1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet57/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

  1. Turmush madaniyatini yanada rivojlantirishda va targ’ib qilishda jahon sivilizatsiyasi amaliyoti va tajribasini о‘rganish maqsadi nima?

  2. Singapur hukumati mamlakat aholisi turmush tarzini yaxshilash borasidagi ustuvor yо‘nalishlarini ayting ?

  3. Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur davlatlari ta’lim tizimining taraqqiyyoti t о‘grisida nimalarni bilasiz?

6.3. Aholi turmush madaniyatini shakllantirishda ommaviy axborot vositalari(OAV)ning tutgan o‘rni va vazifalari

Aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish jarayonida axborot voistalarining tutgan o‘rni haqida so‘z yuritar ekanmiz, eng avvalo, mutlaqo yangi davrda – axborotlar asrida yashayotganligimizni, axborot kundalik turmush madaniyatimizning barcha jabhalariga jadal ravishda kirib kelayotganligini, XXI asrda axborotlarsiz yashash mumkin emasligini unutmasligimiz kerak.


Biz odamlarning turmush madaniyati masalasida dunyoqarashini o‘zgartirishga, o‘z salomatliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etar ekanmiz, bu sohada zamonaviy texnik vositalarga asoslangan uzatish tizimini yaratishimiz shart. Busiz turmush madaniyatini shakllantirib bo‘lmaydi. Bugun respublikada turmush madaniyatini shakllantirishning yagona tizimini yaratish uchun vaziyat yetildi.
Ommaviy axborot vositalari orasida respublikamiz sharoitida radioning tutgan o‘rniga alohida urg‘u berish o‘rinlidir. Zero, raidoettirishlar:

  • axborotlar tizimini simsiz, uzoq masofaga – bepoyon yurtimizni cho‘l zonalariga uzatish;

  • bir vaqtning o‘zida katta auditoriyani qamrab olish;

  • radio eshituvchilar bilan bevosita radiomuloqot qilish;

  • katta sarf-xarajatlarsiz ko‘p hajmli axborotlarni bir vaqtning o‘zida tezda katta hududga tarqatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ommaviy axborot vositalari uzatilayotgan axborotlarni qabul qilib olish va o‘zlashtirish- jurnallardagi maqolalarni o‘qiganda – 10%, radio orqali eshitganda faqat ko‘z bilan ko‘rganda - 30%, televideniye orqali ham ko‘rib, ham eshitish – 50%ni tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, ommaviy axborot vositalari aholining turmush madaniyatini shakllantirishda televideniyening o‘rni beqiyosdir. Ommaviy axborot vositalari orasida televideniyening yordamida: turmush madaniyatini shakllantirish imkoniyatlaridan - (tele, video, foto aholini uzoq masofadan turib, turmush madaniyatida yashashga o‘qitish ma’ruzalardan, suhbatlardan, elektron qo‘llanmalaridan keng foydalanishdir. Faqat televideniyega xos ustunliklarga teleko‘rsatuvlarning jozibador vaqtning o‘zida ko‘rib va eshitib eslab qolish imkoniyatiga ega bo‘lish, turmush madaniyatida yashab sog‘lom va uzoq umr ko‘rgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashish imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tish lozim. XXI asr - axborot texnologiyalari asri bergan imkoniyatlardan biri – bu turmush madaniyati va salomatligiga doir axborotlarni internet saytlarni orqali qabul qilib olish va uzatishdir. Internet tizimi - “o‘rgimchak to‘ri” jahonning ilg‘or mamlakatlari kutubxonalaridagi axborot manbalaridagi mavjud bo‘lgan turmush madaniyatiga oid axborotning bir zumda olish va bunday eng so‘nggi zamonaviy ilmiy axborotlarni tezda ommaga qo‘llash imkoniyatini beradi. Buning uchun Salomatlik instituti va filiallarini, shahar va tuman salomatlik markazlarini zamonaviy elektron hisoblash mashinalari bilan ta’minlab, ularni internet tizimi tarmog‘iga ulash lozim. Shu asnoda respublikamizda internet saytlari orqali tarqatishlar mo‘ljallangan maxsus – turmush madaniyatini shakllantirishga doir axborot jamg‘armasi yaratish, STT shakllantirish jarayonini axborotlar texnologiya bilan uyg‘unlashtirish lozimligi bugungi kunning o‘ta dolzarb masalalaridan bo‘lib qolayotganligini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq.
Turmush madaniyatiga oid axborotlarni davriy gazeta va jurnallar orqali tarqatish masalasiga to‘xtalib, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bugun butun axborotlarni tarqatishni faqat mavjud gazeta va jurnallar doirasi bilan chegaralangan holda olib borish yetarli emas. Shu boisdan respublikada ommaviy xarakterga ega bo‘lgan “Turmush madaniyati” deb nomlanuvchi va har oyda chop qilinadigan maxsus ro‘znomani ta’sis qilish uchun vaziyat yetilganini ko‘rsatib o‘tish lozim.
Yuqorida bayon qilib o‘tilganidek, aholi o‘rtasida turmush madaniyatini targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalari - gazeta jurnallar, radio va televideniyening tutgan o‘rnini hisobga olgan holda muhim ommaviy axborot vositalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish ahamiyatga molik masaladir. Shunga ko‘ra bunday yo‘nalishlar qatoriga:

  • aholi tomonidan o‘z salomatliklarini oliy qadriyat sifatida tan olib, boshqa ijtimoiy qadriyatlar orasida munosib o‘rinni ajratish lozimligi shakllantirish;

  • turmush madaniyati masalalarida odamlarning dunyoqarashini shakllantirish va uni kundalik ong talablari darajasiga olib chiqish;

  • oilalarda kundalik ong talablari darajasiga olib chiqish;

  • oilalarda tibbiy madaniyatni shakllantirish;

  • odamlarni tibbiy faolikka undash va buni aniq hayotiy misollar tasvirlash;

  • aholining keng qatlamlarini shaxsiy va jamoatchilik gigiyenasi talab tartib-qoidalariga qat’iy amal qilgan holda yashashi lozimligiga o‘rgatish;

  • turmush madaniyatining boshqa asosiy talablarini matbuotda va tele ko‘rsatuvlari orqali keng yoritib borish;

  • sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalash;

  • nosog‘lom turmush madaniyati va zararli odatlarning oqibatlarini fosh qilish, badiiy adabiyot va san’at asarlari, satira va yumor hamda askiya imkoniyatlaridan keng foydalanish kabilarni kiritish mumkin.




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling