1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet27/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.
Insonning o‘z shaxsini o‘zi faollashtirib borish piramidasi(A.Maslouning beshta tamoyili) ni sanang?
Psixolog olim Abraxom Maslou qanday odamlarni shaxsini faollashtirib va takomillashtirib boruvchi shaxslar deb hisoblaydi?
IQ haqida nimalarni bilasiz?


12-Mavzu:Turmush madaniyatining ma’naviy asoslari
Reja
1.Turmush madaniyatining ma’naviy omillari
2.Turmushmadaniyatiniyuksaltirishdama’naviysohadaolibborilganislohotlar
3.Insonshaxsidayuksakma’naviyfazilatlarlarnitarbiyalashusullari

Turmush madaniyati – o‘zining mustahkam ma’naviy asosiga ega bo‘lmas ekan, uni shakllantirib bo‘lmaydi. Turmush madaniyatida yashash, yuksak ma’naviylikka intilib yashashni anglatadi va har bir shaxsdan o‘zida yuksak ma’naviylik sifatlarini mujassamlashtirishni taqozo qiladi. Ma’naviylik va moddiylik dialektikasidagi amal qilinishi lozim bo‘lgan mo‘tadil mutanosiblik muvozanatning buzilishi, ham ma’naviylikka, ham moddiylikka jiddiy putur yetkazadi. Moddiylik insonning biologik ehtiyojlarini, Ya’ni instinktlari talabini qondirib yashashi tufayli shakllanishi mumkin bo‘lgan falsafiy kategoriya bo‘lsa, ma’naviylik – kategoriya sifatida insonning shaxs bo‘lib shakllanishi uchun unga berilgan imkoniyatdir. Insonlarda moddiylikning ulardagi ma’naviylikni zaiflashtirish hisobiga ustun rivojlanishi, madaniy saviyasi past va hatto ba’zan hayvonsifat insonlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bunday odamlar hayotning mazmunini faqat biologik instinktlar talabi bilan chegaralangan holda yeb-ichish, ko‘payish, xavf-xatardan himoyalanish uchun yashashdan iborat deb tushunadilar. Jamiyatda iste’molchilik kayfiyatiga ega bo‘lgan bunday shaxslarning ko‘payishi millatning ravnaqi uchun ham, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun ham jiddiy zarar yetkazadi, jamiyat taraqqiyotini sezilarli ravishda orqaga suradi.


Biologik ehtiyojlar doirasida yashovchi odamlarning ko‘payishi, aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirishga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatib, davolashi qiyin bo‘lgan: qandli diabet, atereskleroz kasalligi va uning insult, miokard infarkti kabi asoratlarning ko‘payishiga, oxir-oqibatda millatning o‘rtacha umr ko‘rishi davomiyligini qisqarishiga sabab bo‘ladi. Zero, o‘zlarining faqat biologik ehtiyojlarini qondirib yashovchilar – nosog‘lom turmush madaniyatida yashovchilar bo‘lib, ular o‘z odatlarining qurboniga aylanib qolayotganligini sezmasdan yashaydilar.
Biz naslimizning kelajagi – sog‘lom avlod uchun kurashar ekanmiz o‘z maqsadimizga erishish uchun millatni turmush madaniyatida yashashga o‘rgatishimiz kerak bo‘ladi. Sog‘lom avlod deganda biz faqat jismonan baquvvat farzandlarni emas, balki ma’naviy jihatdan ham boy va sog‘lom avlodni nazarda tutishimiz lozim. Zero, ma’naviy sog‘lom bo‘lmasdan turib, jismonan sog‘lom bo‘lish mumkin emas. Har ikkala tushuncha bir-biriga mos va biri ikkinchisini taqozo qiladi. Ham jismonan, ham ma’naviy sog‘lom avlodga ega bo‘lgan xalqni esa sindirib bo‘lmaydi. Biz jismonan sog‘lom, yuksak ma’naviyatli va yagona milliy g‘oya asosida jipslashgan millatni shakllantirishni bosh maqsad qilib qo‘yar ekanmiz uni turmush madaniyatida yashashga o‘rgatishimiz lozim.
Ma’naviy boylik – moddiy boylikdan ustundir. Ma’naviyati boy insonlar hamisha elda qadrlanib kelingan. Hayotda ma’naviy boylikka ega bo‘lib yashashga muyassar bo‘lish har bir inson uchun katta baxt. Ma’naviy jihatdan boy insonlar barcha zamonlarda va barcha xalqlarda jamiyatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan. Bunday insonlar jamiyat hayotining barcha sohalarida o‘z millatlarining faxri va g‘ururi bo‘lib hisoblangan. Ma’naviy boylikka ega bo‘lib yashash har birimizning orzuimiz va ezgu tilaklarimiz bo‘lishi lozim. Ammo, ma’naviy boylikka erishish yo‘li sermashaqqat yo‘l bo‘lib, tinimsiz mehnat qilishni – fidoyilikni talab qiladi va hammaga ham nasib qilavermaydi. Shu sababdan ma’naviy boylikka ega bo‘lgan insonlar elda aziz bo‘lgan va yuksak qadrlanganlar.
Hayotda faqat moddiy boylikka qarab intilish odamlarni o‘zlarining tub mohiyatlaridan uzoqlashtiradi, u halokatli yo‘ldir. Ma’naviy boylikka intilish insonga baxt-saodat keltiradi – uning mohiyatini ochishga olib keladi. Ma’naviy boylikka erishish uchun mustahkam salomatlikka ega bo‘lish talab qilinadi.
Ma’naviy yuksalish yo‘li o‘zining ayrim umumiy qonuniyatlariga egadirkim, ularni bilish hayotda ongli ravishda ularga amal qilib yashash har birimizning mushkullarimizni yengillashtiradi.
Turmush madaniyatining ma’naviy asoslari turmush madaniyati va madaniylik, turmush madaniyati etikasi va estetikasini, vaqtni, ilmu haqiqatni qadrlab yashash, oilaning tibbiy madaniyligi kabi qator muhim masalalarni ham o‘z tarkibiga qamrab oladi.
Aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish ko‘p jihatdan odamlarning hamda jamiyatning madaniylik darajasiga bog‘liq. Inson salomatligi faqat biologik va psixofiziologik holat bo‘lib qolmasdan, balki ijtimoiy madaniy o‘lchamlarga ham ega. Shu boisdan hayotda madaniyat shaxsning ruhiy fizioloigk holati bilan uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, madaniyat so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, u dastlabki paytlarda biror narsaning urug‘ini qadash uchun zamin tayyorlash, uning unib chiqishi uchun zarur muhit yaratish kabi ma’nolarni bergan. Bu bilan madaniyatning muhim tomoniga – uning insonga xosligiga, inson faoliyati bilan bog‘langanligiga ishora qilingan. Keyinchalik “madaniyat” so‘ziga ko‘proq va kengroq ma’no yuklatilib, inson tomonidan yaratilgan barcha qadriyatlarni uning madaniyati sifatida baholashgan.
Madaniyat inson tomonidan ona tabiat ustiga qurilgan “ikkinchi tabiat” va ijodining mahsuli sifatida gavdalanadi. Madaniyat inson faoliyatidan tashqarida emas, odamlar orasidagi munosabatlarda o‘zini namoyon qiladi va bir-birini taqozo qiluvchi moddiy va ma’naviy tomonlariga ega bo‘ladi. Moddiy madaniyatda uning ma’naviy tomonini shakllantiruvchi asos bo‘lgani singari, ma’naviy madaniylikda uning moddiy tomonini boyituvchi asos ham mavjuddir. Madaniyat dunyosi – moddiy, ma’naviy hamda g‘oyaviy qadriyatlar dunyosidir. Bunday qadriyatlarning barchasi inson tomonidan yaratiladi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan qadriyatlarning majmuasi sifatida ularning ijodkori bo‘lgan insonni jamiyat bilan bog‘laydi va uning taraqqiyot darajasini belgilaydi. Ayni paytda madaniyat insonni ijtimoiy mavjudot va insondagi insoniylikning mezoni sifatida tavsiflaydi, madaniylik insonni ulug‘laydi.
Madaniylik – o‘z navbatida insoniyat tomonidan yaratilgan va jamiyatda tarkib topgan qadriyatlarni har bir shaxs qay darajada o‘zlashtirganligi, ulardan xabardorligi bilan tavsiflanadi. Madaniylik jamiyat hayotining deyarli barcha tomonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Odamlarning umumiy madaniylik darajalari ularning salomatliklari va uzoq umr ko‘rishi kabi muhim ko‘rsatkichlari bilan ham uzviy bog‘langan. Odamlarning umumiy madaniylik darajalarini oshirmasdan turib, ularning tibbiy madaniyligini, oilalarda tibbiy madaniylikni yuksaltirib bo‘lmaydi. Odamlarning tibbiy madaniyligi darajalarini va oilalarning tibbiy madaniyatini ularning umumiy madaniylik darajalaridan ajratilgan holda, yuksaltirishga intilish – behuda urinish va samarasiz harakatdir. Odamlarning umumiy madaniylik darajalari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi bilan ham bog‘langan. Bundan odamlarda va oilalarda tibbiy madaniylikni yuksaltirishni ularning turmush madaniyatini oshirish va yashash sharoitlarini yaxshilash bilan mutanosiblikda olib borish kerak degan muhim xulosa kelib chiqadi. Bunday sharoitlarning yaratilishi esa o‘z navbatida har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan vositalanganligini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Madaniyat bilan insonning tabiiy rivojlanishi o‘rtasidagi ana shunday falsafiy bog‘liqlikni anglab olish, tibbiyot xodimlari uchun aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish jarayonida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Xalqning umumiy madaniylik darajasini ko‘tarish boshqa omillar bilan bir qatorda turmush madaniyatini shakllantirish tarixida misli ko‘rilmagan qulay muhit yaratadiki, buning ahamiyati beqiyosdir. Biz uchun madaniylikning faqat tashqi dunyo buyum va hodisalariga, moddiy va ma’naviy boyliklar to‘plashga qaratilgan tomoni emas, balki insonning o‘ziga, uning jismoniy va ruhiy qobiliyatlariga ta’sir etuvchi tomonlarini ham bilib olish o‘ta muhimdir.
Madaniyatni bunday keng qamrovli tushunish insonning jismoniy va ruhiy taraqqiyotiga, salomatligiga ko‘p qirrali ta’sir etish yo‘llarini ochishga imkon beradi. Insonning turmush madaniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi madaniy faoliyat turlari ichida eng asosiylari sifatida: mehnat qilish madaniyati, iste’mol madaniyati va muomala madaniyatlarini alohida ko‘rsatib o‘tish e’tiborga loyiq.
Qanday kishilarni madaniyatli kishilar deya olamiz? Ularning o‘lchov mezonlari nimalardan iborat?
Madaniyatli kishilar shunday kishilardirki, ular dunyoviy ilmlarni mukammal egallagan, o‘z xalqining tarixi, madaniyati, milliy an’analari, urf-odatlarini qalbiga jo qilib singdira olgan, hamisha yuksak insoniylikni, do‘stlikni qadrlay biladigan, o‘z manfaatidan millat, vatan manfaatini ustun qo‘ya oladigan, o‘z xalqining bori-yu yo‘g‘i, oz-uko‘pini birga baham ko‘ra oladigan, yuksak axloqiy xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtira olgan komil insonlardir.
Bunday kishilar o‘z xalqining farovonligi, millatning ravnaqi ya’ni vatanning gullab yashnashi yo‘lida tinimsiz mehnat qilishni o‘zlarining sharafli burchi va hayotining mazmuni deb biladilar. Madaniyatli kishilar or-nomusli kishilardir. Ularga xos bo‘lgan asosiy xususiyat – kamtarlikdir. Ular erishgan yutuqlarni ko‘z-ko‘z qilishni istamaydilar. Madaniyatli kishilar oqibatli kishilar bo‘lib, bergan va’dalarining ustidan tezroq chiqishga intiladilar, yolg‘ondan qo‘rqadilar, qiladigan sa’y harakatlari nimaga olib kelshini oldindan o‘ylaydilar. Madaniyatli kishilar sof vijdon sohiblaridir, bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatosi uchun vijdon azobida to‘lg‘onadilar. Unday kishilar milliy adovat, tor milliy qobiqqa o‘ralib qolish kabi jamiyat uchun ham, millat uchun ham zararli bo‘lgan kayfiyatlardan hamisha uzoqdadirlar, ular umumbashariy qadriyatlarni millatlar va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni yuksak qadrlaydilar, uni mustahkamlashni o‘zlarining fuqarolik burchlari deb biladilar. Ular hamisha ota-ona hurmati, farzandlar tarbiyasini, odamlarga yaxshilik qilishni o‘z faoliyat doirasining markazida tutadilar. Ularning nafaqat tanasi, kiyimlari, balki qalblari ham pokdirlar. Bunday kishilar o‘zlarini turli xil chekish, ichish kabi zararli odatlardan chetga ola biladilar. Ular sog‘los turmush madaniyatida yashashning tarafdorlaridir.
Jamiyatda odamlar o‘rtasida o‘z salomatligiga bo‘lgan ayovsiz va hatto, ba’zan vahshiylarcha munosabatga (ichish, chekish, giyohvandlik) ularning shaxsiy ishi sifatida qarash va baholash mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lar edi. Zero, salomatlik – butun jamiyatning boyligi. Shunday ekan, insonlar salomatligi uchun kurash, faqat tibbiyot xodimlarininggina vazifasi bo‘lib qolmasdan, balki jamiyatning barcha a’zolariga tegishlidir.
Bugun aholining tibbiy-gigiyenik tarbiyasini yangi, yuqori pog‘onaga ko‘tarish, bunday tarbiyaga kasalliklarning birlamchi profilaktikasining tarkibiy qismi sifatida qarash payti keldi. Bu vazifa davlat ahamiyatiga molik vazifa bo‘lib, aholining tibbiy madaniyatini tubdan o‘zgartirish uchun vaziyat yetilganligini ko‘rsatadi.
Respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy hayotida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, odamlarning ongini, saviyasini o‘zgartirishga sabab bo‘lishi, ularning umumiy madaniy darajasini, ayniqsa tibbiy madaniyligini yuksaltirishga olib kelishi muqarrardir. Biroq, hozircha jamiyatimiz a’zolarining ko‘pchilik qismida umumiy madaniylikning yetishmasligi, kishilarning tibbiy bilimlari bilan, ularning o‘zlarini kundalik hayotda tuta bilishlari o‘rtasida afsuski, katta tafovutning mavjudligi, turmushda tibbiy madaniyatsizlik tariqasida namoyon bo‘lmoqda.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling