1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet50/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

  1. 2000 yil 15 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod davlat Dasturi to‘g‘risida”gi Qarori haqida nimalarni bilasiz?

  2. “Salomatlik” markazlarining vazifalarini sanab bering?

  3. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilish bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?



V BOB. TURMUSH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI


5.1. Turmush madaniyatini yuksaltirish
tamoyillari va mexanizmlari

Turmush madaniyatini yuksaltirish jarayoni keng qo‘lamli va ko‘p muammoli jarayon bo‘lganligi tufayli, uni amalga oshirishda, hayotiy va tarixiy sinovlardan o‘tgan qator tamoyillarga amal qilish, shubhasiiz uning samaradorligini oshirishga olib keladi. Keyingi yillarda respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va sog‘lom avlod davlat dasturlarida, shuningdek bolalar sportinii rivojlantirish, aholini ommaviy sport mashg‘ulotlariga jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ayollar va o‘sib kelayotgan avlod salomatligini mustahkamlash, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash borasida chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida respublikamiz aholisi o‘rtasida turmush madaniyatini yuksaltirish tamoyillari va mexaniizmlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Bu tamoyillar va mexanizmlar qatoriga:


turmush madaniyatini yuksaltirishda milliy g‘oyani odamlar ongiga singdiriish jarayoni bilan birga turmush madaniyatida yashashni xalqimizning milliy g‘ururi darajasiga ko‘tarish, ma’naviy yuksalishning tarkibi deb qarash;
turmush madaniyatini yuksaltirishda odamlar uchun arzigulik yashash sharoitlarini jarayoni bilan uyg‘unlashtirib olib borish;
turmush madaniyatini yuksaltirishning tizimli yondashuv amaliyotiga tayanish;
turmush madaniyatini yuksaltirishning dastlabki bosqichlarida, davlat tomonidan boshqarishni yanada takomillashtirish, uni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning bozor iqtisodi munosabatlarini shakllantirish jarayoni bilan uyg‘unlashtirib olib borish;
sog‘lom turmush madaniyatini yuksaltirishning mavjud huquqiy mexanizmlarining ishlashini ta’minlash;
turmush madaniyatida yashashni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish;
xalqimizning va boshqa xalqlarning asrlar davomida orttirgan ijobiy tarixiy tajribasini hisobga olish;
turmush madaniyatini shakllantirishga ta’lim va tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida qarash kabi muhim amaliy masalalarni kiritish mumkin;
Turmush madaniyatini yuksaltirish jarayonlarini tashkil qilishning barcha bo‘g‘inlari masalaga yuqorida sanab o‘tilgan asosiy tamoyillari talablaridan kelib chiqqan holda yondashish kutilgan natijalarga olib keladi deb, umid bildirish mumkin.
Turmush madaniyatiini yuksaltirish masalasi ijtimoiy, tibbiy, ma’naviy va siyosiy tamonlariga ega bo‘lgan murakkab muammoli masala bo‘lganligi tufayli uning aniq va ta’sirchan mexaniizmlarini ishlab chiqmasdan va uni mamlakat hayotining barcha tomonlari bilan uyg‘unlashtirmasdan, shuningdek, xalqning kundalik turmush madaniyati talablari bilan bog‘lamasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi.
Turmush madaniyati yuksaltirishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
turmush madaniyatini milliy g‘oya bilan uyg‘unlashtirish;
turmush madaniyatining yuqori darajasida ishini rag‘batlantirish;
turmush madaniyatini shakllantirishga tizimli yondashuv;
barcha xalqlarning eng yaxshi tajribalarini umumiylashtirish;
turmush madaniyatini shakllantirishga oid mavjud huquqiy mexanizmlarninig ishlashini ta’minlash va bosqichma-bosqich takomillashtirib borish;
Turmush madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq barcha mutasaddi vazirliklar, idoralarning faoliyatini ushbu masalaga yo‘naltirishning ta’sirchan mexanizimini ishlab chiqish va shu mexanizmlarni harakatga keltirish barchamizning oldimizga jiddiy vazifalarni qo‘yadi.
Turmush madaniyatini shakllantirish mexanizmlari quyidagilardan iboratdir:
boshqarish mexanizmlari;
moddiy ta’sir ko‘rsatishi mexanizmlari;
ma’naviy ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari;
huquqiy ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari;
(Qonun hujjatlari).
Turmush madaniyati yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar xalqlarining ibratli tajribalaridan foydalanish ijobiy natijalariga olib kelishi shubhasizdir.
Bunday ibratli tajribalar jumlasiga:
ishlab chiqarish joylarida sport va sog‘lomlashtirish ishlari uchun sharoit yaratish;
umumiy ovqatlanish uchun oshxonalar tashkil etish;
haftada bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
kasal bo‘lib qolgan taqdirda birlamchi tibbiy yordam olish uchun sharoit yaratish;
sug‘urta tibbiyoti uchun oyma-oy mablag‘ ajratib borish.
Bular o‘z navbatida kadrlar qo‘nimsizligiga barham berib, yangi ishchilarni tayyorlashga sarflanadigan mablag‘larni tejash imkonini beradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlar, bir tomondan, ishchilar uchun ularning sog‘ligi to‘g‘risida g‘amxo‘rliik bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sog‘lom bo‘lish va ish vaqtini tejash hisobiga mehnat unumdorligi oshishini ta’minlashga olib keladiki, bu xususiy mulk egalarining manfatlariga ham to‘liq mos tushadi.
Yapon jamiyatida odamlarning 85 yildan umr ko‘rayotganligining ayrim sabablari tahlil etilsa shu narsa ma’lum bo‘ladiki, yapon fuqarolarining turmush madaniyatida shaxsiy manfatdorlik butun jamiyatning manfaatlari bilan birgalikda uyg‘unlashib ketgan. Jumladan, Yaponiyada ishga piyoda kelib ketuvchilar, ertalab gimnastika bilan shug‘ullanuvchilar moddiy rag‘batlantiradi. Shuningdek, yil davomida kasal bo‘lmaganlar ham o‘zlarining sog‘ligini ta’minlaganliklari uchun moddiy rag‘batlantirilib borilishi, shubxasiz, ularni yuksak turmush madaniyatida yashashga undaydi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling