1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet36/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar.

  1. Etikagata’rifbering?

  2. Estetikanima?

3. F. Dostoyevskiyningquyidagifikrlarinitahlilqiling?“Go‘zallik – insoniyatning xaloskoridir”

15-Mavzu:Turmush madaniyatining moddiy asoslari
Reja:
1.Turmushmadaniyatini shakllantirishning moliyaviy manbalari
2.Oila budjeti tushunchasi


Tayanchso’zvaiboralar:moliyaviymanbalari, davlatbudjeti, mahalliybudjeti, oila budjeti, moddiy vositalar, moddiyboyliklarturkumi

Oilalarda turmush madaniyatini shakllantirish ma’lum bir moddiy vositalar bilan shartlanganligi sababli uning amalga oshirilishi uchun muayyan sarf-xarajatlar talab qilinadiki, buni biz turmush madaniyatini targ‘ib qilishda doimo e’tiborda tutib, ish ko‘rishimiz kerak bo‘ladi.


Oila budjetining shakllanishi va uning taqsimoti masalasi, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda biz har bir oila uchun oliy qadriyat – oila a’zolarining salomatligi ekanligini nazarda tutmog‘imiz lozim. Shularni hisobga olgan holda, oila budjetining asosiy qismini turmush madaniyati talablariga mos moddiy texnik asosini yaratishga ajratish talab qilinadi. Bu borada biz rivojlangan mamlakatlarda yashovchi xalqlarning uy-joylarini qurish va jihozlashda bir necha kelgusi avlodlar ehtiyojlarini hisobga olish tajribasidan foydalanishimiz lozimligini va bu ishni maxsus loyihalar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi haqida o‘z mulohazamizni bildirmoqchimiz. Uy-joy qurilishiga qo‘yiladigan asosiy talablar qatorida, joy tanlashda tuproq namligi va undan himoyalanish, quyosh nurlari tushishi, ushbu joyga xos shamolning doimiy yo‘nalishini, xonalarning yoritilishi, isitilishi, ventilyatsiyasi, kanalizatsiya tarmog‘i, suv ta’minoti va shu kabi inson salomatligi, uning farovon yashab ijod qilishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishiga e’tibor berish lozim. Afsuski, bizda, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi aholi bu masalalarga deyarli e’tibor bermaydi va asosan bir avlodga mo‘ljallab uy-joy qurishni o‘zlariga lozim ko‘rishadi. Bunda arxitektura talablari haqida ham ko‘p bosh qotirishmaydi. Bu holat uzoq yillar davomida qishloqlarimizning o‘ziga xos “husnini” belgilab kelmoqda.
Biz mustaqil davlat, mustaqil mamlakat sifatida XXI asrda yashayotgan ekanmiz, bu masalada ham rivojlangan mamlakatlar, yuksak madaniyatli xalqlar tajribalaridan foydalanishimiz lozim. Oila budjetining ikkinchi asosiy bo‘lagi oilani oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun sarf qilinishi lozimligi haqida eslatib o‘tish ortiqcha bo‘lsa-da, bu sohada ham ayrim mulohazalarimizni bildirmoqchimiz. Mahalliy va milliy an’analarimizga ko‘ra oilalarda turli xil milliy taomlar tayyorlanishi barchamizga ma’lum. Biroq, ovqatlanish tartibining inson salomatligi uchun hal qiluvchi rol o‘ynashini e’tiborga olib, gap ovqat mahsulotlarining ortiqchaligi yoki yetishmasligidan emas, balki iste’mol qilayotgan taomlarimizning tarkib jihatidan tenglashtirilmasligi sababli jiddiy kasalliklar, jumladan semirib ketish, uning oqibatida esa ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va shu kabi xavfli kasalliklarning o‘sishiga olib kelayotganligi haqida yana bir bor eslatib o‘tish lozim. Oila budjetining ma’lum bir qismi oila a’zolari uchun kiyim-kechak, oyoq kiyimi kabilarni olishga sarf qilinadi. Biz kiyinish madaniyati haqida so‘z yuritar ekanmiz, yilning mavsumiga, odamning yoshiga, issiq iqlim sharoitimizga mos va shakl jihatidan milliy urf-odatlarimizni saqlagan holda kiyim tanlashga e’tibor berishimiz kerak. Hayotda biz, ayniqsa, xotin-qizlarimiz tomonidan turli xil bahosi ham uncha arzon bo‘lmagan sun’iy matohlardan tikilgan va inson salomatligiga organzimning issiqlik va suv almashinuvini izdan chiqarish orqali salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kiyimlarni kiyib yurish hollariga tez-tez duch kelamiz. Bunday kiyimlar o‘rniga narxi jihatidan ancha arzon, oddiy paxtadan to‘qilgan gazlamalardan keng qilib tikilgan kiyimlar kiyish organizm uchun foydali, qolaversa, ota-bobolarimiz va momolarimizning bizga qoldirgan meroslari ekanligini ham unutmasligimiz lozim.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish uchun zarur bo‘lgan: sovun, sochiq, tish cho‘tkasi, tish pastasi va shu kabilarni xarid qilishga sarflanadigan mablag‘larga ham oila budjetining bir qismini ajratish ko‘zda tutilishi lozim.
Shuni doimo e’tiborda tutish joizki, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, teri va badan tozaligini ta’minlash uchun qilinadigan xarajatlar, shu a’zolarning sog‘lom bo‘lishini ta’minlash orqali turli xil kasalliklarning oldini olish evazga tejalgan mablag‘lar hisobidan o‘zini ortig‘i bilan qoplaydi. Bulardan tashqari oila budjetidan o‘quv-madaniy ehtiyojlari, oilaning turli xil boshqa ehtiyojlari uchun mablag‘ ajratish talab qilinadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan sarf-xarajatlar uchun oila qayerdan mablag‘ topishi kerak degan savol tug‘ilishi tabiiy. Biz o‘z oldimizga sog‘lom turmush madaniyatida yashashni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunday yashash tarzi nosog‘lom yashash tarzini inkor qilishini va shu tufayli turli xil zararli odatlardan – (chekish, ichish va h.k.) xalos bo‘lishimiz lozimligini bildiradi. Agar biz hisob-kitob qilib ko‘rsak, zararli odatlardan qutulish evaziga tejalgan mablag‘ shaxsiy gigiyenik qoidalarga amal qilish uchun zarur bo‘lgan sarf-xarajatlarni bemalol qoplay oladi.
Bulardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan, dabdabali, ortiqcha sarf-xarajat talab qiladigan to‘y marosimlarini o‘tkazishni tartibga olish, ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, ayrim urf-odatlarimizni ixchamlashtirish zarurligi masalasining kun tartibga qo‘yilishi juda ko‘pchilik odamlarning ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Bu muhim tadbir joylarda mahallalarda aholi tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu tufayli tejalgan mablag‘, oilalarning zarur ehtiyojlari uchun asqotib qolishi hammamizga ma’lum.
Turmush madaniyatining moddiy asoslari deganda faqat oila budjetini tushunmasligimiz kerak. Respublika hukumati tomonidan yurtimizning shahar va qishloqlarini gazlashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish, madaniy-ma’rifiy va sog‘liqni saqlash muassasalari qurilishiga katta e’tibor berilayotganligi, ishlab chiqarish korxonalari qurilishi, aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishga qaratilgan boshqa tadbirlar, oxir-oqibatda oilalarimiz daromadini oshirish, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholining farovon turmush kechirishini, jumladan, turmush madaniyatida yashashini ta’minlashga qaratilgan.
Turmush madaniyatining asoslari faqat yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar doirasida chegaralanib qolmasdan keng ma’nodagi yurtdoshlarimizning turmush madaniyatlarini yuksaltirishdek davlat ahamiyatiga molik masalalarni ham qamrab oladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling