1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar


Download 1.34 Mb.
bet55/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

  1. Axborotning nechta turi farqlanadi?

  2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish texnologiyasi nechta bosqichni o’z ichiga oladi?

  3. Direktiv axborotlar haqida ma’lumot bering?



VI BOB. AHOLI TURMUSH MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA XORIJIY TAJRIBANI O’RGANISH.
6.1. Turmush madaniyatini yuksaltirishga oid qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish

Yuqorida biz turmush madaniyatini yuksaltirish borasida qabul qilingan qarorlar, shuningdek, boshqaruvni axborotlar bilan ta’minlash tartiblari haqida so‘z yuritgan edik. Biroq, ishimizning samaradorligi qabul qilingan qarorlar, olingan axborotlar bilan emas balki, ularning mas’ul shaxslar va quyi bo‘g‘indagi ijro etuvchilar tomonidan qanday bajarilayotganligi bilan belgilanadi. Shu jihatdan qaralganda ijro intizomini nazorat qilib borish, ayni paytda bu sohada bajaruvchilarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.


Nazorat - bu boshqaruv operatsiyasi bo‘lib, uning yordamida turmush madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, buyruqlar ularda qo‘yiladigan talablarga ko‘ra qanday bajarilishi kerak edi-yu, amalda joylarda qanday bajarilayotganligi taqqoslab chiqiladi va tegishli xulosalar mavjud bo‘lganda ma’lum qolip asosida qaytadan tartibga solinadi, qabul qilingan qarorlar bajarilmayotgan hollarda uning sabablari ochib beriladi. Bosh obyekti bilan o‘zaro aloqadorlikning muhim bir shakli sifatida nazoratga qator talablar qo‘yiladi:
Nazorat muntazam ravishda o‘tkazilib borilishi lozim.
Nazorat keng qamrovli va turmush madaniyatini shakllantirishning barcha tomonlarini o‘z ichiga olishi kerak.
Nazorat turmush madaniyatini shakllantirish masalalari bilimdon mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishi lozim.
Nazoratdan ko‘zda tutiladigan bosh maqsad shu masalaga mutasaddi kishini nishonga olish, “qarmoqqa” solish yoki “fosh qilish” emas, balki ishdagi kamchiliklarni tugatishdan iborat bo‘lishi kerak. Nazoratdan o‘tkaziladigan masalaning mohiyatiga ko‘ra turli xil nazorat shakllaridan foydalanish muhim. Boshqaruv amaliyotida aksariyat hollarda filtrlovchi nazorat o‘tkazilib, nima yomonu, nima yaxshi degan savolga javob beriladi. Xulosa nazoratida esa harakat buyruqlar, qarorlarning bajarilishiga yakuniy baholar berilib, zarur xulosa chiqariladi.
Nazoratni tashkil qilishga qo‘yiladigan talablar orasida nazorat qilish qatnashuvchilarning tarkibini tanlash muhim masala bo‘lib, bunda mutaxassisning bilimdonligi, tekshiriluvchi obyektga nisbatan xolisligi kabi jihatlarni hisobga olish zarur. Qoida tariqasida o‘tkazilgan nazorat yakunlari bo‘yicha bosh organining buyrug‘i chiqarilib, tegishli tadbirlar belgilanadi.
Turmush madaniyatini shakllantirishga oid yuqori tashkilotlarning qarorlari va buyruqlari ta’sir ko‘rsatish muddatlarida sog‘liqni saqlash tizimining quyi bo‘g‘inlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarning batartib ravishda bajarilishini ta’minlash, zarur bo‘lgan qo‘shimcha tashkiliy o‘zgartirishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida boshqaruv organlari tomonidan tizimni modellashtiruvchi qolipga soluvchi tadbirlar, shuningdek, tizim ishdan chiqib ketganligi aniqlangan hollarda uni tartibga solib chora-tadbirlarning (kollegiya majlislari, tibbiy kengashlari muhokamaga olib chiqish kabilar) muntazam ravishda o‘tkazib borilishi bu sohada qo‘yilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishiga turtki bo‘ladi.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling