1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Yoshlarni oila qurish va oilaviy hayotga tayyorlash


Download 1.34 Mb.
bet48/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

4.4. Yoshlarni oila qurish va oilaviy hayotga tayyorlash

Yurtimizda sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda oila alohida rol o‘ynaydi va quyidagi yo‘nalishlarda faoliyatni kuchaytirishni talab qiladi:


1. “Sog‘lom oila” tarbiyaviy-ma’rifiy dasturini amalda joriy etish ishiga barcha mahallalardagi diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar va xotin-qizlar komissiyalari, mahalla faollarini jalb etish joylarda ushbu dasturlar ijrosini uslubiy jihatdan ta’minlashga oid o‘quv-seminarlar tashkil etish.
2. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda izchillikni ta’minlash, ular ongiga turmush madaniyati falsafasini singdirish borasida o‘tkaziladigan barcha targ‘ibot-tashviqot ishlariga nafaqat olimlar va ziyolilarni, balki mahallalarda obro‘ topgan, tajribali otaxon va onaxonlarni, pedagog va murabbiylarni jalb etishga erishish.
3. Oilaning osoyishtaligi, farzandlar barkamolligi onalarning salomatligiga bevosita bog‘liqligidan kelib chiqib, endi nikohga kirayotgan, homilador ayollarning yoshi, tibbiy salomatligi darajasi, ularga oilada yaratilgan shart-sharoitlar, sportga munosabatlari, jismoniy chiniqqanligi kabi muhim omillarni jamoatchilikning doimiy nazoratida bo‘lishiga erishish.
4. Turmush madaniyati falsafasini yoshlar ongiga singdirishning dolzarbligidan kelib chiqib, uning muhim tarkibiy qismlarini yoshlar auditoriyasida keng targ‘ib qilish.
5. Ayollar va qizlarning reproduktiv salomatligi borasida davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikni yanada faolroq jalb etish maqsadida mutaxassislar ishtirokida ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolar va ularning yechimini to‘la aniqlash, xotin-qizlar o‘rtasida reproduktiv madaniyat va huquqqa oid elementar tasavvur va bilimlarnigina e’tirof etgan holda bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini uslubiy jihatdan takomillashtirishga erishish lozim. Mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni yuzaga keltirish oilalarda turmush madaniyatini yo‘lga qo‘yish, farzandlarni turmush madaniyati ruhida tarbiyalashda mahalla institutidan foydalanish mexanizmi – “Ota-onalar universiteti”ning faoliyati muhim ahamiyatga egadir.
Ota-onalar universitetlarida olib boriladigan o‘quv mashg‘ulotlarida oila va uning turlari, demografik taraqqiyoti, oilaning ijtimoiy, iqtisodiy vazifalari, nikohning jamiyat mavjudligi va davomiyligining asosi ekanligi, oilaviy ajrimlar, ularning sabab va oqibatlari, ajrimlarning oldini olish masalalari, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, xotin-qizlar o‘rtasida kelib chiqadigan ekstrogenital kasalliklar va ularning naslga ta’siri, ularni davolash yo‘llari, oilada sog‘lom farzandning tug‘ilishi, parvarishi, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi, yoshlar ma’naviy va jismoniy kamolotida jismoniy tarbiya va sportning roli, oilada ovqatlanish, kiyinish madaniyatiga rioya etish qoidalari, oilada turmush madaniyatini rivojlantirish, oila tejamkorligi, oilaviy tadbirkorlik, oila gigiyenasi va salomatligi, oilaviy urf-odatlar va rasm-rusumlar, oila ma’naviyatini yuksaltirishda ota-onalarning roli, oilada yoshlarning zararli odatlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, farzandlarga kasb-hunar o‘rgatish, oilaviy nizolar, ularning sabablari, oiladagi asabiy holatlar, oiladagi ruhiy tangliknnig oldini olish muammolari yuzasidan ma’lumotlar berish mumkin.
Turmush madaniyatini yuksaltirishda oila, mahalla, NNT hamda ta’lim muassasalari hamkorligini ta’minlashda quyidagi qator ustuvor masalalarga e’tibor qaratish lozim:
- turmush madaniyatini rivojlantirishda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini ta’minlash;
- yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va mazmunli tashkil etish, nazorat qilish, ularning passiv bo‘sh vaqti emas, balki faol bo‘sh vaqtini uyushtirishga erishish;
- yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
- yoshlarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb etish;
- aholining salomatlik hamda yoshlarga oid davlat siyosati borasidagi huquqiy madaniyatini oshirish;
- yoshlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish reproduktiv salomatligini ta’minlash;
- ekologik tarbiya, ekologik madaniyati yoshlar ongiga singdirish, uzluksiz ta’lim tizimida ekologiya darslarini ko‘paytirish;
- yoshlarda narkomaniya, tamaki chekish, ichkilikbozlik kabi zararli illatlarga qarshi kurash yuzasidan immunitet hosil qilish;
- turmush qurayotgan yoshlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini qattiq nazorat qilish;
- teleradio va ommaviy axborot vositalari, internetda turmush madaniyatini rivojlantirishga doir maxsus slaydlar tashkil etish.
Yoshlar turmush madaniyatini yuksaltirishni ta’minlashga doir hamkorlik quyidagi holatda samara berishi mumkin: oilada bola tarbiyasi va ularning ruhiy holati, shu davrda bolalar bilan muloqot qilish, madaniyatini o‘zlashtirishga erishish; yoshlar kun tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish; bolalarning salomatligiga e’tiborli bo‘lish, kamida yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishga o‘rgatish; farzandlar o‘rtasidagi sog‘lom muloqotni tarbiyalash, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat ko‘rsatish, muloqot madaniyatiga erishish; farzandlarning har bir hatti-harakatini nazoratdan chetda qoldirmaslik, loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik. Bundan tashqari, bolalarning turli zararli odatlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish; dam olishini, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, dam olish kunlari va bo‘sh vaqtdan faol foydalanishni yo‘lga qo‘yish ham oila tarbiyasida birinchi o‘rinda turadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘quvchi va talabalarni turmush madaniyati haqidagi tushunchalar, ilmiy bilimlar bilan qurollantirish; muqaddas manbalar, hadislar va xalq pedagogikasida turmush madaniyatining talqin qilinishini o‘rganish; pedagog va o‘quvchi –talabalar o‘rtasida pedagogik muloqot madaniyatini tarkib toptirish, turmush madaniyatini yuksaltirishga doir turli yo‘nalishda to‘garaklar tashkil qilish, ularda ekologik madaniyat, muloqot madaniyati, jismoniy madaniyat, pedagogik madaniyatlar xususida ma’lumotlar berib borish, ta’lim muassasalarida turmush madaniyatini yuksaltirishning samarali shakl, usul va vositalaridan foydalanish milliy g‘oya asosida talabalarni kasbga tayyorlash, mexanizmini yaratish, ta’lim tarbiya jarayonida turmush madaniyatini yuksaltirishning samaradorligini ta’minlaydi. Mahallalar va turar joylarda esa turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan mahalla, ta’lim muassalari va jamoatchilik hamkorligi rejasini ishlab chiqish, hamkorlikda tashkil etilayotgan ishlardan hech bir oilaning chetda qolmasligiga e’tibor qaratish, mahallalarda aholining tibbiy-huquqiy madaniyatini oshirishga doir davra suhbatlari, seminarlar, seminar-treninglar tashkil qilish, sport va sog‘lomlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, mahallalarda mahalla sport maydonchalari, sport to‘garaklarini tashkil etish, turli zararli odatlar bilan shug‘ullanadigan yoshlarni aniqlash, ularga tushuntirish ishlarini olib borish orqali psixologik yordam tashkil qilish, oila va nikohning muqaddasligini yoshlar ongiga singdirish, oila qurayotgan yigit-qizlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarini nazorat qilish, mahallalarning obro‘li, tajribali otaxon va onaxonlari ishtirokida turli tadbirlar tashkil etish, joylardagi xotin-qizlar qo‘mitalari, Oila markazlari, FXDYO xodimlari birgalikda reproduktiv huquq, “Oilaga ijtimoiy psixologik ko‘mak beruvchi markaz”larni tashkil etish orqali yoshlar turmush madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha yuksak natijalarga erishishi mumkin. Mazkur masalalar oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligida tashkil etilgandagina samaradorligi ta’minlanadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling