1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet45/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

  1. Zararli odatlar deganda nimani tushunasiz?

  2. Sog’lom turmush madaniyatiga zararli odatlarning salbiy ta’sirlari nimalardan iborat?

  3. Yoshlarning giyohvandlikka kirib qolishiga nimalar sabab bo’lmoqda?

4.2. Oila va uning turmush madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-bobi 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, davlat va jamiyatning himoyasida bo‘ladi. Nikoh tomonlarning o‘zaro ixtiyoriy roziligiga va teng huquqligiga asoslanadi” deb yozib qo‘yilgan. Oila jamiyatning kichik ijtimoiy guruhi sifatida er-xotin o‘rtasidagi ittifoq, boshqa oila a’zolari o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalariga asoslangan shaxsiy hayotni tashkil qilishning eng muhim shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Inson ijtimoiy biologik jonzot sifatida o‘zining yashashi uchun zarur bo‘lgan ovqat yeyish, nafas olish, uxlash, jinsiy, issiq-sovuqdan himoyalanish va shu kabi biologik ehtiyojlarini, insonlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish, jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lish, farzandlar tarbiyasi, o‘zining yashashga va ijod qilishi, salomatligini saqlashi, uy-joy, kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyojlarini, shuningdek, farovon turmush kechirishi uchun zarur boshqa sharoitlarni yaratish kabilardan iborat bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarini, moddiy ehtiyojlarini qondirish, o‘z-o‘zini va atrof borliqni anglash, qadriyatlarni bilib olish, hayotning mazmunini tushunish orqali o‘z yo‘lini topib olish kabi ma’naviy ehtiyojlarini oilaviy sharoitda amalga oshiradi. Inson o‘zining yuqorida sanab o‘tilgan asosiy ehtiyojlarini faqat oiladagina to‘la qondira oladi. Oilalarning farovonligi jamiyatning farovonligini belgilaydi. Oila jamiyatning “hujayrasi” sifatida qator muhim vazifalarni bajaradi. Jumladan:


Ehtiroslar va his-hayajonlarni qondirish bilan bog‘liq vazifalar bo‘lib, bunda oila a’zolari o‘zaro izzat-hurmatda, bir-biriga mehr-muhabbatda bo‘lishi, bir-birini qo‘llab quvvatlashi, tinch-totuv yashashi, samimiy munosabatda bo‘lishi kabilar nazarda tutiladi.
Oilaning tarbiyaviy vazifalariga ota va ona bo‘lish ehtiyojini qondirish, farzandlar tarbiyasi, ularni hayotda o‘z yo‘lini topishga yordamlashish, mustaqil hayotga kuzatish, uyli-joyli qilish kabi sharqona urf-odatlarni amalga oshirish kiradi.
Oila a’zolarining ma’naviy rivojlanishi, komil inson sifatlarining shakllana boshlashi, intellektual o‘zaro boyitish, axloqiy, diniy, fuqaroviy va siyosiy qarashlarning shakllanishi, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, dam olish kabi vazifalar faqat oila a’zolari uchungina emas, balki butun jamiyatning kelajagi uchun ham muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Vaqt o‘tishi, davr o‘zgarishi bilan oilaning vazifalari ham mos ravishda o‘zgarib boradi. Oilaning yuqorida aytib o‘tilgan ko‘p qirrali vazifalari o‘zaro uyg‘unlashgan munosabatda bo‘lgan taqdirda, oila a’zolarining salomatligiga, ular organizmining fiziologik va ruhiy holatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yoki aksincha, o‘zaro munosabatlarda nomutanosibliknnig paydo bo‘lishi, oila a’zolarining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhit yaratadi.
Respublikamizda Oliy Majlis tomonidan 1998 yil 30 aprelda “O‘zbekiston Respublikasining “Oila Kodeksi”ning qabul qilinishi oila manfaatlarini takomillashtirish yo‘lida qo‘yilgan muhim bir qadam bo‘ldi. Ushbu Kodeks oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat, hamjihatlik, oila a’zolari o‘z huquqlarini hech qanday to‘sqinliksiz amalga oshirishilishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ifodalaydi.
Qonun respublikamiz yerli xalqining milliy xususiyatlarini deyarli to‘la hisobga olgan. Oilada ota-onaga va katta yoshdagilarga nisbatan hurmat ko‘rsatish, ularning duolarini olish, kichiklarga nisbatan shafqatli bo‘lish, hovli-joylarni supurib-sidirib, suv sepib tozalikni saqlash, idish tovoq, uy-joylarni pokiza tutish, oila a’zolarining barchasi to‘planib dasturxon atrofida shirin suhbat qurish, oilaviy rejalarni belgilab olish kabilar sharqona oilaga xos ajoyib xususiyatlardandir. Insonning dastlabki dunyoqarashlari oilada shakllanadi. Oila jamiyatning negizi sifatida unda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi. Sharq oilalari o‘zlarining ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlariga ega bo‘lib, aynan oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. Oila tashkil bo‘lishi va rivojlanishida bir necha bosqichlarni o‘z boshidan kechiradi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling