1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari (o‘quv qo‘llanma)


Download 1.34 Mb.
bet41/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari (o‘quv qo‘llanma). San’at va madaniyat ta’limi sohasidagi - Ijtimoiy-madaniy faoliyat yо‘nalishi bakalavriat talabalari uchun mо‘ljallangan.
“Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari” fani turli fan sohalarini o‘z ichiga oluvchi interaktiv fan tarmog‘i bo‘lib, unda tibbiyot, psixologiya, pedagogika, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlarga kiruvbchi turli sohalarning natijalari qo‘llaniladi. “Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari” fani uchun yaratilgan ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarni turmush madaniyati va inson hayotining ma’nosi hamda mazmunining anglanishi asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini, turmush madaniyatining mafkuraviy asoslari sifatida turmush madaniyati falsafasi, turmush madaniyati sotsiologiyasi, turmush madaniyati pedagogikasi, turmush madaniyati psixologiyasi, turmush madaniyati etikasi va estetikasi haqidagi dunyoqarashni, tushunishda zarur bо‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Aholi turmush madaniyatini yuksaltirishda oilaning tarbiyaviy, tartibga solish, iqtisodiy, muhit yaratuvchanlik vazifalari, yoshlarni nikoh va oilaga tayyorlash, oilaning sog‘lom avlodni o‘stirishdagi ijtimoiy mas’uliyatiga oid pedagogik masalalarning yoritilishi ham o‘quv qo‘llanmada alohida o‘rin olgan.


Бош муҳаррир:
О.Г.Давлатов- педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)


Taqrizchilar:
A.O. Umarov− О‘zDSMI, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari doktori.
M. Quronov−Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi о‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor


AHOLI TURMUSH MADANIYATINI YUKSALTIRISH ASOSLARI
(O‘quv qo‘llanma)


SO‘Z BOSHI

“Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari” turli fan sohalarini o‘z ichiga oluvchi interaktiv fan tarmog‘i bo‘lib, unda tibbiyot, psixologiya, pedagogika, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlarga kiruvchi turli sohalarning natijalari qo‘llaniladi.


Shunga ko‘ra talabalarda turmush madaniyatining mafkuraviy asoslari sifatida turmush madaniyati falsafasi, turmush madaniyati sotsiologiyasi, turmush madaniyati pedagogikasi, turmush madaniyati psixologiyasi, turmush madaniyati etikasi va estetikasi haqidagi dunyoqarashni shakllantirish fanning asosiy yo‘nalishini va maqsadini tashkil etadi.
Bundan tashqari, fanning mazmunini yoritishda muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan valeologik masalalarning ayrim jihatlari: tamaki chekish, alkogolizm, giyohvandlikning ijtimoiy xavfi va zararli oqibatlari, shaxs va jamiyat munosabatlariga salbiy ta’siri muammolariga ham to‘xtalinadi.
Aholi turmush madaniyatini yuksaltirishda oilaning tarbiyaviy, tartibga solish, iqtisodiy, muhit yaratuvchanlik vazifalari, yoshlarni nikoh va oilaga tayyorlash, oilaning sog‘lom avlodni o‘stirishdagi ijtimoiy mas’uliyatiga oid pedagogik masalalarning yoritilishi ham o‘quv qo‘llanmada alohida o‘rin olgan.
“Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari”ning mazmunini yoritishda uning huquqiy asoslari, milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish bilan uyg‘unlashtirilgan tarzda olib borish, turmush madaniyati va Harakatlar Strategiyasida belgilangan ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish bosqichlari bilan muvofiqlashtirilgan jarayon sifatida qaralishi turmush madaniyatini yuksaltirish va ta’lim-tarbiyaning uzluksizligi muammolariga e’tibor berildi.
Shuningdek, aholi turmush madaniyatini yuksaltirishni boshqarish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat dasturlarini amalga oshirishda tizimli yondashuv, boshqarishni axborot bilan ta’minlash, turmush madaniyatini yuksaltirishga oid qarorlarning bajarilishini nazorat qilish, aholi o‘rtasida turmush madaniyatini targ‘ib qilish, aholi turmush madaniyatini yuksaltirishda madaniy-ma’rifiy muassasalar, jumladan, kutubxonalarning o‘rni va roli masalalari ham keng o‘rin olgan.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling