1-mavzu. Tuproq havosi Reja


Download 46 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi46 Kb.
#205307
1   2   3
Bog'liq
1-maruza matni

Molekulyar azotni tuproq havosida aniqlash bilan uning miqdorini genetik qatlamlar bo`yicha taqsimlanishi to`g`risida fikr yuritish yaramaydi. Biroq, tuproq tarkibidagi O2 va SO2 ni aniqlash natijasida azot atmosfera havosida kamroq, tuproq tarkibida esa ko`proq ekanligini tasdiqlash mumkin. Tuproq havosidagi molekulyar N2O va NO2 ni aniqlash azotfiksatsiya, nitrifikatsiya va denitrifikatsiya jarayonlari va dinamikasini o`rganish uchun katta ahamiyatga ega va bundan tashqari tuproqdagi azotning atmosferaning yuqori qismidagi ozon qatlamiga ta’sirini belgilashda juda muhim rol o`ynaydi.

Kislorod - bu element atmosfera, o`simlik va tirik jonivorlar hayotida muhim rol o`ynaydi. Tuproq tarkibida kislorod serob bo`lgan joyda aerob mikrobiologik jarayon avj olganadi. Kislorod yetishmagan tuproqlarda o`simlik ildizlarining rivojlanishi susayadi, barcha o`sayotgan nihollar quriydi. Zararli mikroorganizmlar rivojlanib, o`simlik ildizlari chiriydi. Tuproq tarkibida kislorod 2,5 % ga yetganda anaerob mikrobiologik jarayon avj oladi. Tuproqda kislorod yil mavsumlarida o`zgarib, 21 % gacha bo`lishi mumkin.


Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling