1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet21/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Tayanch so’z va iboralar:shaxs, huquqiy demokratik jamiyat, nazariya, Abraxom Maslou nazariyasi, piramida, IQ, Ekstrovert va introvert toifali shaxslar, Mobil va rigid toifali shaxslar,Dominantva tobe toifali shaxslar

Inson salomatligi faqat kasalliklarning bo‘lmasligi bilangina emas, balki uning o‘z mohiyatini namoyon qila bilish qobiliyati bilan ham tavsiflanadi. Chunki inson yashash va ishlashni o‘rganish hamda jamiyat to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni bilishidan oldin, o‘z salomatligi to‘g‘risida qayg‘ura bilishi kerak. Huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borayotgan respublikamizning ham har bir insonni o‘z salomatligini saqlash uchun o‘zi mas’ul bo‘lishi, salomatlikni eng oliy qadriyat deb bilishi lozim. Zero, inson sog‘lom bo‘lmasdan turib, bozor munosabatlari qonuniyatlari bilan yashayotgan jamiyatga xos raqobatga bardosh berishi, o‘zini shaxs sifatida ko‘rsata bilishi mushkul vazifa. Bunday sharoitda insonning salomat bo‘lishidan ham jamiyat, ham shaxsning o‘zi yutadi. Har bir inson sog‘lom bo‘lishdan moddiy manfaatdor bo‘lib maydonga chiqadi.


Turmush madaniyatini shakllantirishni inson shaxsining shakllanish jarayoni bilan qo‘shib olib borish ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan muhim masaladir. Har bir inson hayotda sog‘lom va baxtli bo‘lib yashashi uchun muttasil ravishda o‘zi ustida ishlashi, faol harakat qilishi, bosqichma-bosqich o‘z shaxsining o‘sib borishini ta’minlashi, turmush madaniyatida yashashni o‘ziga kasb qilib olishi lozim. Hayotda o‘z shaxsini faollashtirib va takomillashtirib boruvchi shaxslar qatoriga mashhur psixolog olim Abraxom Maslou (1908–1968) quyidagi odamlarni kiritadi:

  • Voqelikni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilib oluvchi va har qanday tashqi tazyiq ta’siridan o‘zini saqlay oluvchilar;

  • Muomalada o‘zini tabiiy va sodda holda tutuvchilar hamda hazil-mutoyibaga moyil odamlar;

  • Hayotda o‘zining mohiyatidan va oldiga qo‘ygan bosh maqsadidan kelib chiqqan holda falsafiy yashash tarzida yashovchilar;

  • O‘zini hayot girdobining keraksiz tashvishlaridan chetlashtirib, yolg‘iz yashashga moyillik bildiruvchilar va mustaqil g‘oya va tasavvurlariga ega bo‘lganlar;

  • Haqiqat va go‘zallikni bilib olish bilan bog‘liq chuqur va kuchli ichki kechinmalarga boy kishilar;

  • O‘zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarga va o‘zgalardan o‘rganishga moyil odamlar;

  • Hayotda yaxshilik va qabihlikni farqlovchi, oliy axloqiy xususiyatlarga boy, haqiqiy do‘stlikni qadrlovchilar;

  • Umuminsoniy qadriyatlarni qadrlovchi va milliy xudbinlk va chegaralanganlik kabi salbiy xususiyatlardan ozod, o‘zini “dunyo fuqarosi” deb hisoblashga moyil odamlar;

Maslou har bir odam o‘zini-o‘zi faollashtirib, o‘z shaxsini bosqichma-bosqich o‘stirib boruvchi shaxs bo‘lishi uchun quyidagi tamoyillarga amal qilishni tavsiya qiladi:
Insonning o‘z shaxsini o‘zi faollashtirib borish piramidasi
(A.Maslouning beshta tamoyili)

Boshqalarning fikriga bog‘liq bo‘lmagan holda


o‘z fikrini ayta olish (nonkorformizm)


O‘ziga mas’uliyatni ola bilish, munozarali masalalarga


javob topish uchun o‘z shaxsiga murojaat qilish


O‘zining ichki ovoziga (meniga) quloq solish, o‘z aqli bilan


mustaqil yashay bilish

Hayotda inson oldida paydo bo‘ladigan noma’lum


yoki yangi vaziyatlarda chekinmasdan faqat oldinga qarab intilish

O ‘zi tanlagan va sevimli ish bilan band bo‘lish





  • O‘zi uchun qiziqarli ish bilan mashg‘ul bo‘lish;

  • Qiyin vaziyatlar tug‘ilganda chekinmasdan oldinga – asosiy maqsad sari intilish;

  • Boshqalarning maslahatidan ko‘ra o‘zining ichki ovoziga quloq solish, dovyurak bo‘lish va o‘z aqli bilan yashash;

  • O‘ziga mas’uliyatni ola bilish, “ikkilanish” psixologiyasidan xalos bo‘lish;

  • Har qaysi masala bo‘yicha o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lish;

  • Doimo o‘z bilimlarini takomillashtirib borish – yuqori malakali mutaxassis sifatida o‘zini namoyon qila bilish;

  • Tabiat, san’at, go‘zallik, haqiqat kabi mo‘jizalardan zavqlana bilish.

Bunday kishilar o‘zlarining kundalik turmush ongi yordamida atrof voqealarga to‘g‘ri baho bera oladilar, aksincha, nuqsonli ong sohiblari bo‘lgan ayrim toifadagi boshqa kishilar, tashqi dunyo va uning moddiy qiymatlari ular tomonidan faqat boylik orttirish, mol-dunyo to‘plash, o‘zlarining iste’mol ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan deb o‘ylaydilar. Bunday odamlarga xos tabiat va uning go‘zalliklariga nisbatan nuqsonli mehr, soxta qarash ularning atrof-muhitga nisbatan yirtqichlarga munosabatda bo‘lishiga, uni ifloslantirish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
O‘zlarini faollashtiruvchi odamlar ulardan tubdan farq qilib, o‘zgalar bilan tezda til topishadi, apoq-chapoq bo‘lib keta oladi. O‘zgalarning yutuqlari bilan o‘rtoqlashishga, ularga yordamlashishga doimo tayyordirlar, tabiat go‘zalliklari va atrof-muhitning sofligi inson salomatligi uchun va odamlarning turmush madaniyatida yashashning muhim sharti deb biladilar.
Turmush madaniyatini shakllantirish uchun kurashda ana shunday insonlarning bo‘lishi jamiyatning yutug‘i. Uni oldinga qarab siljituvchi kuch bo‘lib hisoblanadi. Zero, har qanday jamiyatning oldinga qarab rivojlanishi, har bir jamiyat a’zosining shaxs sifatida shakllanishi – ularning mamlakat iqtisodiyoti va ma’naviyatiga qo‘shadigan hissasi bilan belgilanadi. Bu haqda genial yozuvchi Lev Tolstoy o‘z vaqtida afsus nadomat bilan: “chirigan g‘alladan yaxshi non pishirib bo‘lmaganidek, yomon odamlar bilan yaxshi jamiyat va baxtli hayotni ham qurb bo‘lmaydi” deb ta’kidlab o‘tgan edi. Ongi yetilmagan insonlar bilan demokratik jamiyatni qurib bo‘lmaydi. Ma’rifatsiz va nuqsonli ongga ega bo‘lgan insonlar bunday jamiyatning eng zolim dushmanlardir. Jamiyatning taraqqiyot darajasini aholi soniga, shaharlarning katta-kichikligiga, qancha hosil yig‘ib olinishiga emas, mamlakatda tarbiyalanib yetishayotgan shaxslarning sifatiga qarab baho beriladi (R.Emerson). Shu sababdan har tomonlama yetuk, ongli shaxs sifatida shakllangan insonlarning – rivojlanishi uchun zarur sharoitni yarata olgan jamiyatning kelajagi buyukdir. Hayotda sog‘lom bo‘lib, o‘z shaxsini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lish eng katta baxtdir.
Afsuslar bo‘lsinki, ko‘pchilik odamlarimiz bu go‘zal hayotda hatto o‘z kindigi baravariga ham ko‘tarila olmasdan, vegetativ turmush madaniyatida yashab, o‘zlarining alkogolizm, narkomaniya kabi qator og‘ir kasalliklar girdobiga tushib qolayotganligini hatto tan olgisi kelmaydilar. Ayrim insonlar salomatlik bilan shug‘ullanishga ikkinchi darajali vazifa sifatida qarab, u shifokorlarning ishi, kasal bo‘lsam, ota-onam yordam beradi, jamiyatga murojaat qilaman deb xato o‘ylaydilar va o‘z tanasining salomatligini boshqalar gardaniga yuklaydilar. Bunday insonlar shu narsani yodidan chiqarmasliklari lozimki, inson o‘z salomatligini mustahkamlashi, o‘z shaxsini yuqori pog‘onaga ko‘tarishi uchun, har qanday boshqa bir kasbni egallashi uchun qanday tirishib mehnat qilish talab qilingani singari astoydil harakat qilishi lozim. Zero, har bir insonga Yaratgandan berilgan mohiyatni ro‘yobga chiqarish, jamiyat oldidagi mas’uliyatni anglab yetish, komil inson bo‘lib shakllanishi uchun inson avvalo mustahkam salomatlikka ega bo‘lishi lozim.
Jamiyatda odamlarning o‘z shaxsini o‘zi takomillashtirib borishi darajasi faqatgina mamlakatning intellektual salohiyatini belgilovchi muhim omil bo‘libgina qolmasdan, ularning turmush madaniyatida yashashlari uchun ham muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, intellekt so‘zi lotinchadan tarjima qilinsa – aql, farosat, tafakkur qilish, ijod va tahlil qilishga qobiliyat degan ma’nolarni bersa, intellegent so‘zi – ilg‘or fikrlovchi, madaniyatli odam degan ma’nolarni beradi.
Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan va madaniyat bo‘limi – YUNESKO intellekt darajasini aniqlash uchun – xalqaro miqyosda intellekt koeffitsiyenti tushunchasini kiritgan va uni iq– “ay-kyu”, Ya’ni yuksalish cho‘qqisi deb atagan. Shunga ko‘ra 150 va undan baland intellekt koeffitsiyentiga ega bo‘lganlarni – genial odamlar deb, ushbu indeksi 130-149 ga teng bo‘lganlarni – iste’dod egalari sifatida e’tirof etish qabul qilingan. Bugungi kunda dunyo miqyosida intellektuallik darajasi eng yuqori bo‘lgan millat – Yaponlar (intellekt koeffitsiyenti 106), ikkinchi o‘rinda inglizlar (intellekt koeffitsiyenti 100) bo‘lib hisoblanadi. Intellektuallik darajasini aniqlashda 8 ta blok, 34 element (sifat), 43 bilimlar turi va ko‘nikmalar, 19 yakuniy bo‘g‘in mezonlaridan foydalaniladi. Yuksak intellektuallik darajasiga da’vo qilgan shaxs bir kecha-kunduzda 250 betli mumtoz va maxsus adabiyotlarni o‘qishi, bir yilda esa 25-30 dona turli mavzulardagi adabiyotlarni o‘qib borishi talab qilinadi. Bunday natijaga erishish uchun o‘qish tezligi har daqiqada oddiy usulda 100-120 so‘zni, tez o‘qiganda esa 500-600 so‘zni, o‘zlashtirish esa shunga mos 50% va 70% tashkil qilishi lozim.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling