1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


MDH mamlakatlaridagi iste'mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor


Download 1.34 Mb.
bet30/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

MDH mamlakatlaridagi iste'mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor
Rossiyada 1997 yildagi «Rossiya Federatsiyasidagi tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor to‘g‘risida» va 2012 yildagi «Umuman Rossiya Federatsiyasi bo‘yicha iste'mol savatchasi to‘g‘risida»gi qonunlar amal qiladi. RFda iste'mol savatchasi har 5 yilda belgilanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari uning yarmini (50%), nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar esa – har biri chorak qismini (25% + 25%) tashkil etadi. Ushbu mamlakat iste'mol savatchasi to‘plami hamda tovarlar va xizmatlar iste'moli normalarining aniq raqamlari bilan havola orqali o‘tib tanishish mumkin.
Qozog‘istonda oziq-ovqat savatchasi ilmiy asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari iste'molining fiziologik normalari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarga xarajatlarning qat'iy belgilangan ulushi minimal iste'mol savatchasi qiymatining 45%i miqdorida belgilanadi. Ya'ni qozog‘istonliklarning iste'mol savatchasidagi oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 55%ni tashkil etadi.
Quyidagi jadvalda MDHning ayrim mamlakatlaridagi tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor sharh e'lon qilingan kunda ushbu mamlakatlar valyutalarining rasmiy kursi bo‘yicha AQSh dollari ekvivalentida ko‘rsatilgan.

Jadvaldan ko‘ringanidek, mamlakatlar bo‘yicha raqamlar keskin farqlanadi. Bu nimadan dalolat beradi? Iste'mol savatchasi insonning iste'mol tovarlari va xizmatlarga minimal xarajatlaridan tashkil topishi sababli ularning narxlari alohida olingan mamlakat aholisining turmush kechirish qiymatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Shu tariqa, tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorning yuqoriligi – dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kommunal xizmatlar va boshqalarning qimmatligidan dalolat.


Bundan tashqari, turli ijtimoiy va yosh guruhlarining ehtiyojlari har xil bo‘ladi. Keltirilgan jadval pensionerlarning tirikchiligi uchun zarur eng kam miqdor, masalan, mehnatga layoqatli aholinikiga qaraganda kamligini yaqqol namoyish etmoqda. 
Iste'mol savatchasi tarkibiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling