1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet37/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzubo’yichasavolvatopshiriqlar.

  1. Oilabudjetininimalartashkilqiladi?

  2. Shaxsiygigiyenaningtarkibiyqismlarinimalardaniborat?

3. Turmush madaniyatining moddiy asoslarinisanabbering?

16-Mavzu:
Turmush madaniyatining ma'naviy asoslarini mustaxkamlashda bo’sh vaqtdan oq ilona foydalanishning o’rni va ahamyati.
Reja:

  1. Bo‘sh vaqt va madaniy dam olishning ilmiy asoslari.

  2. Vaqt byudjeti. Bo‘sh vaqt tushunchasi

  3. Madaniy dam olish omillari, imkoniyatlari, darajalari, yo‘nalishlari.

  4. Bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish .



Tayanch so‘z va iboralar: ish vaqti, bo‘sh vaqt, zaruriy vaqt, xaftalik dam olish vaqti, yillik dam olish vaqti, dam oluvchilarning tiplari, bo‘sh vaqt tashkil etish turkumlari

Insonning mehnat qilishi, biror faoliyat bilan shug‘ullanishi qanchalik zarurat bo‘lsa, uning jismoniy va ruhiy charchog‘ini yozishi, dam olishi, madaniy hordiq chiqarishi ham shunchalik tabiiy ehtiyojdir. Abadiy, uzluksiz ishlaydigan biror uskuna yoki mexanizm bo‘lmaganidek, dam olmasdan, beto‘xtov faoliyat yuritadigan odamning bo‘lishi ham mumkin emas. Mehnat qilish, jismoniy va aqliy zo‘riqish darajasi bilan dam olish, hordiq chiqarish o‘rtasidagi mutanosibdikning saqlanishi kishining sog‘lom faoliyat yuritishi, ishining samarali bo‘lishi garovidir.


Jamiyat va inson hayotida bo‘sh vaqtning o‘rni va ahamiyati muammosi bilan XVI asrdayoq ingliz faylasufi Tomas Mor shug‘ullanib, o‘zining “Utopiya” nomli asarida bu ijtimoiy hodisaning mazmun-mohiyatini ochib bergan. Keyinchalik italyan faylasufi Tommazo Kampanella “Quyosh shahri”, ingliz olimi Frensis Bekon “Yangi Atlantida” nomli kitoblarida T.Mor fikrlarini qo‘llab-quvvatlagan. Yangi davrda jahondagi ko‘pgina faylasuf va sotsiologlar bo‘sh vaqt fenomeni bilan shug‘ullanishgan.
Odatda kishi bo‘sh vaqtida dam oladi, turli xil madaniy-hordiqiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi va charchoqlardan xoli bo‘lib, o‘zini yangi mehnat jarayoniga hozirlaydi.
Demak, har bir shaxsning ish vaqtidan so‘ng hordiq chiqarishi, jismoniy va ma'naviy jihatdan rivojlanishi, o‘z qiziqishlari bo‘yicha foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi uchun qanchalik mig‘dorda bo‘sh vaqt imkoniyati yaratib berilganligi jamiyatning insonparvarligidan, unda adolat qoidalarining ustuvorligidan dalolat beradi.
Istiqlol tufayli asriy orzulari ro‘yobga chiqqan xalqimizning hayotida ishdan, o‘qishdan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazishga ehtiyoj kuchaydi. Shuning uchun mamlakatimizda aholini keng ko‘lamda sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi hamda ularning bugungi tezkor va fan-texnika misli ko‘rilmagan darajada rivojlangan XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan, har tomonlama barkamol shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.
Odatda, kishining vaqtini ikkiga — ish vaqtivaishdan tashqari vaqtga bo‘lishadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling