1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Iste'mol savatchasi quyidagilarning miqdorlarini belgilash uchun hisob-kitobga asos bo‘lmog‘i lozim


Download 1.34 Mb.
bet29/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Iste'mol savatchasi quyidagilarning miqdorlarini belgilash uchun hisob-kitobga asos bo‘lmog‘i lozim:
•eng kam ish haqi va pensiyalar;
•bazaviy ijtimoiy to‘lovlar: ishsizlik, bolani parvarishlash, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalari, stipendiyalar va b. 
Savatcha tarkibi: oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar
Iste'mol savatchasiga kiruvchi tovarlar va xizmatlar to‘plami har bir mamlakatda turlicha. Uning tarkibi davlat darajasida belgilanadi va ko‘plab omillar: tabiiy-iqlim sharoitlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish xususiyatlari, tovarlar va xizmatlarning haqiqatda iste'mol qilinishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
An'anaga ko‘ra iste'mol savatchasi 3 qismdan iborat bo‘ladi:
1–oziq-ovqat mahsulotlari;
2 – nooziq-ovqat tovarlari: kiyim-kechak, poyabzal, birinchi navbatda zarur bo‘lgan buyumlar, dori-darmonlar, madaniy-maishiy va xo‘jalik uchun mo‘ljallangan tovarlar va h.k.;
3 – xizmatlar: kommunal, transport, madaniy-ma'rifiy va h.k.
Odatda iste'mol savatchasi aholining 3 ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi: mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar va bolalar uchun ishlab chiqiladi. Ya'ni aholining turli qatlamlari tirikchiligi uchun zarur eng kam miqdorni belgilashda muayyan davrda iste'mol savatchasidagi barcha ne'matlarni iste'mol qilish normalarini aniqlash zarur. Masalan, oddiy fuqaro normal hayot kechirishi uchun har kuni iste'mol qilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami va miqdorini hisoblash. Yoki barcha kommunal xarajatlarni qoplashi uchun oyiga qancha summa zarurligini.
Bunda odatda iste'mol savatchasi tarkibiga kishi ularsiz bamaylixotir, sog‘lom yashashi mumkin bo‘lgan tovarlar: tamaki mahsulotlari, alkogolli ichimliklar, delikates (tansiq) mahsulotlar, zeb-ziynat buyumlari kiritilmaydi.
Iste'mol savatchasiga qanday xizmatlar kiritiladi
Xizmatlar ham inson uchun muhimlik darajasi va hayotiy zarurligiga qarab farqlanishi mumkin. Biroq oziq-ovqat tovarlari yuzasidan bir qarorga kelish masalasi ozmi-ko‘pmi tushunarli bo‘lsa, xizmatlarning zarur to‘plamini belgilashda savollar yuzaga kelishi mumkin. Aholi tirikchiligi uchun zarur eng kam miqdorni belgilashda qanday xizmatlar to‘lovi hisob-kitobga kiritilishi kerak?To‘g‘ri, birinchi navbatda, bular kommunal va transport xarajatlaridir.
Ayni vaqtda, inson o‘z hayotiy faoliyatida boshqa, dolzarbligi jihatidan muhim servis turlaridan ham faol foydalanadi: uyali aloqa va internetdan foydalanadi, tibbiy yordam, turli mutaxassislar maslahatlarini oladi. Madaniy-ma'rifiy tadbirlar: teatr, muzeylarga borish xarajatlari ham alohida e'tiborga loyiq. Zero kishi nafaqat jismoniy ehtiyojlarini qondirishi, balki aqliy va ma'naviy-axloqiy jihatdan yetarli darajada rivojlanishi lozim.
Shu sababli yuqorida sanab o‘tilganlarning bari ichki iste'mol savatchasini ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim degan fikrdamiz.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling