1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet40/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Birinchi toifadagi kishilar bo‘sh vaqtini o‘ta qadrlab, undan har tomonlama foydalanishga harakat qiladilar. Ularning har bir soat va minutlari hisobda bo‘lib, qiziqarli va muhim narsa, hodisalar ular nazaridan chetda qolmaydi. Bunday kishilar qiziqarli kitoblar, spektakllar, kinofilmlar, konsertlar, ko‘rgaz­malardan xabardor bo‘lishga intiladilar, mobodo madaniy hayotda bo‘ladigan biron–bir madaniy hodisa bilan tanishishga vaqtlari yetmay qolgudek bo‘lsa, hatto, bundan qattiq afsuslanadilar ham.
Ikkinchi toifadagi kishilarning diqqati bir faoliyatga qaratil­gan bo‘lib, ular bo‘sh vaqtni qiziqishga aloqador narsalarga sarflaydilar. Ular sport, badiiy xavaskorlik yoki ijodning boshqa bir individual turi bilan astoydil shug‘ullanishadi.
Uchinchi toifaga mansub kishilar bo‘sh vaqtini o‘z kasbiga bag‘ishlaydi, asosiy ish vaqtida bajarishi qiyin bo‘lgan faoliyatlar bilan shug‘ullanadi, mahoratini o‘stirishga, yangilik yaratishga harakat qiladi, ixtirochilikka intiladi. Bunday kishi­larga ko‘proq olimlar, rassomlar, artistlar, yozuvchilar kiradi. Ularni qishloq ho‘jalik xodimlari, ishchi–ratsionalizator va texnik xodimlar orasida ham uchratish mumkin.
To‘rtinchi toifadagi kishilarga bo‘sh vaqtni asosan uyda o‘tkazishga intiluvchilar kiradi. Ular teatr, kino, klub, park­larga borib, dam olishga erinadilar.Televizorni esa ertadan kechgacha tomosha qilishlari mumkin.
Beshinchi toifadagilar bo‘sh vaqtni tanish–bilishlari, do‘st­lari, hamkasblari davrasida suhbat–muloqot bilan o‘tkazishga harakat qiladi. Bunday kishilar yolg‘iz qolishsa, hyech narsa bilan qiziqmaydi, tasodifiy kompaniyalarga tushib qolganla­rida, har qanday faoliyatga qo‘shilib kertaveradi, yakkalikdan zerikadi, mustaqil ish bilan shug‘ullana olmaydi.
Oltinchi toifadagilar hyech narsa bilan qiziqmaydi, vaqtni umuman qadrlamay, umrni bekor o‘tib ketayotganidan umu­man afsuslanmaydilar. Bunday ma'naviy qashshoq kishilarga ovqat, kiyim–kechak bo‘lsa bas, boshqa narsalar ular uchun bari–bir, faqat ularni hyech kim bezovta qilmasa buldi.
Inson organizmi shunday tuzilganki, unda xilma–xil faoli­yat turlari muntazam takrorlanib turadi. Shunga qaramay ko‘pchilik kishilar asosan bir xil faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Jumladan:
Aqliy faoliyat:ko‘proq olimlar, ijodiy xodimlar, ilmiy texnik xodimlar ishida namoyon bo‘ladi.
Jismoniy faoliyat: asosan ishchilar, dehqonlar, sportchilar, xizmatchilar ishida namoyon bo‘ladi.
Emotsional–ruhiy faoliyat: o‘qituvchilar, vrachlar, tarbiyachilar, aktyorlar, san'atkorlar va boshqa kasb kishilarida namoyon bo‘ladi.
Mana shu uch xil faoliyat har bir insonning kundalik hayotida qancha ko‘p almashinib tursa, u shunchalik normal hayot kechiradi, qobiliyatlari yaxshiroq taraqqiy etib boradi. Kishi hadeb jismoniy mehnat bilan mashg‘ul bo‘laversa, aqliy jihatdan yaxshi takomillashmay qolishi yoki faqat aqliy mehnat qilaversa, jismoniy tomondan zaiflasha borishi mumkin. Shu sababli ish vaqtida aqliy faoliyat bilan shug‘ul­lanuvchilar bo‘sh vaqtida jismoniy harakat bilan bog‘liq dam olish turlaridan foydalanishlari ma'qul. O‘z navbatida jismoniy mehnat bilan band kishilar aqliy faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari yaxshi natija beradi. Xullas, dam olish, faoliyat almashtirish, demakdir.Faoliyat almashtirishni Lev Tolstoy o‘z hayotida juda o‘r inli qo‘llagan.U dunyoga mashhur romanlarini yozish bilan birga maktabda dars bergan, yer chopgan, velosiped haydagan.Shu bois Lev Tolstoy badiiy ijodda zo‘r muvaffaqiyatlarga erishgan, qolaversa uzoq umr ko‘rgan. Shunday qilib, bo‘sh vaqtda shug‘ullanish lozim bo‘lgan faoliyatni, eng avvalo, asosiy ish, mehnat, kasb xarakteridan kelib chiqib tanlash lozim. Inson o‘zidagi mehnat jarayonida ro‘yobga chiqmaydigan layoqatlarni bo‘sh vaqtda rivojlantirmoqqa intilmog‘i lozim.
Ma'lumki, dam olish vaqti — bo‘sh vaqtning bir bo‘lagi bo‘lib, eng avvalo, insonning ishlab chiqarishda sarf bo‘lgan kuch–g‘ayratini tiklash, charchog‘ini chiqarish uchun xizmat qiladi.
Madaniy dam insonning bo‘sh vaqtdan oqilona foydalangan holda keng dunyoqarashga ega bo‘lishda ma'naviy–estetik jihatdan kamol topishida, jismoniy sog‘lom bo‘lishida muhim omillardan hisoblanadi. Dam olishning bunday shak­liga keyingi vaqtda juda katta e'tibor berilmoqda.Bu esa o‘z navbatida dam olish madaniyatini yuksaltirish imkonini bermoqda.
Hozirgi zamon sotsiologlarining hisob–kitoblaricha, asosiy ishdan tashqari shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 500 taga yetar ekan. Ularga zaruriy vaqtdagi yumushlar ham kirib, soch oldirishdan hammomga tushishgacha, davolanish­dan mehmondorchilikka borishgacha, tomorqa uchastkalar­dagi ishlardan uy hayvonlarini parvarishlashgacha, uyni ta'mirlashdan to baliq ovigacha bo‘lgan faoliyatlar ham kiradi. Bo‘sh vaqt faoliyatlarining 150 tasidan dam olish faoliyati sifatida foydalansa bo‘lar ekan (ularning asosiy guruhlariga uzluksiz bilim olish va malaka oshirish, jamoat ishlari, havas­korlik ijodi bilan shug‘ullanish, sport bilan mashg‘ul bo‘lish, do‘stlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish, san'at asarlaridan bahramand bo‘lish va hokazolar kiradi).
Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish va madaniy dam olish shakllarini shartli ravishda 4 turkumga bo‘lish mumkin. Har bir turkumda dam olish shakllari murakkablashib, samarador­ligi ortib boradi.
Birinchi turkumga dam olishning eng oddiy shakllari — kam harakatli hordiq chiqarish charchoqni tarqatish faoliyat­lari kiradi.
Ikkinchi turkum dam olish shakllari madaniy–ma'naviy boyliklarni egallash, ya'ni kitob, gazeta, jurnallarni mutolaa qilish, radio va televidenie dasturlarini tinglab, tomosha qi­lish, teatr, kinoteatr va klublarda namoyish etiladigan kino­film, spektakl va badiiy–ommaviy sahnalarni tomosha qilish kabilardir.
Uchinchi turkum dam olishga ijodiy va jismoniy faoliyatlar bilan shug‘ullanish, ya'ni badiiy havaskorlik, fizkultura va sport to‘garaklariga katnashish kiradi.
To‘rtinchi turkum dam olishga ijtimoiy foydali faoliyat turlari — jamoat ishlari, ya'ni ishdan tashqari vaqtda mehnat, o‘quv jamoalari, turarjoylar aholisi uchun zarur bo‘lgan yumushlarni amalga oshirish kiradi. Bu ko‘ngilli, ayni vaqtda jamiyat ravnaqi uchun foydali ish — xolis xizmat hisoblanadi.
Amaliyotda bo‘sh vaqtdan foydalanishnig xilma-xil usul va shakllari mavjud bo‘lgani holda ilmiy adabiyotlarda uning uchta asosiy tipini ajratib ko‘rsatiladi. Bular:

  1. Ijodiy tip. Nomidan ham bilinib turibdiki, individni o‘ziga jalb qiladigan faoliyat turlaridan eng ahamiyatlisi – uning ijodiy niyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradiganlari. Shunisi borki, inson o‘z ijodiy niyatlarini amalga oshirish uchun astoydil kirishadi. Hatto bu ijodiy faoliyat qaysi sohada (adabiyot, san'at, texnika va boshqa) bo‘lsa ham, undan kutilayotgan pirovard-natija moddiy yoki ma'naviy mahsulot bo‘ladimi – bundan qat'i nazar individ ijodga bag‘ishlangan bo‘sh vaqtini berilib o‘tkazadi, chunki bu ish uning ko‘ngil ishi, o‘z shaxsini, ma'naviy olamini ifodalash vositasidir.

2. Madaniy iste'molchilik tipi. Bu tipning ajralib turadigan xususiyati shundan iboratki, individ bo‘sh vaqtini ma'naviy boyliklar bilan muloqotga sarflaydi va o‘z ma'naviy madaniyatini oshirishga intiladi. Madaniy-ma'naviy boyliklarni egallash, ya'ni kutubxona va muzeylarga borish, radio va televidenie dasturlarini tinglab, tomosha qi­lish, teatr, kinoteatr va klublarda namoyish etiladigan kino­film, spektakllarni ko‘rish kabilardir. Bular orasida eng muhimi kitob mutolaasidir.Madaniy boyliklarni egallashda badiiy kitob, ilmiy, publitsistik adabiyotlar o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Kitob – insoniyat­ning barcha bilim tajribalarini o‘zida mujassamlashtiradigan muhim vosita, oldingi avlodning keyingi avlodga qoldiradigan ma'naviy boyligi, kishilarning o‘tmishi va hozirgi yutuqlari haqida ma'lumot beradigan bebaho manba. Kitob insonning shakllanishida, bilim va dunyoqarashining kengayishi, kasb sirlarini egallashi, haqiqiy mutaxassis bo‘lishida xizmat qiladi. Shu bilan birga, kitob kishilarning hayotini go‘zallashtirish, mehnatini yengillashtirish, dam oli­shini yanada mazmunli bo‘lishiga ham xizmat qiladi. “Har davrning o‘z kitoblari bor. Savod endi chiqqan paytda o‘qiladigan kitoblar bor – o‘qimagan bolalik – kemtik, umr shomida o‘qiladigan kitoblar bor – o‘qimagan keksalik – zulmat. Kitob o‘qish mobaynida har hayajonlanganda qalb silkinib, gardlari qoqiladi, ko‘zlar har safar namlanganda esa yuvilib poklanadi.”
3. Rekreativ tip (“rekreatsiya” lotinchada “qayta sog‘lom bo‘lish”, “tiklanish” degan ma'nolarni beradi). Bu tipga dam olish va ko‘ngilochar tadbirlarning barcha turlari mansub. Jumladan, fizkultura va sport, baliq ovlash, turizm, restoran, kafe, choyxonaga tushish, raqs kechalarida qatnashish, ulfatlar bilan o‘tirish, qarindoshlarnikiga mehmondorchilikka borish va h.k.z.
Ko‘rinib turibdiki, bo‘sh vaqtni o‘tkazishning birinchi va ikkinchi tiplari uchinchisiga qaraganda mazmunliroq va madaniyroq tuyuladi, ammo bu ijtimoiy va shaxsiy hayotda uchinchi tipdan voz kechish kerak degani emas. Buning ustiga amalda ko‘pchilik kishilar bo‘sh vaqtni o‘tkazishning bu tiplaridan navbatma-navbat foydalanadilar.
Shuni ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda dunyoda kechayotgan jarayonlar ko‘pchilik kishilarning, shu jumladan yoshlarning ham bo‘sh vaqtlarining mazmuniga o‘zgartishlar kiritdi. Natijada bo‘sh vaqtni lazzatlanib o‘tkazishga qaratilgan moyilliklar va bu sohada xizmat qilishga yo‘naltirilgan muassasalar paydo bo‘ldiki, bu holni gedonistik (lazzattalab) tip deb baholash mumkin.
Bo‘sh vaqtni o‘tkazishning bu tipi giyohvandlik, alkogolizm, fohishabozlik, qimorbozlik kabi axloqiy jihatdan salbiy baholanuvchi turli faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling