1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Ehtiyojlarning sub’ektlariga ko’ra


Download 1.34 Mb.
bet32/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

1.Ehtiyojlarning sub’ektlariga ko’ra:
individual, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlariga bo’linadi.
a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, sotsialkontaktda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga bo’lgan extiyojlar va boshqalarinio’z ichiga oladi.
b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari(mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritishjarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
v) Umum jamiyatehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, qolaversa yer shari miqyosidainsonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o’z ichiga birinchidan, barchaturdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatidayashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatniboshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa vaguruhlariga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo’ladi. Tabaqalanishdarajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi.
2.Ehtiyojlar ob’ektiga ko’ra: moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy ehtiyojlarga bo’linadi.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan.Ular tabiiyehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak,turar-joy, transport va hokazo kabi qator ehtiyojlardan iborat bo’lib, ularning qondirilishyashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega, masalan:oziq-ovqatga ehtiyoj, aniq: un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklgaega. Kiyimlarga bo’lgan ehtiyoj: tufli, paypoq, kastyum-shim, ko’ylak, palto, kurtka vaboshqalarga bo’lgan ehtiyoj tarzida yuzaga chiqadi.
Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar azaliy bo’lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida,tsivilizatsiya paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi.Jamiyat rivojlangan sari sotsial-ma’naviyehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi, hamda borgan sari yuksala boradi.Sotsial-ma’naviyehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo’lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi.
O’qituvchi, vrach, san’at arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib, inson axloqiy,ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlamakamol topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko’rinishga ega emas.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling