1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Alkogolizm va uning xavfli oqibatlari


Download 1.34 Mb.
bet43/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Alkogolizm va uning xavfli oqibatlari

Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ta’rifiga ko‘ra, ichkilikbozlikka ruju qo‘yganlar qatoriga har kuni 150 ml hajmdagi toza spirt iste’mol qiluvchilar kiradi. Bu taxminan 375 ml 40 % aroq yoki vino, yoki 3 litr pivoga barobardir.


Ichkilikbozlikka olib keluvchi omillar o‘rtasida bola tarbiyasidagi kamchiliklar, zararli odatlar, yetarli daromad, ichimlikni osongina topish imkoniyati, atrofdagilarning salbiy namunasi, jamoatchilik tomonidan e’tiborsizlik va boshqalar yetakchi rol o‘ynaydi. Alkogolizm faqat tibbiy muammo bo‘lib qolmasdan, katta ijtimoiy muammo hamdir.
Alkogolizm – bu kasallik bo‘lib, unda bemorlarda spirtli ichimlikka nisbatan o‘zini boshqara olmaydigan xasta intilish paydo bo‘ladi. Bemor kishi organizmida ruhiy va somatik buzilishlar kuzatiladi. Dastlab bu o‘zgarishlarni qaytarish imkoniyati bo‘lsa, keyinchalik qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Voyaga yetgan erkak kishilarda bunday holat ichishga ruju qo‘ygandan 3 yildan to 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarda va yoshlarda 3 yilgacha bo‘lgan muddatlarda shakllanadi.
Alkogolizm – madaniy saviyasi past odamlarning yo‘ldoshi bo‘lib, ularning ma’naviy jihatdan qashshoqligini ko‘rsatadi va ular tomonidan bo‘sh vaqtlarini “o‘ldirish”ning usuli bo‘lib hisoblanadi. Ichuvchilarning shahar joylarda 63%, qishloq joylarda 86% madaniy saviyalari past bo‘lganlar tashkil qiladi. Ularning 50% dan ko‘prog‘i ichuvchi oilalarning farzandlari bo‘lganlar.
Alkogolizmning dastlabki bosqichi. Ichishga o‘rganish asta-sekinlik bilan “oylik” maoshdan ichish, dam olish kuni va bayramda ichish, do‘stlar bilan o‘tirishda ichish kabilardan boshlanadi. Birinchi bosqichda bemor ichimlikni ichish uchun bahona izlaydi. Bu davrda kuzatiladigan ikkinchi belgi iste’mol qilingan yechimlik miqdori ustidan nazorat yo‘qoladi, chegara bo‘lmaydi. Ichimlikka intilish kuchaya boradi, “chanqoq”ni bosguncha ichishni davom ettiraveradi, atrofdagilarning tanbeh berishiga xafa bo‘lib, o‘zini kasal deb hisoblamaydi. Bu davrda tezda jahl chiqishi, charchash, qo‘pollik kabi belgilar kuzatiladi. Ayni shu bosqichda davolash yaxshi natija beradi.
Ikkinchi bosqich yuqoridagi belgilarga yana qo‘shimcha ichki organizmlardagi o‘zgarishlar qo‘shiladi. Eng asosiysi abstinentli sindrom – ichimlikka jismoniy bog‘liqlik paydo bo‘ladi. Bemor ichmasa tura olmaydi. Qaltiroq, terlash, yurak urishi, oyoq-qo‘li muzlashi kabilar paydo bo‘ladi. 2-3 kunlab to‘yib ichish holatlari kuzatiladi. Bemorning shaxsida yemirilish almoatlari yuz beradi. U tubanlikka tushib qoladi.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling