1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Lizing munosabatlarining jahon tajribasi


Download 0.93 Mb.
bet39/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

9.2. Lizing munosabatlarining jahon tajribasi


Lizing munosabatlari tizimida, avvalo, mulkni o‘zgartirish, mulkni yetkazib berish, ijaraga olishni moliyalash, kelishuv tartiblari va risklarni baholash, lizing to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha bitim tuzish va o‘zaro manfaatli munosabatlarni ko‘zda tutadi. Lizing munosabatlari asosida lizing mulkiga talab va ehtiyoj yotadi. Xuddi kredit munosabatlaridagi singari lizing mulkini yetkazib beruvchi va lizing oluvchi (tadbirkor) hamda lizing kompaniyalarning manfaatlarining mos kelish yoki uyg‘unlashuvi lizing bitimlarini amalga oshirishning asosiy sharti bo‘lib hisoblanadi. Faqat shundagina to‘laqonli lizng munosabatlari yuzaga chiqadi. Lizing munosabatlari faqat lizingga beriladigan mulk o‘zi uchun katta talabga ega bo‘lganda, mazkur mulkka doimiy ehtiyoj bo‘lganda va shu munosabatlar yuzaga chiqishidan manfaatdor muayyan infratuzilmada bo‘sh moliyaviy resurs, shuningdek, tegishli investitsiyaviy moliyaviy vosita mavjud bo‘lgandagina shakllanishi mumkindir.
O‘z iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, lizing operatsiyalari, avvalo, qarz munosabatini, mulkning lizing beruvchi, mulkni yetkazib beruvchi, davlat, milliy iqtisod norizidentlari (xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar, chet ellik investorlar va b.q.) bilan munosabatini ifoda etadi. Bu munosabatlar lizing beruvchi, sheriklar, ta’sischilar va boshqalar birgalikda faoliyat munosabatlarini ham aks ettirishi mumkin. Har qanday holda ham lizing munosabatlari, o‘z mazmuniga ko‘ra, qarz munosabatini , mulkiy munosabatni, egalik huquqi va lizing ob’ektlaridan foydalanish huquqi munosabatlarini ifoda etadi.
Iqtisodiy munosabatlar tarixi bilan shug‘ullanuvchilarning fikrlariga ko‘ra ijara (lizing) bitimlari Arestotel yashagan davrdan ancha oldin ham mavjud bo‘lgan. Lizing bitimlari qadimgi Shumer davlatida ham tuzilgan, bunga miloddan oldingi 2000 yildagi yozuvlar guvohlik beradi. Shumer davlatidagi Ur shaharchasidan topilgan loytaxtalardagi yozuvlar qishloq xo‘jaligi qurollari, suv manbalari, xo‘kiz va boshqa ish hayvonlarini ijaraga berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlardan iborat bo‘lgan. Bu yozuvlar bizga ibodatxona kohinlari mahalliy yer egalari bilan bitim tuzgan ijaraga beruvchilar bo‘lganligi haqida xabar beradi.
Finikiyaliklar kemalarni ijaraga olishi, o‘zining iqtisodiy-huquqiy mohiyatiga ko‘ra ashyolarni lizinga berishning hozirgi mumtoz shakliga juda o‘xshab ketadi. Hozirgi sharoitlarda bu bitimlar “nam” lizing deb atalmish operatsiyalarga mos keladi. Uzoq muddatli “charter” bitimlar kemalar iqtisodiy faoliyatining butun davri mobaynida qoplashga hisoblangan muddatga tuzilgan va ijarachidan ijaraga olayotgan vositasidan monopol foydalanish tufayli kelib chiqadigan majburiyatning katta qismini o‘z zimmasiga olish talab etilgan.
Shu bilan birga, Angiliyada ham hozirgi lizing operatsiyalariga o‘xshash munosabatlardan foydalanilgan. Ijara vositasi bo‘lib, ko‘pincha qishloq xo‘jalik uskunalari va otlar hisoblangan. Buyuk Britaniyada lizingga o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi ilk me’yoriy hujjatlardan biri bo‘lib Uels qonuni hisoblanadi, u 1284 yilda qabul qilingan. XIX asr boshlarida Angliyada sanoatning jadal rivojlanishi tufayli, turli xil uskunalar ishlab chiqarish hajmi sezilarli ortganligi munosabati bilan uskunalar lizingi rivoj topdi. Bunda temiryo‘l transporti hamda toshko‘mir sanoatining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Shimoliy Amerikadagi Qo‘shma Shtatlarda XVIII asr boshlarida shaxsiy mulkni ijaraga berish bo‘yicha birinchi shartnoma qayd etiladi. Bunda gildiya a’zolari shartnoma bo‘yicha ot, yopiq arava va aravachani ijaraga olish huquqiga ega bo‘ldilar.
Avstriyalik tadqiqotchi V.Xoyer “Yevropada qanday biznes qiladilar” nomli kitobida “lizing” terminini birinchi marta 1877 yilda qo‘llanganini yozadi. O‘shanda “Bell” telefon kompaniyasi o‘z telefon apparatlarini sotmaslik, ularni ijaraga berish haqida qaror qabul qiladi, ya’ni apparatni mijozning uyi yoki ofisiga telefondan foydalanganlik uchun ijara haqi to‘lash asosida o‘rnatadi.
XIX asr boshlarida AQShda avtotransport gurkirab rivojlanganligi tufayli transport vositasi bilan bog‘liq lizing biznesi tez sur’atlar bilan taraqqiy etadi. Avtomobil lizingidan foydalanishga birinchi misol 1918 yilga taalluqli. Genri Ford 30-yillarda o‘z avtomobillari sotilishini ko‘paytirish uchun lizing shaklidagi ijaradan keng foydalanadi. Lekin chikagolik savdo agenti Zodli Frenk avtomobil lizingi biznesining otasi hisoblanadi. U 40-yillar boshida birinchi bo‘lib o‘zoq muddatli avtomobil ijarasini taklif etadi. Lizing munosabatlaridagi haqiqiy inqilob Amerikada o‘tgan asrning 50-yillarida sodir bo‘ladi. Unda texnologiya jihozlari, mashinalar, mexanizmlar, kemalar, samolyotlar va boshqalar ommaviy sur’atda lizing asosida ijaraga berila boshlanadi. 1952 yilda San-Fransiskoda tuzilgan mashhur Amerika kompaniyasi “United States Leasing Corporation” ilk kompaniya bo‘lib, lizing operatsiyalari uning uchun asosiy faoliyat turi bo‘lib hisoblangan. Bu kompaniya birinchi bo‘lib xalqaro miqiyosga chiqdi, oqibatda xalqaro lizing yuzaga keldi. 1982 yilda Mak-Donnel Duglas korporatsiyasi lizing yordamida samolyotlar bozorini egalladi.

Fransiyada birinchi lizing kompaniyasi 1957 yilda paydo bo‘ladi va u SERAFITES (1962 yildan – Locafrance) deb nomalngan. Uning faoliyati asosiy yo‘nalishi sanoat uskunalarining lizingi bo‘ldi. Mazkur kompaniya birinchi bitimni 1961 yil 22 fevralda imzolagan. Fransiyada lizing 1966 yilda qabul qilingan.


Angliyadagi zamonaviy lizing biznesining ilk qaldirg‘ochi bo‘lib, “Mecrantile Leasing Company” va ”United States Leasing Corporation” fransuz-amerika qo‘shma korxonasi tarzida yuzaga kelgan. Biroq, Angliyada lizing faqat 1970 yildagina sezilarli darajada, soliq imtiyozi joriy etilgandan so‘ng rivojlandi.
Italiyada birinchi lizing kompaniyasi 1963 yilda tashkil topadi.
Germaniyada birinchi lizing kompaniyasi “Lokallease Mietfinanzierung GmbH” 1962 yilda tuzilgan, uning ustav kapitali 1 mln. markani tashkil etgan.
60-yillarning boshlarida lizing biznesi Osiyo qit’asida rivoj topadi. Yaponiyada 1969 yilda tuzilgan “Century Leasing System” lizing kompaniyasi eng mashhur va yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Rossiya davlati hududida sobiq ittifoq davridanoq tashqi iqtisodiy tashkilotlar orqali dengiz va havo kemalarini sotib olishda lizing qo‘llanila boshlagan. Ammo bu operatsiyalarning hajmi katta bo‘lgan emas. Shuning uchun Rossiyada lizing rivojlanishining bosh nuqtasi 90-yillarga to‘g‘ri keladi.
Ayni shu yillarda dastlabki lizing kompaniyalari tuzilgan. Ularning ko‘pchiligi tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, asosiy kreditorlari ham aynan shu tijorat banklari bo‘lgan.
Dastlabki ixtisoslashgan uchta lizing kompaniyasi 1990 yilda tashkil topgan bo‘lib, ular “Rossiya” savdo-lizing kompaniyasi (Nijniy Novgorod shahri), “Yaroslavtexlizing” (Yaroslav shahri), “Baltiyskiy lizing” (Sankt-Peterburg) kompaniyalaridir. Ulardan hozirda lizing bozorida “Baltliz” faoliyat yuritib dengiz va suv transporti, texnologik uskunalar, avtotransport, kompyuter, orgtexnika, ko‘chmas mulk sohasida lizing loyihalarini moliyalashtirishda katta tajriba to‘plagan.
Rossiyada lizing operatsiyalari rivojlanishida muhim qadamlardan biri soliq va bojxona imtiyozlarini qonunchilikda belgilanishi bo‘ldi. Ayni chog‘da o‘tgan asrning 90-yillarining boshlarida lizing Rossiya banklarining an’anaviy xizmat turiga aylanib ulgurmaganligini ham ta’kidlash zarur. Banklar uchun o‘rta va uzoq muddatli operatsiyalarning risklari katta bo‘lganligi sabab lizing uchun olinadigan mol-mulklarning miqdori banklar asosiy vositalari umumiy hajmining 1% dan oshmas edi.
2001 yilga kelib Rossiyada katta bo‘lmagan lizing kompaniyasi o‘rta hisobda 45ta lizing loyihalarini oshirgan. Bitimlar soni 2000 yil bilan taqqoslanganda 30% gi o‘sgan. 2001 yilda Rossiyadagi o‘rtacha lizing kompaniyasi portfelining o‘rtacha hajmi 27, 5 mln AQSH dollarini, Rossiya lizing kompaniyalarining umumiy portfeli esa 2,038 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
Pareks guruhi faoliyat yuritish maqsadida Boltiq bo‘yi mamlaktlarini tanladi. Ushbu guruhning strategik rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning samarali yo‘llaridan biri Pareks bankning Litvadagi faoliyatidir. Pareks lizing kompaniyasi faoliyatining asosiga iste’mol tovarlarini harid etilishini kreditlashtirish olingan. 2002 yil yakuniga ko‘ra, o‘tgan yil kompaniya uchun muvaffaqiyatli bo‘lgan. Masalan, lizingning umumiy portfeli 1,8 mln latga yetdi, ya’ni bu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 1,9 baravar ko‘pdir.
Umumiy hisobda 2003 yil 12644 ta lizing shartnomalari tuzildi. Yil davomida berilgan kreditlar hajmi 3 mln latni tashkil qildi. Pareks lizing kompaniyasining samarali faoliyati shuni ko‘rsatadiki, qaytadan lizing xizmatlaridan foydalanish uchun mijozlar soni ikki martaga oshgan.
1997 yildan boshlab Pareks guruhining lizing kompaniyasi Litvada o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Litva Pareks lizing kompaniyasi xuddi Latviyadagi Pareks lizing kompaniyasi kabi moliyaviy masalalar bo‘yicha mijozlarga maslahatlar berish bo‘yicha faoliyatni yo‘lga qo‘ydi, shuningdek lizingga olingan lizing ob’ektlarini, shu jumladan: ko‘chmas mulk, transport vositalari, ishlab chiqarish qishloq xo‘jalik texnikalari, ofis texnikalari, meditsina vositalari, mebellar va boshqalarni moliyalashtiradi.
Janubiy Koreyada hozirgi kunda 14 ta lizing kompaniyasi, ya’ni 8 ta mahsus va 6 ta savdo banklari faoliyat ko‘rsatishmoqda. Qonunga muvofiq, agarda asbob-uskunadan foydalanish muddati 5 yildan ortiq bo‘lmasa, u holda lizing shartnomasini muddatining 60% dan kam bo‘lmasligi belgilangan. Ularda asbob-uskunani sotib olish huquqi majburiy emas, ammo foydalanuvchiga imtiyoz sifatida berilishi mumkin. Janubiy Koreya hukumatining asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri kichik va o‘rta biznes sohasini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lgani sabali, ushbu davlatda maxsus lizing kompaniyalariga jami lizing operatsiyalarning 35% dan kam bo‘lmagan qismini kichiq va o‘rta biznes sohasiga yo‘naltirish bo‘yicha mahsus yo‘riqnoma mavjud.
Yaponiyadagi lizing biznesini shakllanishini bank kapitalining faol ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunisi diqqatga sazovorki, Yaponiyada lizing sharoitini shakllanishining boshlang‘ich davrida mahalliy banklar nihoyatda katta rol o‘ynagan. XX asrning 60-yillar boshlarida “Cheyz Manxetten Benk” kabi moliyaviy markazlarning sa’y-harakatlari tufayli lizing kompaniyalarning tashkil eitilishiga muhim asos yaratilgan. Ekspertlarning bahosi bo‘yicha Yaponiya ko‘pgina yirik rivojlangan malkatlardan YAMMning o‘sishi bo‘yicha anchagina ilgarilab ketgan davrida, ya’ni yapon “iqtisodiy mo‘’jizasi”ning yuzaga kelishida ham lizingni moliyalashtirish juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Yevropada lizing turlaridan bo‘lmish moliyaviy lizing 50-yillar oxiri 60-yillar boshlarida rivojlanishi boshlandi. G‘arbiy Yevropada moliyaviy lizingni tez rivojlanishiga bir qancha omillar sabab bo‘ldi. Eng asosiysi bu 50-yillardagi ilmiy-texnika inqilobi bo‘lib, bu korxonalar tomonidan asosiy vositalarni yangilashning katta hajmdagi ehtiyojiga olib keldi. Moliyaviy lizing mexanzmi esa uskunalarni bank kreditlari orqali sotib olishdan ko‘ra korxonalar uchun qulay bo‘lib chiqdi. Xuddi shu davrga kelib moliyaviy xizmatlar bozori jadal rivojlanishi tufayli, yangi shakldagi moliyaviy kreditlash va past foizli stavkalar taklifi ko‘paydi. Ushbu holat lizing faoliyatini soliqqa tortishning har tomonlama qulayligi bilan birgalikda lizing kelishuvlarini rivojlantirdi. Lizingni lizing beruvchilari uchun qulay qilib, lizing sektorini rivojlantirishda ijobiy rol uynaydi.


2002 yilda jahon iqtisodiyoti pasayishiga qaramay, Yevropa lizing kompaniyalari tomonidan lizing orqali 200 mlrd yevro mablag‘ investitsiya qilindi. Bu esa 2001 yilga nisbatan 3,4% ga ko‘p edi.
Shuni ta’kidlash lozimki, 1994 va 2002 yillar oralig‘ida lizing sektori yaxshi rivojlanib, har yiliga 11% dan o‘sishi kuzatildi.
Agarda lizing faoliyatini jo‘g‘rofiy jihatdan taqsimlanishini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Yevropadagi umumiy moliyalashtirish hajmining 72% to‘rtta mamalakat – Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin. Yevropada lizing operatsiyalarini ikki yo‘nalishga ajratish qabul qilingan bo‘lib, bu – ko‘chmas mulk lizingi va uskunalar lizingidir. 2002 yilda ko‘chmas mulk lizingi 39 mlrd yevro miqdoridagi hajmda bo‘lib (bu 2001 yilga nisbatan 18% ko‘proq), shu davrdagi uskunalar lizingi hajmi o‘zgarmagan holda 160 mlrd yevroni tashkil etdi (2001 yilga nisbatan 0,45% ga o‘sgan).
Yevropaldagi jami asosiy vositalar investitsiyalari hajmida lizing 12,5% ni tashkil qiladi. Biroq bu ko‘rsatkich mamlakatlar bo‘yicha turlicha bo‘lib, masalan Gollandiyada faqat 6,3% ni tashkil etsa, Italiyada 16,7% ga teng.
1-jadval

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling