1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Aholi o‘rtasida turmush madaniyatini targ‘ib qilish va xorij tajribasini o’rganish


Download 1.34 Mb.
bet56/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

6.2. Aholi o‘rtasida turmush madaniyatini targ‘ib qilish va xorij tajribasini o’rganish

Turmush madaniyatini targ‘ib qilishga ehtiyoj bormikan? Har bir kishi turmush madaniyatiga rioya qilib yashashi lozim bo‘lgani holda nega bajarmaydi? Biroq, bu sohadagi hayotimizdagi mavjud vaziyat odamlar soha turmush madaniyatini o‘z-o‘zidan qabul qilmasligini ko‘rsatib turibdi. Buning sababi nima?


Gap shundaki, turmush madaniyatining odamlar oldiga qo‘yadigan talabi bilan jamiyatdagi mavjud, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy muhit sharoit o‘rtasida katta tafovut bor. Kishilarning nosog‘lom turmush madaniyatini tanlashini man qiladigan, ularning xulqini belgilaydigan qator obyektiv shart-sharoit mavjudki, jamiyat a’zolarining ko‘pchilik qismi o‘zlari bilmagan, xohlamagan holda, nosog‘lom turmush madaniyati yo‘lidan boradilar. Unday kishilarning ko‘pchiligi iqtisodiy muhtojlik sharoitlari sababli va nosog‘lom turmush haqida oddiygina bilimga ham ega bo‘lmaganliklari tufayli nosog‘lom turmush madaniyatining oqibatlari haqida o‘ylab o‘tirmaydilar.
Inson salomatligiga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, narkotik moddalarga ruju qo‘yish kabi holat asosan aholining qashshoq qatlamlarini o‘z girdobiga tortayotganligi, ular mavjud hayot qiyinchiliklarni “yengish” uchun “osonroq” yo‘l axtarishga intilish oqibatidir. Shu sababli turmush madaniyatini shakllantirish dasturi atrof-muhit omillarining o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olish zarur.
Aholi o‘rtasida turmush madaniyatini targ‘ib qilishdan ko‘zda tutilgan bosh maqsad - odamlarda gigiyenik va axloqiy asoslangan turmush madaniyatida yashash ehtiyojini shakllantirishdan iboratdir.
Mamalakatimizda aholi turmush madaniyatini yanada rivojlantirishda va targ’ib qilishda jahon sivilizatsiyasi amaliyoti va tajribasini о‘rganish alohida ahamiyatga egadir.
Ayniqsa bu yо‘nalishlarda Yaponiya va Janubiy Koreya mamlakatlarining tajribasi keng о‘rganilmoqda. Chunki xorijiy mamlakatlarda ushbu davlatlar “Osiyoliklar yashaydigan Yevropa” sifatida tan olinadi.
Mamlakatimiz mentaliteti hisobga olingan holda sanoat standartlarini yaratish, sog‘liqni saqlash, tabiiy muhitni asrash, infratuzilmani rivojlantirish, inson zahirasini rivojlantirish bо‘yicha hamkorlik faoliyatlari amalga oshirilmoqda
Yaponiyada aholi sog‘ligiga zarar yetkazuvchi obyektlarni shahardan tashqarida yoki aholi kam yashaydigan hududlarda qurish bо‘yicha maxsus dastur qabul qilingan. Yaponiya xalqi mehnatni juda qadrlovchi xalq bо‘lib, inson omilini birlamchi о‘ringa qо‘yadi. Yaponiya aholini о‘rtacha yashash davri jihatdan dunyoda yetakchi о‘rinlarni egallaydi.
Yapon jamiyatida odamlarning 85 yildan umr ko‘rayotganligining ayrim sabablari tahlil etilsa shu narsa ma’lum bo‘ladiki, yapon fuqarolarining turmush madaniyatida shaxsiy manfatdorlik butun jamiyatning manfaatlari bilan birgalikda uyg‘unlashib ketgan. Jumladan, Yaponiyada ishga piyoda kelib ketuvchilar, ertalab gimnastika bilan shug‘ullanuvchilar moddiy rag‘batlantiradi. Shuningdek, yil davomida kasal bo‘lmaganlar ham o‘zlarining sog‘ligini ta’minlaganliklari uchun moddiy rag‘batlantirilib borilishi, shubxasiz, ularni yuksak turmush madaniyatida yashashga undaydi.
Janubiy Koreya xalqi о‘z turmush madaniyatida bо‘sh vaqtdan faol foydalanish bilan birgalikda jismoniy sog‘lomligiga alohida e’tibor beradilar. Koreya pensionerlari faol turmush madaniyatiga doimo amal qilganliklari uchun о‘rtacha yashash 80 yoshdan oshib ketgan. Koreya xalqi asosiy e’tibor qaratadigan jihatlari yana biri shaharlar va qishloqlarning zamonaviyligi, kо‘chalarningg toza va chiroyliligi, odamlarning xushmuomalaligi, yо‘llarning tekisligi va stransportlarning qulayligidir. Koreya xalqi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi bilan birga sog‘lom turmush madaniyati meyorlariga qat’iy amal qilib yashaydilar.
Singapur davlati Osiyoning iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlardan biridir. Tahminan 5,5 million aholiga ega bо‘lgan bu davlat G‘arb va Sharq madaniyatining uyg‘unlashtirgan, kо‘p millatli mamlakatdir. Britaniyaning HSBC banki kо‘chib о‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar bо‘yicha yillik sо‘rov natijalarida Singapur qatorasiga tо‘rtinchi yil reytingda yetakchi bо‘lgan va hozirda ham shu reytingni yuqori pog‘anasida turadi. Bu davlatda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi imkoniyatlar, turmush tarzining takomillashganligi hamda ta’lim sifati darajasi kо‘rsatkichlarining bir tizimga solinganligi hisoblanadi.

O’rin

Davlat

Iqtisodiyot

Tajriba

Oila

1

Singapur

3

6

5

2

Yangi Zelandiya

9

1

2

3

Germaniya

2

15

8

4

Kanada

6

8

6

5

Bahrayn

5

10

11

Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, Singapurda yuqori darajadagi xavfsizlik, yoqimli tropik iqlim, yaxshi ta’lim va kо‘p millatli aholi bor. Migrantlarning tо‘rtdan bir qismi ish beruvchi tomonidan mamlakatga jо‘natilgan (27%), biroq ularning deyarli yarmi (47%) bu yerda qolishga qaror qilgan.
Singapurliklar halol, intizomli va о‘ta mehnatkashdir. Hukumat ish staji va ijtimoiy normalarni doimiy ravishda moddiy rag‘batlantirib boradi. Ta’kidlanishicha, ekspertlarni ayniqsa bir holat о‘ziga jalb qilmoqda - Singapur tub aholi bо‘lmagan bolalar uchun dunyoda eng yaxshi ta’lim tizimiga ega mamlakatlardan biridir. Shu tariqa, ekspat farzandi bu yerda о‘zini uydagidek his etolmasligidan xavfsiramay, oilasini olib kelishi mumkin.
Singapur hukumati mamlakat aholisi turmush tarzini yaxshilash borasida beshta ustuvor yо‘nalishlarni belgilab bergan:

  1. О‘z-о‘zini boshqarishdan yuqori bо‘lgan jamiyat va millatni shakllantirish;

  2. Jamiyatda oilaning asos sifatida kо‘rish;

  3. Har fuqaroni jamoa doim qо‘llab-quvvatlaydi va xurmat qiladi;

  4. Faqat konsensus, nizolar bо‘lmasligini ta’minlash;

  5. Irqiy va diniy jihatdan uyg‘unlik.

Singapurda toza suv, tabiiy olinadigan elektr energiya, sof havo muhim ahamiyatga ega xisoblanadi. Bu borada tizimlashtirilgan tashkilotlar faol ishlaydi. Yо‘llarni tirbandliklarsiz bо‘lishi uchun ham о‘ziga xos tizim shakllantirilgan. Aholi asosan ikki toifadagi uylarda istiqomat qilishadi. Bular hukumatga qarashli uylar hamda xususiy uylar. Xususiy uylarga nisbatan davlat uylar arzon bо‘lganligi bois, 90% singapurliklar shu uylarda yashashadi. Ish haqi bilan taqqoslaganda, kо‘plab tovarlar import qilinishiga qaramay, oziq-ovqat juda arzon. Singapurda ishsizlik darajasi atiga 2%. Yaxshi о‘ylangan soliq tizimi iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qо‘shadi. Shunday qilib, daromad solig‘i progressiv xisob-kitob shaklida 0-22%ni tashkil qiladi. Mamlakatda bank xizmatlari, yuk tashish, elektronika va kompyuter, mobil telefonlar uchun dasturiy ta’minot mavjud.
Bugun ta’lim iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotning hal qiluvchi omili, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini shakllantirish, unda ijtimoiy maqomlarni taqsimlash mexanizmi hisoblanadi. Buni ayni paytda xorijiy davlatlarda ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali yuksak bilim va kо‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotganligidan ham anglash mumkin. Masalan, maorifga ulkan sarmoya kiritib, yuksak natijalarga erishayotgan davlatlardan biri – Singapurdir. Singapur Buyuk Britaniya mustamlakasi bо‘lgan davrda uning sanoati asosan mineral yoqilg‘i va qishloq xо‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan edi. Shunga qaramay, о‘sha davrdayoq ta’lim tizimini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Singapur yalpi ichki mahsulotga nisbatan ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga mablag‘ sarflash darajasi bо‘yicha о‘zining sobiq mustamlakachisi Buyuk Britaniyadan ham oldinda turadi.
Shu о‘rinda, Singapur ta’lim tizimining taraqqiy etishida, davlat tomonidan mustaqillikka erishgan paytdan boshlab olib borilgan islohotlarni о‘rni beqiyosligini ta’kidlab о‘tish lozim. Jumladan, 1961 yildan 1991 yilgacha Singapur hukumati maktab tizimining mustaqilligi va moslashuvchanligini oshirishga, shuningdek, ta’lim siyosatini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini oshirishga yо‘naltirish, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yо‘naltirilgan qator islohotlarni amalga oshirdi. Islohotlarning yana bir maqsadi, ta’lim jarayonining mohiyati nafaqat bolalar miyasini turli xil fan bilimlari bilan tо‘ldirish bо‘lmay balki yoshlarni hayotiy kо‘nikmalar-mas’uliyat, о‘zaro yordam hissi, ishga muhabbat, qiziquvchanlik, jasorat va moslashuvchanlikni shakllantirish edi.  Shuni ta’kidlash joizki, Singapurda о‘qituvchilar davlat xizmatchilari hisoblanadi. Ta’lim vazirligi byudjeti Mudofaa vazirligidan keyin ikkinchi о‘rinda (YAIMning 5%) turadi. Har yili ta’lim sohasiga taxminan 12,9 milliard dollar sarflanadi. Bu davlat umumiy byudjetining (68,6 milliard dollar) 18,7% ini tashkil qiladi. Mamlakatda aholining savodxonlik darajasi 96% ni tashkil qiladi.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling