1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet46/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Dastlabki bosqich – oilaning tashkil bo‘lish davrini o‘z ichiga olib, bu davrda oilada er-xotin o‘rtasida yangi munosabatlar shakllanadi. Bu o‘ziga xos turli oilalarda tarbiyalangan va turlicha tabiatlarga ega bo‘lgan kishilarning bir-biriga moslashish davri bo‘lib, o‘rtacha bir yilgacha davom etadi. Bu davrda oilaviy moddiy sharoitlar, uy-joy va ruhiy mikroiqlim yaratiladi. Oila sog‘lom turmush tarzini shakllantirish “maydonchasi” bo‘lib, har bir insonning dastlabki gigiyenik ko‘nikmalarga o‘rganishi, undagi turmush madaniyatiga bo‘lgan dunyoqarashning shakllanishi aynan oiladan boshlanadi.
Ikkinchi bosqichda uy-joy sharoitlarini yaratish davom ettirilishi bilan bir qatorda oilada bolalarning tug‘ilishi va ularning dastlabki tarbiyasi masalalari kun tartibiga chiqadi. Odatda oilalar yanada mustahkamlanish davrini o‘taydi. Bu davrda er-xotinning bir-biriga nisbatan hurmatda bo‘lishi, qo‘llab-quvvatlashi, xalq maqollarining birida aytilganidek “er xotin qo‘sh ho‘kiz” qabilida ish tutilishi, oilani yanada mustahkamlaydi, bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oilaning rivojlanishdagi uchinchi bosqich – bu oilaning barqarorlashuvi bo‘lib, bunda odatda oilaning moddiy sharoitlari asosan yaratilgan bo‘ladi, er-xotin e’tibori joriy masalalarga qaratiladi. Er- xotin bir-birini yaxshi o‘rganganligi tufayli vujudga kelgan totuvlik oilada bola tarbiyasiga ham, oila jipsligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oila rivojlanishining so‘nggi bosqichi oilaning sekin-asta so‘na borishi va uning tugashi bilan tavsiflanadi. Bolalarning mustaqil oila qurib chiqib ketishi bilan yoki bir hovlida yashasalarda har qaysining o‘z hayoti, o‘z muammolari bilan band bo‘lib qolishi tufayli er-xotinning yolg‘izlanib, o‘z salomatligi masalalari bilan shug‘ullanishi, bir-biridan birmuncha uzoqlashuvi kuzatiladi. Bu davrda oila butun bo‘lgan taqdirda er-xotin bir-biriga yordamlashib, keksalik gashtini surishi, unga moslashishi lozim. Er-xotinlardan birining hayotdan ko‘z yumishi bilan oila barham topadi. Bu yerdagi hayot jarayonining qonuniy yakuni bo‘lib, o‘z hayotini davom ettirayotgan turmush o‘rtog‘i uni to‘g‘ri baholay bilishi, turmush o‘rtog‘ining o‘limi uni cho‘chitmasligi lozim. Turmush madaniyati inson umrini uzaytirib, o‘limni orqaga surishi tufayli oilalardagi er-xotinlarning birgalikda uzoq umr ko‘rishiga – “qo‘sha qarishiga” olib keladi. Zero, turmush madaniyati – faqat sog‘lom oilada osoyishta kechishi va o‘z me’yoriga yetishi mumkin. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqin kishilarining, qo‘ni-qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.
Oilada turmush madaniyatini shakllantirishga bo‘lgan harakat homiladorlik davridan boshlanishi lozim. Homilador ayol sifatli ovqatlanishi, me’yoriy kun tartibiga rioya qilishi, zarur bo‘lib qolganda dori-darmonlarni faqat vrachning ruxsati bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Bola tug‘ilgach, uni ko‘krak suti bilan ovqatlantirish, yoshiga qarab yog‘li, qiyin hazm bo‘ladigan ovqatlarni bermaslik zarur. Tibbiy tarbiya jarayonida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni bolaga bir yoshga to‘lgandan boshlab singdirib borish kerak. Bolalar ota-ona va atrofdagilarga taqlid qilishini hisobga olib, ularning o‘zlari sog‘lom turmush qoidalariga rioya qilishlari o‘ta muhimdir. Turmush madaniyati dastlab oilada shakllanadi, murg‘ak bolada, farzandlarimizda, barcha boshqa ijobiy xususiyatlar qatorida turmush madaniyatida yashash kurtaklarining qanot yoyishiga yordamlashimiz kerak. Ota va onaning vazifasi ushbu kurtaklarni rivojlantirish, yaxshilarni qo‘llash, yomonlarini taqiqlash orqali mukammal turmush madaniyatiga ega bo‘lgan chinakam insonlarni tarbiyalashdir. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deyiladi xalq maqollaridan birida. Bola yaxshiga ham, yomonga ham taqlid qiladi. Yaxshini yaxshi, yomonni yomon. Iflosni iflos, tozani toza deyish orqali bolaning ongida turmush madaniyati kurtaklarini parvarish qilish bu sohada qilinadigan ishlarimizning boshlanishidir.
Bolalarda turmush madaniyatini shakllantirish asosida shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni ularning ongiga singdirish, sovun, tish cho‘tkasi va pastasi, sochiqdan foydalanish singari ko‘nikmalarni o‘rgatib borish yotadi. Oila a’zolari o‘rtasida ijobiy ruhiy mikroiqlim yaratish, o‘zaro hurmat, g‘amxo‘rlik, kechirimlilik kabi xislatlarni shakllantirish, madaniy hordiq chiqarish, musiqa tinglashni o‘rganish, kelishilgan turmush tartibi, yashash xonalari estetikasi, tozalik, gullar bilan bezash, toza havo, xonalar yorug‘ligi kabilar oilada turmush madaniyatini shakllantirishning asosiy shartlari hisoblanadi. Jamiyatdagi mavjud siyosiy va iqtisodiy vaziyat, o‘z navbatida xalqning turmush darajasida, oilalarning farovonligida o‘z aksini topadi. Rivojlangan mamlakatlarga xos yuksak madaniyatni uning tarkibiy qismi bo‘lgan sanitariya madaniyatini, shuningdek aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirishda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Turmush madaniyatini shakllantirishdek murakkab vazifalarni oilalarni har tomonlama mustahkamlamasdan, ularning turmush sharoitlarini yuqori pog‘onaga ko‘tarmasdan bajarib bo‘lmaydi. Oila insonlar hamjihatligi va turmushini tashkil etishning birlamchi shakli bo‘lib, oilaviy munosabatlar, turmushda tarkib topgan va jamiki munosabatlarning bir qismidir. Oilalarning rivojlanishi jamiyat rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Oila – nikohga va qon-qarindoshlikka asoslangan hamda tarixan shakllangan ijtimoiy guruh bo‘lib, oila a’zolari o‘zlariga jamiyat tomonidan yuklatilgan qator vazifalarni bajarishga mas’uldirlar. Bu vazifalar qatoriga dastlab farzandlar tarbiyasi, uy-joy va yashash sharoitlarini yaratish, keksalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kabilar kiradi.
Nikoh er-xotin zimmasiga tarixiy shakllangan munosabatlar doirasida oilaning vazifalari bilan bog‘liq huquq va mas’uliyatlarni yuklaydi. Shu sababli jamiyat – oila va nikoh munosabatlarini tartibga solib turishdan manfaatdordir. Odamlarning turmushi ularning kundalik yashash tarzi, ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish usuli va shakllantirishning yig‘indisi bo‘libgina qolmay, shuningdek, urf-odatlari, hamjihat bo‘lib yashash tartib qoidalari majmuasi hamdir. Oilada odamlar moddiy va ma’naviy boyliklardan bahramand bo‘lishadi, farzandlarini tarbiyalaydi, qon-qarindoshlar bilan munosabatda bo‘ladi, bo‘sh vaqtini o‘tkazadi, mehnat qilish uchun kuch to‘playdi. Odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar jarayonida ularda estetik did va odatlar, o‘zini tutish madaniyati, inson xarakteri, shuningdek turmush madaniyati shakllanadi. Shu sababdan, turmushning qoniqarsiz ahvoli insonlarning mehnat faoliyatida, salomatligini mustahkamlashda, shaxsning har taraflama rivojlanishida o‘zining salbiy ifodasini topadi.
Odamlarning turmushidagi o‘zgarishlar jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o‘zgarishlardan ma’lum darajada orqada qoladi. Ishlab chiqarishga nisbatan turmush sekinlik bilan o‘zgaradi va o‘zida eskilik sarqitlarini, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan urf-odatlarni uzoq vaqt saqlaydi. Odamlarning turmush sharoitlarini o‘zgartirish ularning turmush madaniyatida yashashga o‘tishini tezlashtiradi. Biroq turmush sharoitlari o‘z-o‘zidan izga tushib ketavermaydi.
Respublikamiz aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida keyingi yillarda katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, shahar va qishloqlarni gazlashtirish, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida qishloq vrachlik punktlarini qurish, kollejlar qurish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uni himoyalash, fermerlik harakatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma korxonalar qurish kabi katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqdaki, bularning hammasi qishloqlarimizning ko‘rkini o‘zgarishiga, qishloq aholisining turmushini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardir.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling