1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


IV BOB. NOSOG’LOM MODDIY VA MA’NAVIY EHTIYOJLARGA QARSHI KURASHISH


Download 1.34 Mb.
bet42/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

IV BOB. NOSOG’LOM MODDIY VA MA’NAVIY EHTIYOJLARGA QARSHI KURASHISH
4.1. Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish va zararli odatlarga qarshi kurash zaruriyati
Zararli odatlar deganda biz, odatda, faqat alkogolli ichimliklarni me’yoridan oshirib, muttasil iste’mol qilish, tamaki va nosvoy chekish, giyohvandlik kabilarni tushunishga o‘rganib qolganmiz. Aslida, zararli odatlar tushunchasi birmuncha keng bo‘lib, o‘z doirasiga ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik, organizm ehtiyojiga qaraganda ko‘proq ovqat yeyishga o‘rganib qolish, dangasalik va ishyoqmaslik, badjahllik, axloqsizlik, ust-bosh, hovli va uy xonalari iflosligi bilan ko‘nikib yashash, o‘z hayotini jamiyatda qabul qilingan me’yor va o‘lchamlar asosida tashkil qila bilmaslik, pala-partish o‘tkazish va hech bir maqsadsiz yashash, madaniyatsizligi va johilligi tufayli vegetativ turmush madaniyatida yashash bilan chegaralanib qolish kabi odatlarni ham oladi. Biz bu yerda zararli odatlarning ijtimoiy ahamiyatga molik, keng tarqalgan ayrim turlari to‘g‘risida o‘z fikrlarimizni bayon qilishni lozim topdik. Zero, yuqorida sanab o‘tilgan zararli odatlarning boshqa turlari haqida ushbu qo‘llanmaning tegishli boblarida batafsil ma’lumotlar berilgan.


Tamaki chekish va uning zarari

Chekuvchilik chekuvchi uchun ham, atrofdagi chekmovchilar uchun ham katta zarar keltiradi. Chekish bilan juda ko‘p kasalliklar uzviy bog‘langan bo‘lib, insonlarni barvaqt va tasodifan o‘limga olib keladigan, ularning umrini o‘rtacha 8-15 yilga qisqartirishga sababchi bo‘ladigan omildir. O‘pka raki kasalligi qariyb 90% hollarda chekish bilan bog‘langan.
Chekuvchilar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichi, chekmovchilarga qaraganda 70% ko‘p, kuniga 20 dona sigaret chekuvchilarda esa 2 barobar ortiq ekanligi, chekuvchilar chekmovchilarga nisbatan 6-10 yil kam yashayotganligi hisoblab chiqilgan. Oddiy chekuvchi har bitta chekkan sigaretasi bilan o‘z umrini 6 minutga qisqartiradi.
Chekish o‘pka, traxeya va bronxlardagi o‘sma – shishlar (rak); labdagi o‘sma shishlar; qizilo‘ngachdagi o‘smalar; og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumdagi o‘smalar; hiqildoq o‘smalari; o‘pka emfizemasi va obstruktiv kasalliklar; yurakning ishemik kasalliklari kabi og‘ir xastaliklarni kelib chiqishida asosiy rol o‘ynaydi.
Chekuvchilar o‘rtasida chekmovchilarga nisbatan: stenokardiya 13 marta, miokard infarkti 12 marta, oshqozon yarasi 10 marta ko‘p uchraydi. Obliteratsiyalangan endoarteriit kasalligi bilan esa har yettinchi chekuvchi kasallanadi. Oshqozon raki 1,5 marta, qizilo‘ngach raki 3-6 marta, og‘iz bo‘shlig‘i raki 3-4 marta, xalqum raki 6-10 marta, bachadon bo‘yni raki 2 marta, buyraklar raki 2 marta ko‘p uchraydi. Chekuvchi ayollardan tanasining vazni 2500 g.gacha bo‘lgan bolalar 2-3 marta ko‘p tug‘ilar ekan. Shuningdek, yangi tug‘ilgan bolalarda turli xil tug‘ma nuqsonlar kuzatiladi.
Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, chekuvchining o‘pkasidan qaytib chiqayotgan tutun oqimida kanserogen benzipirin moddasi, yutilgan tutun oqimiga qaraganda 4 marta, nitrozaminlar 50-100 marta ko‘pligi aniqlandi.
Chekuvchilar atrofdagilarning bunday majburiy “chekishi” har 3-4 soatda bitta sigaret chekish bilan, sigaret tutuni bilan ifloslangan havoda 8 soat bo‘lishi 6 dona sigaret chekishi bilan barobardir.
Sigareta tarkibidagi tamakida 9% - nikotin, 20% - uglevodlar, 13% - oqsillar, 14% -gacha smola, 2% gacha efir moylari borligi aniqlangan. Chekilgan har bir dona 0,5 g. og‘irlikdagi sigaretada 0,09 g nikotin, 0,11 piridin asoslari, 0,032 g ammiak, 0,006 g sinil kislota va 369 ml uglerod I oksidi bor. Sigareta yonganda 50% nikotin tutun bilan atrofga tarqalib, 25% parchalanadi, 5% - sigareta qoldig‘ida qolib, 20% organizmga tushadi. Nikotin – tamakining asosiy zaharli moddasi bo‘lib, zaharligi jihatidan sinil kislotasidan qolishmaydi. Tamakinnig ko‘k bargida 2-9%, quritilganida 1-5% nikotin bor, eng yaxshi nav tamakida 0,7-1,5% va eng past navlarida 8-10%gacha nikotin borligi aniqlangan. Tamakining zararini biroz bo‘lsada kamaytirish maqsadida maxsus filtrli sigaretalar, nikotinni tutib qoluvchi patronlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, maxsus patronlarda 50%, filtrli sigaretada atigi 20% nikotin tutib qolinadi xolos. Sof nikotin 0,08-0,16 g miqdorda inson organizmiga halokatli ta’sir qiladi. Kuniga 20 dona sigaret chekuvchi kishi organizmiga 0,1 g nikotin kiradi. Yiliga 6-7 ming dona sigeret chekuvchi organizmiga (bu 5 kg tamakiga teng) 30 g nikotin tushadi, bu 330 o‘lim dozasiga teng. Tamaki tutuni yonganda hosil bo‘ladigan boshqa bir modda – smola o‘pka, oshqozon va boshqa organlarda rak kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Tamaki yonganda hosil bo‘ladigan radioaktiv poloniy – 210 a-nurlar chiqarishi aniqlangan. Kuniga 2 pachka sigaret chekuvchi kishi organizmi 36 rad. nur oladi. Bu radiatsiyadan himoyalash bo‘yicha xalqaro kelishuvda ruxsat etilgan darajadan 7 marta ko‘pdir. Filtrlar tamaki tarkibidagi jami margimushning 1,9 mkg yutsa, qolgan 14,2 mkg o‘pkaga o‘tadi. Tamaki yonganda hosil bo‘ladigan qurumda (is) 100 dan ziyodroq turli smolalar, jumladan, benzipirin, benzatrotsen va margimush, radioaktiv kaliy kabi xavfli konserogen moddalar borligi aniqlangan. Tarkibida bir necha benzol xalqasi bo‘lgan bunday konserogen moddalar o‘pka va boshqa organlarda rak kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omillardir. Hisoblar shuni ko‘rsatadiki, 1 kg tamaki yonganda 40-70 g. qurum hosil bo‘lib, kuniga bir pachkadan sigert chekuvchi organizmga bir yilda 800 g. qurum kiradi. Nafas yo‘llari va o‘pkaga kirgan kanserogen moddalar bronx va o‘pka hujayralarining strukturasini buzib, ularni yomon sifatli o‘smaga – rak hujayralariga aylantirib yuborishi aniqlangan. Chekish ayniqsa yurak va qon tomirlar faoliyatiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Agar chekmaydigan sog‘lom odamning yuragi minutiga 72-80 marta qisqarsa, 3-4 dona sigaret chekilgach, puls tezlashib, minutiga 100-120 gacha yetadi yoki boshqacha aytganda tamaki yurakni tez ishlashga majbur qiladi, yurak har minutga 15-18 marta ko‘p qisqaradi. Agar chekmaydigan kishi yuragi sutkada 100 ming marta qisqarib 6 tonna qonni haydasa, chekuvchi odam yuragi sutkasiga 10-15 ming marta ko‘p qisqarib, nikotinning qon tomirlarga toraytiruvchi ta’siri oqibatida 2-3 tonna kam qon haydaydi. Bu yurak mushaklari holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va tasodifiy o‘lim holatlarini ko‘paytiradi. Nikotinning qon tomirlarni toraytiruvchi ta’siri chekish to‘xtalgandan keyin ham 20-30 minut davom etadi. Agar kishi 30-40 dona sigaret cheksa uning tomirlari doimiy ravishda qisqargan (spazm) holatida bo‘ladi. Shu sababli chekuvchilar yurakning ishemik kasalligi bilan birga, oyoqlar qon tomirlari spazmi bilan bog‘langan yana bir kasallik – obliteratsiyalovchi endoarteriit yoki “damba-dam oqsoqlanib” yurish kasalligi ham keng tarqalgan. Bunday bemorlar oxir-oqibat oyoqlarini amputatsiya qildirish (kesib tashlash) darajasigacha borib yetadilar. Muttasil ravishda chekish insonning aqliy faoliyatini pasaytiradi. Chekuvchilar chekish uyquni haydaydi, odamni tetiklashtiradi, aqlni peshlaydi degan sabablarni aytishadi. Chekish bilan bog‘langan aqlning vaqtincha tiniqlashuvi, keyinchalik miya qon tomirlari spazmi bilan tugaydi, asta-sekin xotira susayib boradi. Tamaki tutunidagi uglerod oksid gazi qonda kislotali reaksiya keltirib chiqaradi va bioximik jarayonlarning kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Statistika ma’lumotlariga qaraganda planetamizda yashaydigan erkaklarnnng 60 foizi, ayollarning 20 foizi chekadi. Osiyo mamlakatlarida nosvoy chekish keng tarqalgan. O‘zbekistonda ham nos chekishga o‘rganib qolish 13-14 yoshdan boshlanmoqda. Nima uchun odam tamaki yoki nos chekadi? Chekishning keng tarqalishiga sabab nima? Tadqiqotchilarning aniqlashicha, chekishning sabablari turlicha: Birinchi sabab – qiziqish, tamaki ta’mini bir tatib ko‘rish bo‘lsa, ikkinchi sabab kattalarga taqlid qilishdir. Chekish keng tarqalishiga klublar, kechalardagi kompaniyalar, turli uchrashuvlar sabab bo‘lishi mumkin.
Bir marta chekib ko‘rgan odam papiros tutunini hidini yana tatib ko‘rishni yoqtirib qoladi, yana chekkisi keladi, so‘ng chekish odatga aylanib qoladi. Tamaki chekish odati hozirgi vaqtda yer shari aholisining ko‘pchilik qismini qamrab olgan. O‘smir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi bo‘ladi. Birinchi papiros yoki nos chekilganda o‘smir organizmida himoya reaksiyalari vujudga keladi. Uning ko‘ngli ayniydi, ko‘p so‘lak ajraladi, qon tomirlar torayadi, o‘smirning rangi oqaradi. Ba’zida hushidan ketadi. Bir necha marta chekkanidan so‘ng o‘smir organizmida himoya reaksiyalari kamayib boradi va oxir-oqibat o‘smir organizmi tamaki va nosga o‘rganib qoladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling