1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet38/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Ish vaqtiishlab chiqarish, jamiyatning moddiy boyliklarini yaratish, shaxsiy moddiy ehtiyojini qondirish uchun sarf bo‘ladigan vaqt miqdori. Bunday mehnatning maqsadi faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish bo‘lib qolmay, balki jamiyat boyligini rivojlantirish, mamlakat moddiy texnika bazasini mustahkamlashdan iboratdir. Ish vaqti yillik vaqt byudjetining o‘rta hisobda 17% ni tashkil qiladi.
Ishdan tashqari vaqt deganda, belgilangan ijtimoiy foydali mehnat vaqtidan tashqari inson hayoti–turmushi uchun zaruriy vaqt ham va dam olish uchun zarur bo‘lgan bo‘sh vaqt ham tushuniladi.
Zaruriy vaqt —inson hayoti va turmushi ehtiyojlarini qondirish uchun kerakli damlar. Uni taxminan quyidagi qismlarga bo‘lish mumkin: a) mehnat jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan tushki tanaffus, ishga borish va kelish uchun sarflanadigan vaqt; b) oila ehtiyoji uchun, bolalar tarbiyasi, ovqat tayyorlash, bozor qilish, do‘konlardan kerakli buyumlarni sotib olish, uy jihozlarini, kiyimlarni tartibga keltirishga keta­digan vaqt; v) fiziologik ehtiyojlar, ovqatlanish, gigiena va uxlash uchun sarflanadigan vaqt.
Bo‘sh vaqtdam olish, charchoqni chiqarish, ma'naviy va jismoniy ravnaq topish uchun sarflanadigan vaqt. Undan qanday foydalanish har kimning o‘z ixtiyorida bo‘ladi. Bo‘sh vaqtda bilim va malaka oshirish, ijtimoiy–siyosiy faoliyat, sport va havaskorlik ijodi bilan shug‘ullanish, madaniy dam olish, sayr qilish kabi ko‘plab faoliyatlar bilan shug‘ullanish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, ishdan tashqari zaruriy va bo‘sh vaqtlar o‘rtasiga chegara qo‘yish, uning aniq miqdorini belgilash juda qiyin. Shunday bo‘lsada, haftalik vaqt byudjeti 168 soatdan iborat bo‘lsa, uning taxminan 40 soati ish vaqti, 50 soati uyqu bilan o‘tar ekan, 34 soati bo‘sh vaqt bo‘lar ekan, 44 soatdan ortig‘i zaruriy yumushlar, maishiy ehtiyojni qondirish ishlari va hokazolarga ketar ekan.
Agar kishilarning kundalik (24 soat) umumiy vaqt byud­jetini 4 qismga bo‘lsak, uning bir qismini — ish vaqti (7–8 soat), ikkinchi qismini — bo‘sh vaqt (4–5 soat), uchinchi qismini — uyqu (7–8 soat), qolgan qismini boshqa zaruriy faoliyatlar — ishga borish uchun transportda, piyoda yurish va hokazolar (4–5 soat) tashkil qilar ekan.
Sotsiologlarning hisobicha, haftada shaharliklarning bo‘sh vaqti 34–36 soatga, qishloq joylardagi mehnatkashlarning bo‘sh vaqti esa 28–32 soatga to‘g‘ri kelardi. Shaharliklarning bo‘sh vaqti deyarli ularning asosiy ish vaqtiga teng kelib, yiliga taxminan 1700 soatni tashkil qiladi. Bo‘sh vaqt yillik vaqt byudjetining taxminan 17–19%ga teng ekanligi namoyon bo‘ladi. Bo‘sh vaqt miqdoriga ko‘ra dam olish vaqti quyida­gilarga, ya'ni kundalik dam olish, haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari va yillik dam olishlarga bo‘linadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling