1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Xullas, ichki iste'mol savatchasini ishlab chiqishda quyidagilarni inobatga olish zarur


Download 1.34 Mb.
bet31/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Xullas, ichki iste'mol savatchasini ishlab chiqishda quyidagilarni inobatga olish zarur:

  • demografik omillar: oilalar katta-kichikligi va tuzilishi, aholining tarkibi va jins-yosh tuzilmasi va b.;

  • ijtimoiy-iqtisodiy omillar: oilalarda oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning haqiqatda iste'mol qilinishi; barcha guruhdagi aholining ehtiyojlari, ularning daromadi darajasi va b.;

  • inson salomatligini saqlash va hayotiy faoliyatini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan eng kam iste'mol hajmlari hamda tovarlar va xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha ilmiy tavsiyalar;

  • aholining ijtimoiy himoyalanishini ta'minlashga doir davlatning moliyaviy imkoniyatlari;

  • tovarlar va xizmatlarning real bozor narxlari;

  • boshqa mamlakatlarning tajribasi va b.

2.Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning eng oliysi.Uboshqa jonzodlardan o’zining aql idroki bilan ajralib turadi. U hayot kechirish uchun turliehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay olmaydi.
Insonlarning yashashi,har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan barchane’matlarularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o’z extiyojlarini qondirish yo’lini qidiradi.
Ehtiyojlarni qondirishi zarurligi, ya’ni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi.
Ehtiyojlar — organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. Ehtiyoj subʼyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hattiharakatlar, feʼlatvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obʼyektiga qarab moddiy, maʼnaviy; subʼyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy ehtiyoj boʻlishi mumkin.Ehtiyojning umumiy qonuniyati — ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bogʻliq boʻlishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch boʻlgan ehtiyoj oʻz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama taʼsir koʻrsatadi, ularning oʻziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini vaehtiyojni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Masalan, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo boʻlgan E. ularni yaratish yoʻlida izlanishlarning boshlanishiga sabab boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi.
Tarixan ehtiyoj oʻsib boradi, ular xilmaxil, oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga uchrab turadi.Ehtiyoj tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi.Ularga birinchi navbatda, moddiyashyoviy ehtiyoj. (moddiy va maʼnaviy) — oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyimkechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)gaehtiyoj, shuningdek, iqtisodiy ehtiyoj tuzilmasida oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash ehtiyoji kiradi.
Iqtisodiy ehtiyojni ham ularni roʻyobga chiqaradigan subʼyektlariga qarab tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka, jamoa va ijtimoiy — umumiy ehtiyoj).
Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy ehtiyoj pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi . Ishlab chiqarish vaehtiyoj oʻrtasidagi teran ichki bogʻlanishlar ehtiyojlarning oʻsib borishi qonunida oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy ehtiyojdan tobora har tomonlama rivojlangan inson ehtiyojining shakllanishiga oʻtish tarixi tarzida qarash mumkin.
Insonning ehtiyojlari xilma-xil. U yashar ekan, ovqat eydi, kiyim-kechak kiyadi, bilimoladi, boshkalar bidan muloqotda bo’ladi, do’stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli shaklxususiyat, sifat, belgi, miqdor va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Har bir inson uchun o’zining qadr - qimmat o’lchovi mavjud Bir inson tomonidanqadrlangan,hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qandayahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ahamiyatiga ko’ra ehtiyojlarni tartibga solish u yoqdatursin, hamma insonlar uchun eng zarur bo’lganlarini ham sanab o’tish qiyin. Har bir inson uninguchun qaysi extiyojlar eng zarurligini o’zi belgilaydi.
XX asr ko’pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI asrga kelib axborotning ahamiyatiyanada ortdi.Axborotni biz turli-tuman manbalardan olamiz. Masalan: radio, televidenie, gazetava jurnal, kitob, global kompyuter tarmog’i internet kabilardan olamiz.Shu bilan birga«an’anaviy» axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-ona, qarindosh-urug’,do’st-birodarlar, qo’ni-qo’shni, tanishlar, tasodifiy uchrashgan odamlar va hokazo. Biz hardaqiqada yangi axborot olamiz.Bizni atrofimizni o’ragan olam tabiatni kuzatib yangi-yangima’lumotlar olamiz.Bizni organizmimiz axborot qabul qilishning doimiy manbai.Aynanaxborot bizni barcha ehtiyojlarimizni shakllantiradi.
Bizni barcha odatlarimiz, his-tuyg’ularimiz, bilim va hayot tajribamiz, u yoki bu narsagabaho berishimiz, avvaldan o’ylagan yoki beixtiyor hohish-istaklarimiz - barcha-barchasiningasosida his-tuyg’ularimiz, nerv tomirlarimiz orqali organizmimiz qabul qilgan axborot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi, mavjudlarini tubdan o’zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yoki natijasini ko’z o’ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan holdagi hatti-harakatini boshqarishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi,xizmatlar ko’rsatiladi. Ilgari bunday tovarlar bo’lmagani uchun ehtiyojlar ham bo’lmagan. Masalan: kompyuter, qo’l telefon va boshqalar.Avvaldan mavjud bo’lgan, lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqdayangi axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: an’anaviy oziq-ovqatmahsulotlari sabzavot, mevalardagi vitaminlar, turli moddalar yoki boshqa xususiyatlarito’g’risidagi yangi ma’lumotlar.
Kishining hayotida yangi vaziyat, yangi muammolarni paydo bo’lishi natijasida hamyangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: oilada farzand tug’ilishi natijasida chaqalok uchunzarur buyumlarga, kasal bo’lganda doriga, kasbini o’zgartirganda ish qurollariga va boshqalar. Xullas inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar vujudga keladi va doimo o’zgarib boradi.
Shunday qilib har bir kishi avval axborotga ega bo’ladi so’ngra shu axborotga qarab uyoki bu qarorga keladi.
Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo’lib, ularga turli jihatdan yondashish mumkin.Ko’pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko’ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germanning fikrigaasoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi ehtiyoj, qondirilishizarur va qondirilishi kechiktirsa bo’ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriyva kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga bo’ladi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi - eng zarurehtiyojlar, ikkilamchi - qondirilishi kechiktirsa bo’ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlargabo’linadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak vaboshqa shunga o’xshash ehtiyojlari, ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy, intellectualfaoliyati bilan bog’liq bo’lgan bilim olish, san’at, turli ko’ngil ochar tadbirlarga qatnashishehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli.Ular har-bir inson uchun individualbo’lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo’lsa, boshqasi uchun bundaybo’lmasligi mumkin.Birov uchun kiyim-kechakdan ko’ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchunaksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyoj hasham bo’lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyojbo’lish mumkin, yoki ma’lum vaqt o’tgach oddiy extiyojlarga aylanishi mumkin. Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har-xil guruhlarga ajratish mumkin:

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling