1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Sog‘lom nikoh – sog‘lom turmush madaniyatining poydevori


Download 1.34 Mb.
bet47/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

4.3. Sog‘lom nikoh – sog‘lom turmush madaniyatining poydevori O‘zbekiston Respublikasi hukumati aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor berib, jismoniy, axloqiy va ma’naviy sog‘lom avlodni tarbiyalash konsepsiyasini ishlab chiqdi. 1993 yildayoq Respublika Birinchi Prezidentining Farmoni bilan “Sog‘lom avlod uchun” ordenining ta’sis etilishi bu sohaga bo‘lgan e’tiborning yorqin namunasidir. Keyingi yillarda respublikada olib borilgan amaliy ishlar o‘ziing dastlabki samaralarini bera boshladi, tug‘ilish va bolalar o‘limi sezilarli ravishda kamaydi.
Ma’lumki, aholining tug‘ilish ko‘rsatkichi, bolalar o‘limining yuqori bo‘lishi ayollar organizmini holdan toydirib, ularni o‘ziga xos “tug‘ish mashinasiga” aylantirib qo‘yadi. Holbuki, aholi uchun ham, mamlakat uchun ham bundan faqat salbiy oqibat kutish mumkin. Chunki yuqori tug‘ilish ko‘rsatkichi va yuqori bolalar o‘limi kuzatiladigan iqtisodiy qoloq mamlakatlardagi aholining tabiiy o‘sishi ko‘rsatkichi bilan, tug‘ilish ko‘rsatkichining kamayishi va bolalar o‘limining kamayishi kuzatiladigan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi sodir bo‘ladigan tabiiy o‘sish o‘rtasida katta farq kuzatilmaydi. Demografik jarayonlarda yuz beradigan “portlash”lar faqat ishsizlik, yer-suv tanqisligi, ochlik kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi va jamiyatni iqtisodiy inqirozga tortishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi Farmonida “Onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlod salomatligini mustahkamlash, uni ma’naviy, axloqiy va jismoniy jihatdan tarbiyalash, unga vatanparvarlik va ona yurtga mehr-muhabbat tuyg‘usini singdirish” bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Kelgusi avlodlar salomatligiga asos yaratish uchun esa sog‘lom bolalar tug‘ilishini ta’minlash kerak. Sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish masalasi shifokorlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu masalani to‘g‘ri hal etish yoshlarimiz oldiga bir qator talablar qo‘yadi. Jumladan:
Oilaviy turmush qurishga tayyorlanayotgan yigit va qizlarimiz sog‘lom bo‘lishlari, nikoh va jinsiy hayot gigiyenasi bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lishlari;
Homilador ona salomatligini faqat ona homilador bo‘lgandan so‘ng emas, qizlarimizning yoshlik davridan boshlab, sog‘-salomat o‘sishlarini ta’minlashdan boshlashimiz lozimligi;
Bola tug‘ilgandan keyin esa uning sog‘lom bo‘lib o‘sishi haqida qayg‘urishimiz, ona sutining ahamiyatini keng targ‘ibot qilish zaruriyati.
Xo‘sh! Sog‘lom nikoh uchun qanday talablar qo‘yiladi?
Bular avvalo turmush qurayotgan qizlarimiz va yigitlarimizning yoshiga taalluqli bo‘lib, ko‘pgina mutaxassis olimlarimizning fikriga ko‘ra, qizlar 20-22 yoshida, yigitlar esa 23-25 yoshda, ularning yoshi o‘rtasidagi farq 3-6 yoshgacha bo‘lgani ma’qul. Avvalo yigit va qizlarimiz turmush qurishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim, ular “Oila va nikoh” maslahatxonalarida, genetik markazlardan maslahat olishlari, bo‘lajak zurriyotining salomatligi haqida qayg‘urishlari kerak. Hozirgi zamon tibbiyot fani va amaliyoti davolashdan ojiz bo‘lib turgan bir qator irsiy kasalliklarning oldini olishda bu muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday irsiy kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarga yaqin qarindosh-urug‘lar: (tog‘avachcha. xolavachcha, amakivachchalar) o‘rtasidagi o‘zaro nikohlar ham kiradi.
Bunday oilalarda ko‘pincha esi past, ko‘r, kar, soqov va boshqa jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalar tug‘iladi. Shuningdek, spirtli ichimliklar ichadigan, giyohvand, tamaki chekuvchi oilalarda tug‘ilgan bolalar ham turli nuqsonlarga ega bo‘ladilar. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, bunday bolalarni davolab bo‘lmaydi. Ular oila, jamiyat va tibbiyot uchun “ortiqcha yuk” bo‘lib, davlatga iqtisodiy zarar keltiradi. Bunday kasalliklarni nikoh qurishdan oldin tibbiy ko‘riklar natijalariga qarab, oldindan ko‘ra bilishimiz va ularning oldini olishimiz, nuqson bilan kechayotgan homilani esa ona qornida 18-20 haftalik muddatida aniqlab, uni to‘xtatish choralarini ko‘rish lozim. Sog‘lom farzandlar o‘rtasida qurilgan oilalar mustahkam bo‘ladi, bunday oilalar sog‘lom avlod tarbiyalashning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladilar. Biroq, jamiyatimizda kuzatilayotgan mavjud holat, yosh oilalar o‘ratsidagi ajralish holatlarining o‘sishi, yosh kelin-kuyovlar bir-birlari bilan kelisha olmasligi, jinsiy hayot bilan bog‘liq kamchilik, jinsiy ojizlik kabi muammolar o‘z yechimini topishi kerak.
O‘quvchi yoshlar o‘rtasida jinslararo munosabatlar psixologiyasi va fiziologiyasiga bo‘lgan qiziqishning balandligi bilan, bu masalaga maktab o‘qituvchilari tomonidan ham, oilada ota-onalar tomonidan ham yetarli e’tibor berilmasligi tufayli yoshlarning maxsus ma’lumotga ega emasligi ham yosh oilalarning buzilib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy hayotning barcha boshqa sohalari jinsiy hayotga ham o‘ziga xos inson organizmining fiziologik holatidan kelib chiqqan holda bir qator gigiyenik talablar qo‘yiladi. Bu talablar faqat tor gigiyenik talablar bilan chegaralanmasdan, insonning oliy mavjudot sifatida nozik his-tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida sog‘liqni saqlash vazirligi, barcha tibbiyot muassasalarida fertil (tug‘ish) yoshidagi ayollarimizning salomatligini asrash, ular o‘rtasida turli xil ekstragenital kasalliklarni barvaqt aniqlash va sog‘aytirishi, bu maqsadda jarrohlik yo‘li bilan va kontratsepsiya vositalarini qo‘llash orqali ularni istalmagan homiladorlikdan saqlash bo‘yicha katta amaliy ishlar olib borilmoqda. Shuni alohida, qayd etib o‘tish joizki, homiladorlikka moneligi bo‘lgan fertil yoshidagi ayollarning homilador bo‘lib qolishi nafaqat tug‘iladigan bola salomatligi uchun, balki ona organizmi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. 18 yoshgacha va 30 yoshdan so‘ng homilador bo‘lish holatlari ham tug‘iladigan bola uchun va ona organizmi uchun befarq emas, deyarli har yili homilador bo‘lish ona organizmini holdan toydiradi, homilaning normal rivojlanishiga imkon bermaydi, shuni inobatga olgan holda homiladorliklar o‘rtasidagi muddat kamida 3 yil bo‘lishiga erishish lozim.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling