1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet52/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

  1. Tibbiy faollik deganda nimani tushunasiz?

  2. Aholining tibbiy madaniy va tibbiy savodxonligini oshirishdagi 3 ta yo‘nalish haqida ma’lumot bering?

  3. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

5.3. Aholi turmush madaniyatini yuksaltirishni boshqarish

Respublika aholisi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish masalasi faqatgina sog‘liqni saqlash tashkilotlari va davolash-profilaktika muassasalari imkoniyatlari darajasida amalga oshirish mumkin bo‘lgan masalalar qatoriga kirmasdan, balki jamiyatning barcha intellektual potensialini safarbar qilishni, moddiy va ma’naviy imkoniyatlarini ishga solishni talab qiladigan hamda xalq ommasining keng qatlamlari ishtirokida muttasil ravishda olib boriladigan hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari, xususiy korxonalar ishtirokida, shuningdek, davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari darajasida faol boshqarishni talab qiladigan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va tibbiy muammodir.
Aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish murakkab va ko‘p qirrali muammo ekanligi va uni faqat ma’ruzalar o‘qish, suhbatlar o‘tkazish orqali shakllantirib bo‘lmasligi haqida yuqoridagi boblarda bir necha bor ta’kidlanib, muammoning faqat tibbiy muammo emasligi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy tomonlari mavjud ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining Salomatlik instituti va uning viloyat filiallari, tuman (shahar) salomatlik markazlari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning shtablariga aylanib borayotganligini ijobiy hodisa sifatida ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va yirik shaharlardagi sog‘liqni saqlash bo‘limlariga va tuman markaziy shifoxonalari tomonidan aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish taktikasini, qo‘yilgan umumstrategik vazifalarni uyg‘unlashtirgan holda amalga oshirish va shu maqsadda ixtiyoridagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, moliyaviy texnikaviy resurslarni ishga solish, kuchlarni zaruriyatga qarab guruhlash, qoloq hududlarni ko‘proq qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari faoliyati ustidan nazorat qilib borish qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajarishga yordam beradi.
Markaziy tuman shifoxonalari va markaziy shahar shifoxonalariga, hududiy poliklinikalar, shifoxonalar, qishloq vrachlik punktlari va boshqa birlamchi bo‘g‘in muassasalarining aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish borasida kundalik faoliyatlarini hokimliklar qoshidagi doimiy harakatdagi mintaqaviy komissiyalar bilan hamkorlikda ishlashini ta’minlash, tibbiy-ijtimoiy brigadalarning samarali ishlashlarini ta’minlash, shubhasiz, yaqin kelajakda o‘zining ijobiy natijasini beradi.
Aholi o‘rtasida turmush madaniyatini shakllantirish bo‘yicha butun sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan va yuqorida aytib o‘tilgan vazifalarni bajarish barcha bo‘g‘indagi sog‘liqni saqlash tashkilotlari, davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini boshqarishga ilmiy asosda yondashishni, boshqaruv apparatining ishini uning oldida turgan vazifalarga mos holda to‘g‘ri tashkil qilishni taqozo qiladi. Shu boisdan biz, avvalo, boshqaruv haqidagi eng muhim tushunchalarni o‘zlashtirib olishimiz axborotlar bilan ishlay bilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, mehnat jamoalarining ushbu qarorlar va buyruqlarni bajarish borasidagi ishlarini tashkil etishni, qabul qilingan qarorlarimizning bajarilishini nazorat qilishni o‘rganishimiz lozim.
Boshqarish deganda – tizimning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olish uchun qodir holatga o‘tkazish tushuniladi yoki boshqacha qilib aytganda boshqaruv deb, tizimni zarur bo‘lgan yangi holatga almashtirish uchun muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazishni tashkil qilish va uni amalga oshirish tushuniladi.
Boshqarish – bu boshqarish obyektlariga ta’sir o‘tkazish va uning oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish demakdir. Boshqarish jarayoni deganda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan axborotlarni to‘plash, mantiqiy fikrlash, hisoblash va tashkilotchilik xarakteriga ega bo‘lgan operatsiyalar majmuasi tushunilib, ular ma’lum bir texnologiya asosida turli usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
“Boshqaruvning oltin qoidasi” yoki oltin xalqasi.
Har qanday boshqaruv jarayoni quyidagi to‘rtta bir-biri bilan bog‘langan bosqichlardan iborat bo‘ladi. Bu bosqichlarning boshqaruv jarayonida tutgan muhim o‘rnini hisobga olib, ularni birgalikda “boshqaruvning oltin qoidasi” yoki “oltin xalqasi” deb atash mumkin. Boshqaruv jarayonidagi tasvirlab o‘tilgan to‘rtta bosqichdan birortasi tushib qolgudek bo‘lsa, boshqaruv jarayonidagi yopiq sikl ishlamaydi va bu boshqaruv to‘xtab qolganligini bildiradi. Shu sababdan tizimda parchalanish yuz beradi, tizim izdan chiqib ketadi.
Turmush madaniyatini shakllantirish boshqarishning oltin qoidasi quyidagicha ta’riflanadi:
Boshqaruvning oltin qoidasi faqat shunday sharoitdagina amal qiladiki, bunda tizimda muttasil ravishda kelib ketuvchi axborotlar oqimiga asoslangan boshqaruv qarorlari qabul qilinishi, ushbu qarorlar tartibga soluvchi tadbirlar bilan doimiy ravishda izga solib borilishi, qarorlarning bajarilishi ustidan samarali nazorat o‘rnatilishi lozim, aks holda boshqaruv jarayonining uzluksizligidan iborat “oltin xalqa” uziladi, qaror va buyruqlar o‘z ta’sir kuchini to‘xtatadi, tizim esa parchalanib ketadi.
Har bir rahbar kecha-yu-kunduz boshqaruv jarayonlarining uyg‘unlashgan majmuasidan iborat “oltin xalqani” o‘z yodlarida tutishlari va uning butunligini, uzluksizligini ta’minlashlari lozim.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling