1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet54/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

  1. Oilaning tibbiy madaniyatini oshirishda nimalarga e’tibor berish kerak?

  2. Boshqaruvning oltin qoidasi nima?

  3. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari haqida ma’lumot bering?



5.5. Aholi turmush madaniyatini yuksaltirishni boshqarishni axborot bilan ta’minlash

Aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirishni boshqarish ko‘p jihatdan boshqaruv organlarining, shuningdek qaror qabul qiluvchi shaxslarning axborotlar bilan uzluksiz ta’minlanishiga bog‘liq. Axborot bo‘lmagan joyda malakali boshqaruv ham bo‘lmaydi. Axborot - rahbar xodimlarning ish qurolidir. Shunga ko‘ra axborotlarga bir qator talablar qo‘yiladi. Axborotlar ma’lum bir maqsadni ko‘zlab yig‘ilishi va muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak, axborotlar ishonarli va haqqoniy bo‘lmog‘i lozim. Keragidan ortiqcha bo‘lgan axborotlar ishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Ayrim axborotlar zudlik bilan foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lishi va davriy ravishda ma’lum bir muddatlarda (oylik, choraklik, yarim yillik va yil yakunida) taqdim qilib borilishi lozim.


Axborotlarning quyidagi uchta turi farqlanadi:

  1. Direktiv axborotlar (qonun va qarorlar).

  2. Ilmiy-tibbiy va ilg‘or tajriba maktablari haqidagi axborotlar.

  3. Xususiy manbalardan olinadigan axborotlar kelib chiqish (tug‘ilish) manbaiga ko‘ra axborotlar:

  • tashqi muhit to‘g‘risidagi axborotlar;

  • shaxs va jamiyat (aholi) haqidagi axborotlar;

  • sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati haqidagi axborotlarga ajratiladi.

Turmush madaniyatiga oid yuqorida ko‘rsatilgan axborotlarni to‘plash saqlashni tashkil etish va zarur bo‘lganda tezkorlik bilan taqdim qilishni ta’minlash maqsadida axborot-tahlil bo‘limlari qoshida mavjud axborot turlariga mos axborot guruhlari tashkil etilishi lozim.

  1. Direktiv axborotlar guruhi. Bu guruh direktiv axborotlarni 3 xil ko‘rsatib o‘tilgan manbalar: tashqi muhit, shaxs va jamiyat (aholi), sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati bo‘yicha to‘plab boradi.

  2. Ilg‘or tajriba maktablari, ilm-fan yutuqlari to‘g‘risidagi axborot guruhlari davriy matbuot, monografiyalar, ilmiy va uslubiy ko‘rsatamalar kutubxonada to‘plashga mas’ul bo‘ladi.

  3. Xususiy manbalardan olinadigan axborotlar guruhi, odatda, tibbiy statistikalar guruhi bo‘lib, o‘z qo‘lida aholi salomatligi ko‘rsatkichlari, ijtimoiy kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari, nogironlik, yuqumli kasalliklar, aholining ijtimoiy tarkibi kabi ma’lumotlarni to‘plab boradi va birinchi talabga muvofiq rahbariyatga taqdim etadi.

Boshqaruv qarorlari butun boshqaruv jarayonini izga solib yuboruvchi asosiy mexanizm hisoblanib, mo‘ljallangan maqsadga yetishda va boshqaruv tizimini yangi holatga o‘tkazishda, ishni tashkil qiluvchi, odamlarni esa ishga safarbar etuvchi qudratli qurol sifatida o‘zida boshqaruvning bosh “zaryadini” va jangovar o‘qish-mujassamlashtirish muhim huquqiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish texnologiyasi birin-ketin bajariluvchi quyidagi bosqichlarni o‘z boshidan kechiradi:
- turmush madaniyati bo‘yicha chiqarilgan direktiv hujjatlarni, qarorlarni, buyruqlarni va boshqa turdagi manbalardan olingan ma’lumotlarni o‘rganib chiqish maqsadlarini shakllantirish;
- bu sohadagi mavjud muammolarni izlab topish va ro‘yxatga olish; shu muammolar keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash;
- muammolarni yechish yo‘llarini izlash;
- mumkin bo‘lgan barcha variantlarni baholash orqali masalaning samarali yechimini topish;
- qarorni manfaatdor shaxslar bilan kelishuvdan o‘tkazish;
- qarorlarni tasdiqlash;
- qarorlarni kuchga kiritish va bajarilishini ta’minlash;
- qarorlarning bajarilishi samaradorligini baholash kabilar shular jumlasiga kiradi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling