1-mavzu. «Turizm: nazariya va amaliyoT» faniga kirish Reja


Download 24.53 Kb.
bet3/7
Sana23.06.2023
Hajmi24.53 Kb.
#1651006
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ogabek

boshladi. Aynan shu davrda respublika o'zining iqtisodiy mustaqilligini hamda mustaqil ravishda tashqi dunyo bozorlariga chiqishini eъlon qildi. Bu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risidagi qonun turistik xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi imkoniyat yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo'shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog'ining mintaqaviy bo'linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida eъtibor berildi. Mustaqillikdan keyin turizm sohasida bir vaqtning o'zida uchta muhim jarayon amalga oshirildi:  eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning tanazzulga uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o'zlarining tuzilishi va faoliyat turiga ko'ra yangi xizmat ko'rsatish talablariga javob bermay qoldi;  turoperator va turagent sifatida yangi tashkilotlar tuzildi;  eski turistik korxonalarni qayta tiklash yo'li bilan O'zbekiston va xorijiy isteъmolchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab chiqish yoъlga qo'yildi. 1992 yilda respublikada «O'zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funktsiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O'zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy aъzo bo'lib kirdi. Bu jarayon, o'z navbatida, xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo'lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning YuNESKO tashkiloti hamda O'zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo'lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo'yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, yaъni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli – instituttsional o'zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994– 1995 yillar mobaynida «O'zbekturizm» Milliy kompaniyasining 11 87,8 foiz turistik obъektlari xususiylashtirildi va


Download 24.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling