1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet28/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Madaniyat – bu faqat bilimlarning oddiy yig‘indisi emas, balki axloqiy bilimlarning ham debochasidir. Madaniy evolyutsiya – o‘z tabiatiga ko‘ra uzoq davom etadigan va vaqt jihatidan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar bilan barobar kechmaydigan jarayondir.
Madaniy masalalarni ijtimoiy-siyosiy vazifalar qatori tezda hal qilib bo‘lmaydi. Biz ba’zan insonlarning shaxsiy dunyoqarashiga, ularning “miyasi” orqali bilimlarini oshirish orqali tezroq kirib borishiga urinamiz va bu bilan falsafa fanining ham, insonning ham barkamol bo‘lishiga qo‘limizdan kelgancha xizmat qilamiz.
Odamlar turmushida hayotiy tajribalariga ko‘proq ishonadilar va tayanadilar. Mavjud tibbiy-gigiyenik tarbiya usullari esa, kishilarning kundalik hayotidan, turmush tushunchalaridan ajralgan holda olib borilayotganligi, bu sohada bizning urinishlarimiz behuda ketayotganligiga sabab bo‘lmoqda.
Tibbiy madaniylik umumiy madaniyatlilikning tarkibiy qismi sifatida har bir shaxs tomonidan ongli ravishda kundalik hayot jarayonida amal qilinadigan shaxsiy gigiyena qoidalari, ust-bosh kiyimlari, badan va tana a’zolari tozaligi, uy-joy va ish joyi tozaligi, shuningdek ko‘chada va jamoat joylarida amal qilinishi lozim bo‘lgan hamda kishilar o‘rtasida rioya qilinishi odat tusiga kirib qolgan jamiyatning barcha a’zolari tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan sanitariya va gigiyena tartib-qoidalari majmuidir.
Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

  1. Madaniyatli kishilar qandaysifatlargaegabo’lishilozim?

  2. Madaniyatso’zigata’rifbering?

  3. Sog’lomturmushmadaniyatinima?


13-Mavzu:Iste'mol madaniyati va ehtiyojlarning o’zaro bog’liqligi.
Reja
1. Iste’mol savatchasi va iste’mol madaniyati
2.Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi
3. Ehtiyoj faollikni yuzaga keltiruvchi turtki sifatida va ehtiyojni o’rganish metodlari.

Iste'mol savatchasi – muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam to‘plami. Hamma ovqatlanishi, kiyinishi, kommunal va boshqa xizmatlar haqini to‘lashi, zarur dori-darmonlarni xarid qilishi lozim va h.k. Bularning bari mahsulotlar savatchasini butlash uchun asos hisoblanadi. Uning ma'lumotlaridan, o‘z navbatida, tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorni (iste'mol savatchasining qiymat bahosini) belgilash uchun foydalaniladi.


Respublikamizda «tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor» va «iste'mol savatchasi» tushunchalarini 2018 yilning 1 iyuligacha huquqiy jihatdan tartibga solish rejalashtirilmoqda.Bu 2018 yilgi Davlat dasturida (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan) mamlakat aholisi daromadlarining zarur darajasini aniqlash uchun nazarda tutilgan. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas'ul ijrochilar etib tayinlangan. Iste'mol savatchasini ishlab chiqishda – aholining barcha jins va yoshdagi guruhlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish normalarini belgilashda Sog‘liqni saqlash vazirligi ham jalb etilishi kerak.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling