1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet33/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

3.Faoliyat yuritish sferasi jihatidan: mehnat qilish, muloqatda bo’lish, dam olish, ishqobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat yuritishga ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.
Mehnat ehtiyoji insoning o’zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi,chunki mehnatsiz nozu-ne’matlar yaratib bo’lmaydi, mehnatsiz inson shaxsi kamol topaolmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda mehnat qilish, ijod qobiliyati borligidan kelib chiqadi.Insonmehnatda o’z o’rnini topish, o’z qobiliyatini ishga solib, obro’-e’tibor qozonishga harakat qiladi.
Inson yashar ekan doimo boshqalar bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj sezadi.Shuning uchunham hayotimizda «Yolg’izlik xudoga xos» degan naql bor. Inson mehnat qilar ekan, albatta ishqobiliyatini tiklash uchun dam olishi, turli ko’ngil ochar tadbirlarda qatnashishi zarur.
4.Ehtiyojlarni qondirilishi jihatidan qarasak, ular yakka va birgalikda qondiriladiganehtiyojlarga bo’linadi. Har bir inson o’zining ehtiyojlarini bir qismini yakka tartibda, ikkinchiqismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagonao’lcham bilan yondoshib bo’lmaydi. Moddiyehtiyojlarning ko’pchiligi odatda yakka tartibdaqondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, sotsial- ma’naviy ehtijlar ko’prok birgalikdaqondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo’lgan ehtiyoj yakka tartibda,bilim olishga bo’lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.
5. Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko’zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy ehtiyojlarva ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo’lish mumkin. Boshqacha aytganda iste’mol tovarlari vaiqtisodiy resurslarga ehtiyoj. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo’lib, uning hayotkechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratilgan.Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa insonuchun bilvosita ehtiyojlar bo’lib, uning yordamida inson yashashi kamol topishi uchun zarurbo’lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur investitsion tovarlar yaratiladi.
Ehtiyojlar qanday guruhlarga bo’linmasin, qay jihatdanyondashilmasin, ular bir-biri bilan bog’lik, biri ikkinchisini taqozo qiladi, hamda yagonaumumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi.
Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator omillar ta’sirko’rsatadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling