1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet35/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Nazorat uchun savollar.
1. Ehtiyoj muammosi deganda nimani tushunasiz?
2. Ehtiyojning biologik va psixologik komponentlarini sanab o’ting?
3. Ehtiyojlar klassifikatsiyasini tahlil qilib bering?.
4. Ehtiyojni o’rganish metodlaridan qaysilarini bilasiz? 


14-Mavzu: Turmush madaniyati etikasi va estetikasi
Reja:
Turmush madaniyati etikasi
Turmush madaniyati estetikasi
Turmush madaniyatida yashash odamlarning ijtimoiy hayotda tarkib topgan axloq me’yorlariga amal qilib yashashini, ularning bir-biriga nisbatan yuksak insoniy munosabatlarda bo‘lishini taqozo qiladi. Axloq, insoniy qadriyatlar orasida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi, u insonning insoniyligini belgilovchi muhim mezonlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Turmush madaniyatida yashashga o‘tish odamlar orasidagi munosabatlarda iliqlikni ta’minlaydi. Uni ongli ravishda boshqarish lozimligini, tartibsizlikka yo‘l bermaslikni insoniyatning uzoq asrlar davomida orttirgan axloq me’yorlariga qat’iy amal qilib yashashi kerakligini talab qiladi.
Jamiyatda odamlarning osoyishta yashashi uchun zarur bo‘lgan axloqiy tamoyillardan biri, bu – zo‘ravonliksiz yashashdir. Zo‘ravonliksiz yashash bu – turmush madaniyatida yashashdir. Zo‘ravonliksiz yashash – hayotda paydo bo‘lib turadigan ziddiyatli vaziyatlarning yechimiga axloq me’yorlari asosida yondashishdir. Bunday vaziyatlarda zo‘ravon emas, axloq g‘olib chiqishi kerak. Har bir inson nafaqat boshqa odamlarga nisbatan, balki o‘z tanasiga nisbatan ham zo‘ravonlik qilishi mumkin emas. Afsuslar bo‘lsinki, bu go‘zal hayotda biz odamlarning o‘zgalarga va o‘z salomatliklariga nisbatan zo‘ravonlik qilishning turli xil ko‘rinishlariga tez-tez duch kelib turamiz. Bunday antropogen zo‘ravonlikning oqibatida jamiyatda beqarorlik vujudga kelsa, inson organizmida turli xil axloq kasalliklari kelib chiqadi. Odamlarning bir-birlariga nisbatan kechirimli bo‘lishi, o‘z tanalariga nisbatan avaylib munosabatda bo‘lishi, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik inson umrini uzaytiradi, uning osoyishta turmush kechirishini ta’minlaydi.
Jamiyatning barcha a’zolari axloq me’yorlariga amal qilib yashashlariga erishish, zo‘ravonlikni inson hayotidan batamom chiqarib tashlash, yuksak axloqiy sifatlardan dalolat bersa, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda va har bir insonning o‘zining jismoniy tanasiga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yishi uning tabiatida jiddiy axloqiy nuqsonlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Zero, zo‘ravonlik – axloqiy zaiflikdir, insoniy qadriyatlarini oyoq osti qilishdir, zo‘ravonliksiz yashash yuksak axloqiy sifatdir, o‘zgalarning qadriyatlarini e’zozlab, unga hurmat bajo keltirib yashash tarzidir.
Insonning o‘zi uchun berilgan buyuk ne’mat – yashash imkoniyati yaratilganligi uchun Ollohga shukronalar aytib yashashi, o‘zgalarga yaxshilik qilib yashashni o‘z hayotining mazmuniga aylantirishi, ularga nisbatan izzat-hurmatda bo‘lishi, o‘zining insoniylik burchini bajarishga nisbatan yuksak mas’uliyat bilan qarashi jamiyatda osoyishtalik hukm surishiga olib keladi. Natijada har bir insonning o‘z mohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun, ezgulik ishlar qilib, odamlar xotirasida yaxshi nom qoldirishi uchun qulay imkoniyat yaratiladi. Zero, ana shunday barqarorlik va osoyishtalik hukm surgan jamiyatgina o‘z fuqarolarining sog‘lom bo‘lishiga, ularning uzoq umr ko‘rishiga kafolat bera oladi.
Asrlar davomida turli dinlarning falsafiy asosini tashkil qilgan, ularning diqqat markazida turib kelgan axloqiy kategoriyalardan biri, bu – ezgulik va yovuzlik (yoki yaxshilik va yomonlikdir). Garchi mazkur axloqiy kategoriya din falsafasida turlicha talqin qilinib kelinayotgan bo‘lsa-da, uning ratsional mag‘ziga ega ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Ezgulik va yovuzlik dialektikasida yovuzliknnig jamiyatda beqarorlik va notinchlikka sabab bo‘lishi tufayli uning inkor etilishi ezgulik ishlariga keng yo‘l ochib beradi. Hayotda yaxshilik qilish uchun, ezgu niyatlarni amalga oshirish uchun yashash lozimligini ta’kidlaydi.
Ezgulik va yovuzlik har bir shaxsning tabiatida bir vaqtning o‘zida yashaydi. Yovuzlik bilan kurash uni inson hayotidan batamom chiqarib tashlashni anglatmasligini (zero, buning iloji ham yo‘q), balki yovuzlik ustidan g‘alabaga erishishni – yovuzlikni ezgulikka aylantirishni anglatishni unutmasligimiz kerak. “Yaxshilik qil, daryoga ot – baliq biladi, baliq bilmasa, xoliq biladi”, “Chap yuzingga urganga – o‘ng yuzingni tut!”, “Otangni o‘ldirganga onangni ber!”, “Bolingni bermasang ham – nishingni suqma” kabi xalq maqollarida bu jarayon o‘zining yorqin ifodasini topgan. Yaxshilik qilib yashash, yaxshilik qilganga ham, undan bahramand bo‘lgan kishiga ham kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Bu kuch-quvvat inson umrini uzaytiradi. Yovuzlik inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning umrini qisqartiradi. Yovuzlik eng avvalo – unga yo‘l bergan kishining umrini egovlaydi, uni halokatga olib keladi. “Birovga choh qazima, unga o‘zing yiqilasan”, “Yomon so‘zing og‘zingdan chiqib, yoqangga tarmashsin” va shu kabi xalq maqollari bekorga aytilmaydi. Inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat yaxshilikka intilib yashashi, u yaxshilik uchun yaratilganligini bilishi lozim. Ammo, yaxshilik qilish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, u insondan yaxshilikka intilishni, ma’lum darajada kuch-quvvat sarflashni talab qiladi. Har bir inson uchun odamlarga yaxshilik qilib yashash uning axloqiy burchi darajasiga ko‘tarilishi kerak. Har bir inson o‘ziga-o‘zi: “Men nima uchun yashayapman?”, “Hayotda mening o‘zim to‘g‘ri yashayapmanmi?”, “Men o‘zimning esizgina yagona umrimni nimaga sarflayapman?”, “Mening umrim bekorga kuyib ketmayaptimi?” kabi savollarni bera bilishi va ularga vijdon amri bilan javob bera olishi kerak.
Turmush madaniyatining ajralmas qismlaridan biri, bu - insonning go‘zallikka intilib yashashi, go‘zallikni his qila bilishi, undan zavqlana olishi xususiyatidir. Zero, go‘zallik insonni o‘z hayotidan qoniqish hosil qilib yashashga olib keladi. “Go‘zallik – insoniyatning xaloskoridir” deb yozganda rus yozuvchisi F. Dostoyevskiy haq edi. Go‘zallik faqat tashqi chiroy emas, u keng qamrovli estetik kategoriyadir. Go‘zallik tabiatga, inson va uning faoliyatiga, atrofimizdagi barcha insoniy qadriyatlarga xos sifatdir. Go‘zallik – san’atdir, o‘z sifatlarini san’atda namoyon qila oladi. San’atni esa ijodkor yaratadi, u ijodkor uchun o‘z mohiyatini namoyon qilish vositasidir. Go‘zallik insonda turmush madaniyatining badiiy adabiyot, teatr, kino, musiqa, kulgi, arxitektura, haykaltaroshlik, rassomchilik va shu kabi boshqa turlaridan zavqlanib yashashdek ichki tuyg‘ulari, his-hayajonlarini qo‘zg‘atdi. Go‘zallik insonga salomatlik va uzoq umr baxshida etadi. Bas, shunday ekan, insonning tashqi qiyofasi ham, kiyinishi ham, axloqi, uy-joy sharoiti, muomalasi va boshqa ko‘plab sifatlari ham go‘zal bo‘lmog‘i lozim. Turmush madaniyatida yashash – go‘zallikka intilib yashash, go‘zal bo‘lib yashashdir, san’at asarlarini, insoniy qadriyatlarni e’zozlab, qadrlab, ulardan bahramand bo‘lib yashashdir. Biz har kuni yashaydigan xonamizning, hovli-joyimiz va ko‘chalarimizning, ish joyimizning go‘zal bo‘lishi, yashil daraxtlar gullar bilan bezatilishi, yuksak did bilan jihozlanishi, bizning kayfiyatimizga ko‘tarinkilik baxsh etadi, bizni ezgulik ishlariga undaydi, o‘z hayotimizdan qoniqib yashashga olib keladi, umrimizni uzaytiradi, turmush madaniyatida yashashimizdan kutilgan murodimiz hosil bo‘ladi.
Insondagi go‘zallikka intilib yashash kabi ijobiy xislatlar bilan birga xunuklikdan nafratlanish, undan yuz o‘girish, hayotdagi qora dog‘larga nisbatan salbiy munosabat, noturmush madaniyati odatlariga shafqatsizlik kabi xislatlar ham mavjud. Inson tabiatida bunday xislatlarning bo‘lishi, hayotimizda uchraydigan va yuqorida sanab o‘tilgan sifatlardan bosqichma-bosqich tozalanib borishimiz uchun asos bo‘ladi. Go‘zallik va xunuklik kategoriyasining dialektik munosabatlarini ko‘rib chiqish jarayonida inson ongida go‘zallikka nisbatan ijobiy munosabatlarning shakllanib borishi barobarida xunuklik sifatlariga nisbatan nafrat tuyg‘usi kuchayib borishini kuzatamiz va go‘zallikning xunuklikni inkor qilish dialektikasining guvohi bo‘lamiz. Inson tabiatidagi bunday xususiyatdan odamlar ongida turmush madaniyatiga xos sifatlarni shakllantirish jarayonida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Badiiy adabiyotda va san’atda sog‘lom va noturmush madaniyatini tasvirlovchi yuksak g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan asarlarning yaratilishi, har ikkala turmush madaniyatiga xos keskin kontrastli vaziyatlarning yuksak mahorat bilan tasvirlanishi o‘quvchilar va tomoshabinlar ongida turmush madaniyatini shakllantirish jarayonini tezlashtiradi. O‘zbek adabiyotida so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan Tohir Malikning “Shaytanat”, Sharof Boshbekovning “Charxpalak” kabi asarlarining mazmuniga mualliflar tomonidan ustalik bilan singdirilgan, badiiy jihatidan puxta ishlangan obrazlar orqali turlicha turmush madaniyatida yashovchi asar qahramonlarining tasvirlanishini bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu asarlar turmush madaniyatining qaysi jihatlarini badiiy adabiyotga va qaysilarini san’atning boshqa sohalariga va tarbiya vositalariga olib chiqish kerakligini yorqin tasdiqlab turibdi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling