1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Giyohvandlik va uning xavfli oqibatlari


Download 1.34 Mb.
bet44/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Giyohvandlik va uning xavfli oqibatlari

Zararli odatlar orasida inson salomatligi va uning taqdiri uchun ham, jamiyat uchun ham eng xavflisi – bu giyohvandlikdir.


Giyohvandlik deganda – inson organizmining narkotik va psixotrop moddalarni muttasil ravishda oshib boruvchi miqdorini qabul qilishga moyillikning shakllanishi bilan bog‘liq og‘ir kasalliklar guruhining rivojlanishi tushuniladi. Giyohvandlik – inson shaxsining va ruhiy holatining chuqur o‘zgarishiga, shuningdek, tana ichki a’zolari faoliyatinnig jiddiy zaharlanishiga olib keladi. Giyohvandlik narkotik xususiyatga ega bo‘lgan va qonun bilan taqiqlangan kimyoviy narkotik moddalarni yoki dori-darmonlarni iste’mol qilish natijasida ham shakllanadi.
Odamlarni giyohvand moddalarni iste’mol qilishga undaydigan asosiy vaj, ularning bunday narkotik moddalar tomonidan chiqariladigan subyektiv yoqimli kechinmalarini takroriy ravishda his qilishga bo‘lgan intilishdir. Har bir giyohvand o‘z xohish-irodasi bilan yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda, o‘zining kayfiyatini ko‘tarish, emotsional holatini yaxshilash uchun haddan tashqari kuchli ehtiyoj sezadi. Giyohvand moddalarni dastlabki paytda iste’mol qilishdan maqsad odamlarning o‘zlarini bezovta qilayotgan hislardan – charchoqlik va hayotdan qoniqmaslik, shuningdek ruhiy qashshoqlik, diqqinafaslik kabi hissiyotlar iskanjasidan, vaqtinchalik bo‘lsa ham, qutulishdir.
Umuman olganda, har bir inson o‘z hayotidan qoniqish hosil qilib, ijobiy sezgilar og‘ushida yashashga intilishi tushunarli va tabiiy holdir. Biroq, bunday ijobiy hissiyotlarni sezishga erishish, qoniqish hosil qilish, hayotda osonlikcha erishib bo‘lmaydigan, katta hajmdagi, murakkab ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘z oldiga qo‘yilgan qiyin vazifaga erishish uchun tinimsiz mehnat qilishni talab etadigan jarayondir. Hayotda hamma ham birdek bunday sharafga muyassar bo‘la olmaydi. Oqibatda o‘z irodasini boshqara olmaydigan ayrim kishilar hayotdan qoniqish hosil qilish, shirin xayollar og‘ushida o‘z tanalarini yayratishning oson yo‘lini axtaradilar. Bu yo‘l giyohvandlikka ruju qo‘yish yo‘lidir. Giyohvandlikka olib keluvchi omillar qatorida: ayrim odamlarga xos irodasizlik, shuningdek, o‘zining nuqsonli tabiati, qobiliyatsizligi tufayli odamlar o‘rtasida muloqot o‘rnata olmasligi kabi salbiy ta’sirlardan qutulishga intilish singari holatlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. O‘smirlarda esa giyohvand moddalarini iste’mol qiluvchi kattalarga taqlid qilishga moyillik, giyohvand moddalarning “mo‘jizali ta’siriga” ishonuvchanlik, ko‘pchilikning irodasiga so‘zsiz bo‘ysunish kabi xususiyatlari, ularning ushbu og‘u tuzog‘iga tushib qolishiga sabab bo‘ladi. Giyohvandlar narkotik moddalarga nisbatan dastlab ruhiy, so‘ngra jismonan bog‘lanib qoladilar.
Ruhiy bog‘lanish deganda insonning giyohvand moddalar ta’sirida dastlab his etgan yoqimli sezgi va kechinmalarini yana qaytadan his etishga intilish tushuniladi. Ana shu dastlabki bosqichdayoq organizmning talabini u yoki bu sabablarga ko‘ra qondirmaslik bemor kayfiyatining buzilishi, Ya’ni depressiya holatini keltirib chiqaradi va unda narkotik moddaga nisbatan bog‘lanish paydo bo‘la boshlaydi. Bu bosqichda nevroz alomatlari ko‘zga tashlanib, jahlning tez chiqishi, charchash, fikrning tarqoqligi, sezuvchanlikning ortishi, vegetativ asab tizimi faoliyati buzilishi belgilari paydo bo‘ladi.
Giyohvandlik uchta bosqichda shakllanadi:
Dastlabki bosqichda bir necha bor giyohvand moddasini iste’mol qilgandan so‘ng bunday moddalarga nisbatan ruhiy bog‘lanish paydo bo‘ladi. Bu bosqichda hali abstinent sindromi yo‘q, jismoniy bog‘lanish shakllanmagan. Giyohvand modda kayfiyatni yaxshilash uchun iste’mol qilinadi. Ikkinchi bosqichda giyohvand moddani iste’mol qilish davom ettirilganda unga nisbatan jismoniy bog‘lanish paydo bo‘ladi. Bunday kishilar uchun giyohvand moddaning navbatdagi dozasini o‘z vaqtida qabul qilmaslik kishi organizmida inson uchun o‘ta azobli giyohvandlik kasalligi belgilari paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday azob-uqubatlardan xalos bo‘lish uchun bemorlar har qanday yo‘l bilan – o‘g‘rilik, jinoyatga qo‘l urish va shu kabi yo‘llar bilan giyohvand moddani topishga va iste’mol qilishga majbur bo‘ladilar. Uchinchi bosqichda inson organizmida organik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, inson ruhan va jismonan shaxs sifatida to‘la yemiriladi, oxir oqibatda esa halok bo‘ladi. Giyohvand moddalarga nisbatan jismoniy bog‘lanish deganda – narkotik moddalarni iste’mol qilish to‘xtatilganda organizmda jadal ravishda jismoniy buzilish alomatlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘langan (buning sababi - giyohvand moddalar organizmning modda almashinuv jarayonlari bilan chambarchas bog‘lanib ketganligidir) abstinent sindromining shakllanishi tushuniladi va bu sindrom faqat narkotik moddalarning navbatdagi oshirilgan miqdorini kiritish bilan to‘xtatiladi. Jismoniy bog‘lanish bemorda ruhiy buzilishlar, vegetosomatik va nevrologik buzilishlar alomatlari bilan tavsiflanadi. Opiy moddasiga nisbatan jismoniy bog‘lanish, hatto uni bir-ikki marta qabul qilish bilan shakllanib ulguradi. Navbatdagi dozani olmaslik natijasida bemorning butun tanasida “sinish” alomatlari paydo bo‘ladi. Bu alomatlarga mushaklarda kuchli og‘riq va tortilish, kuchli terlash, yurak tez urishi, qon bosimi pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketish, nafas qisish, ko‘karish kabilar kiradi. Bunday holatlarning paydo bo‘lishi bemorlar uchun katta xavf tug‘dirib, tezda tibbiy yordam ko‘rsatilmasa o‘lim bilan tugashi mumkin. Bemorlar o‘zlaridagi bunday holatlarni narkotik moddaning navbatdagi dozasini kiritishi bilan “davolaydi”. O‘zlarini bunday holatdan chiqarish uchun bemorlar narkotik moddalarni topish maqsadida o‘g‘rilik va jinoyatga qo‘l uradilar. Giyohvand moddalarni muttasil iste’mol qilish inson shaxsini qashshoqlashtiradi, irodasini bo‘shashtiradi, mehnat qilish qobiliyatini pasaytiradi. Giyohvand moddalar ta’sirida asab tizimi hujayralari halok bo‘ladi, organizmning immun himoya xususiyati pasayadi, yomon sifatli o‘smalar (rak) o‘sishi faollashadi. Insonning umri qisqaradi. Bunday insonlar bevaqt o‘limga mahkumdirlar. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish inson shaxsining yemirilishiga olib keladi, shaxsning jamiyat bilan aloqasi buzilib, turmushda va jamiyatda axloqiy nopokliklarga yo‘l beradi, jinoyatlarning o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Giyohvandlar – o‘ta xavfli kasallik bo‘lgan OITS (SPID) kasalligini tarqatuvchi asosiy manbaga aylanib qoladi. Giyohvand moddalarning iste’mol qiluvchilar jamiyat uchun ham, o‘z shaxsi – Men uchun ham yo‘qotilgan deb hisoblanadi, bundaylarning kelajagi yo‘q. Agarda jamiyatda ularning soni ko‘payib ketsa, jamiyatning ham kelajagi yo‘qolib inqirozga yuz tutadi. Giyohvandlikning barcha turlari shaxsning har taraflama rivojlanishi, o‘zligini anglashi uchun, o‘tib bo‘lmaydigan to‘siq bo‘lib hisoblanadi. Giyohvandlik girdobiga tortilgan kishilar bilan adolatli jamiyatni qurib bo‘lmaydi. Bunday bemorlarning yashashdan bosh maqsadi – o‘zining barcha imkoniyatlarini faqat giyohvand moddasini topishga qaratishdan iborat bo‘lib qoladi. Barcha giyohvandlar faqat o‘z maqsadini ko‘zlab ish tutadigan va yolg‘on so‘zlaydigan bo‘lib qoladi, ularda samimiylik xususiyati yo‘qoladi. Ular axloqiy xususiyatlarini yo‘qotib qolmasdan, balki tubanlikka yuz tutib, o‘zining yurishiga, turishiga, kiyinishiga e’tibor bermay qo‘yadilar, o‘zlarining kasb xususiyatlarini yo‘qota boshlaydi. Bunday kishilar vijdonini ham yo‘qotadilar. O‘zlarinnig yashash tarzlarining noto‘g‘ri ekanligini bilgani holda atrofdagilarni ham shunday yashashga unday boshlaydilar. Tovlamachilik, yolg‘on so‘zlash kabi axloqiy buzilish belgilari kundalik hayotining mazmuniga aylanib qoladi. Giyohvandlar mast holatga tushib qolganlarida sergap, serharakat, hazil-mutoyibaga moyillik, ko‘tarinki kayfiyat, atrofdagilar bilan so‘zlashishga intilish kabi xususiyatlarini namoyon qiladi. Giyohvand moddaning dozasi oshib ketganda organizmning zaharlanishi oqibatda ruhiy buzilishlar sodir bo‘lishi mumkin. Giyohvandlikka qarshi kurash: giyohvand moddalarni iste’mol qilishni man etuvchi, tarkibida giyohvand moddalari bo‘lgan o‘simmlik turlarini o‘stirishni taqiqlash, giyohvandlarni o‘z vaqtida topib olish ishiga keng jamoatchilikni jalb qilish, davlat chegaralari orqali giyohvand moddalarni olib o‘tishga to‘siq yaratish, giyohvandlarni davolash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan olib boriladi.
Zararli odatlarning hammasi inson va jamiyat hayoti uchun xavfli bo‘lsa-da, ular ichida o‘ta xavflisi giyohvandlik hisoblanadi. Shuning uchun ham jahon bo‘yicha bu illatga qarshi qattiq kurash ketmoqda. Mamlakatimizda ham giyohvandlikka qarshi muntazam va tizimli kurash olib borilmoqda. Huquqiy nuqtai nazardan uning mustahkam va aniq asoslari yaratilgan. Jumladan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar. 270-modda. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish. Taqiqlangan ekinlarni, Ya’ni ko‘knori yoki moyli ko‘knori, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psioxotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekash eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadilar.
Ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bilan qonunga xilof ravishda muoamala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan: Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘rtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravar miqdorida jarima yoki olti yilgacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakat: o‘ta xavfli retsidivist tomonidan: uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab: katta ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa mol-mulki musodara qilinib, besh yildan o‘n beshgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Giyohvandlik vositalari yoki moddalarni qonunga xilof ravishda, o‘g‘irlik yoki firibgarlik yo‘li bilan egallash uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud mol-mulki musodara qilinib yoki musodara qilinmay besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakat: ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan: Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib: o‘zlashtirish yoki rastrata (isrof) qilish yo‘li bilan; talonchilik yo‘li bilan: mansab mavqeini suiste’mol qilib: ta’magirlik yo‘li bilan; mol-mulki musodara qilinib, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘ta xavfli retsidivist tomonidan: uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab: Bosiqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, mol-mulki musodara qilinib, yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
272-modda. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish (sotish). Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish (sotish) mol-mulki musodara qilinib besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Giyohvandlik vositalari yoki psixtrop moddalarni ozginadan ko‘proq miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish (sotish) mol-mulki musodara qilinib, o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi bilan jazolanadi. 273-modda. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish (sotish) maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlab, egallash, saqlash va boshqa harakatlar. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish (sotish) maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash, tashish yoki jo‘natish olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan ko‘proq miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, mol-mulki musodara qilinib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar sodir etgan shaxs tomonidan: bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib: ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash joylarida: o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, talabalar o‘quv joyi yoki jamoat tadbirlarini o‘tkazadigan boshqa joylarda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, mol-mulki musodara qilinib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ko‘rinib turibdiki, giyohvandlikning eng xavfli odat ekanligidan kelib chiqib, unga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari ham juda og‘irdir. Har bir insonning yuqorida ta’kidlangan zararli odatlardan uzoq bo‘lishi uning o‘z tafakkuri va irodasi bilan bog‘liqdir. Bunday xavfli odatlardan saqlanishdan tashqari unga qarshi kurashish ham jamiyatda turmush madaniyatining shakllanishiga yordam beradi.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling