chakana savdoda lizing munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektlariLizing ob’ektlarini to‘g‘ri ta’riflash lizing munosabatlari mohiyatini ochib berishda muhim jihat hisoblanadi. Chet el va malakatimizda nashr etilayotgan adabiyotlarda ta’kidlanishicha muyyan vaziyatga bog‘liq tarzda lizing ob’ekti bo‘lib, har qanday ko‘chmas va kuchar mulk hisoblanishi mumkin. Bular amaldagi tasnifga ko‘ra asosiy vositalar bo‘lishi lozim, bozorda erkin muomalada bo‘lishi ta’qiqlangan mulklar bundan istisno. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq lizing ob’ekti bo‘lib, har qanday foydalanilmay turgan mulk, shu jumladan, korxona, mulkiy majmua, bino, inshoot, uskuna, transport vositasi va boshqa tadbirkorlikda foydalanish mumkin bo‘lgan ko‘chmas hamda ko‘char mulk lizing ob’ekti bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, deyarli barcha, ayniqsa lizingdan foydalanish keng tarqalgan mamlakatlar qonunchiligida lizing ob’ekti bo‘lish xususida qator cheklovlar mavjud. Masalan, O‘zbekiston respublikasining «Lizing to‘g‘risida»gi qonunida yer maydonlari va boshqa tabiiy ob’ektlar, shuningdek, erkin muomalada bo‘lish qonunchilik yo‘li bilan taqiqlangan yoki muomalada bo‘lishning alohida tartibi belgilangan mulklar lizing ob’ekti bo‘la olmasligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga mazkur qonunda alohida tartibda muomalada bo‘lish talab etiladigan mulklar ro‘yxati keltirilmaydi, bu o‘z navbatida amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritishni talab qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda lizing ob’ektlari turli metodologik belgilarga asosan tasniflanadi: Lizing ob’ektlari umumiy tasnifi O‘zbekiston respublikasining «Lizing to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq lizing ob’ektining tasnifi sodda tarzdi qo‘yidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: Mulk turi bo‘yicha lizing ob’ektining tasnifi O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmaydigan ko‘chma va ko‘chmas mulk lizing ob’ekti bo‘lishi mumkin. Lizing ob’ekti bo‘lib, faqat tadbirkorlik maqsadlarida foydalaniladigan, iste’mol etiladigan ashyolar hisoblanadi. Yer maydonlari, foydali qazilmalari, tabiiy boyliklar, qurol va o‘q-dori, atom hamda gidroelektrstansiyalar va h.k qonunchilik bilan erkin muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki muomala qilishning tartibini belgilash talab etiladigan va iste’mol etilmaydigan ashyolar bundan mustasno. Metodologik nuqtai nazardan malakatimizda va xorijda adabiyotlarda lizing munosabatlari sub’ektini belgilash masalasi munozaraga sabab bo‘lmoqda. Uch asosiy shaxs, qoidaga ko‘ra klassik lizing sub’ekti hisoblanadi, bular: lizing beruvchi, lizing oluvchi va lizing mulkini ishlab chiqaruvchi (ko‘pincha sotuvchi). Amaldagi lizing munosabatlarida esa, qoidaga ko‘ra, lizing munosabatining boshqa sub’ektlari, lizingning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi vositachi sifatida jalb etiladi, shuningdek, sublizing oluvchilar ham. Lizing munosabatlari asosiy ishtirokchilari o‘rtasida lizing bozori xizmatining malakali ishtirokchilari vositachilik qilishi mumkin. Mazkur chizmada lizing rivoji jahon tajribasiga muvofiq lizing munosabatlarining sub’ektlari beriladi: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling