1. mavzu. Umumta’lim va kasb-hunar maktablarining chizmachilik fani dasturi, darsligi, standartlari va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishish


- MAVZU. Detal chizmasini o’qishga o’rgatish; model va detallardan foydalanish. Buyum tarkibining geometrik tahlili va chizma bo’yicha modellashtirish


Download 73 Kb.
bet23/25
Sana28.03.2023
Hajmi73 Kb.
#1301610
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1.mavzuiar

28- MAVZU.
Detal chizmasini o’qishga o’rgatish; model va detallardan foydalanish. Buyum tarkibining geometrik tahlili va chizma bo’yicha modellashtirish.
Har qanday texnik yo‘nalishdagi soha mutaxassisidan detal chizmalari, ulam ing birikmalari va yig ‘ish chizmalarini o ‘qish hamda bajarishni yaxshi bilish talab qilinadi. Lekin, ushbu yo‘nalishdagi bilimlarni qanday hajmda va batafsil tushuntirish, o‘rgatish zarurligini o'qituvchi o'quvchilarning keyingi hayotdagi. turmush va ish faoliyatidagi shu bilimlarga bo‘ladigan zaruriyati ham da qiziqishlarini hisobga olib mustaqil belgilashi mumkin. Bunda o ‘quv dasturida yig'ish chizm alarini o'rganishga qisqa vaqt ajratilgani ham o ‘z ta’sirini o'tkazadi. Yuqorida aytilgan ta’sirlarga qaram asdan bu mavzulami o ‘rganish va o‘zlashtirish sifatiga dastlabki tanishtirish — tahlil darslarining ahamiyati k o 'p bogliq. Mazmun nuqtai nazaridan bu darslarda o ‘quvchilam i zamonaviy ishlab chiqarish va sanoatda keng tarqalgan detallar, ularning turlari va nomlanishi, shuningdek, ajraladigan va ajralm aydigan birikmalari bilan tanishtirish kerak. Shulardan key in o'quvchilam i umumiy ko'rinish chizmalari bilan tarrishtirib, ulam i o 'qish va bajarishga o'rgatishni boshlash mumkin. 0 ‘qituvchi dastlab o'quvchilarga yig'ish chizmalarining am aliy ahamiyati va uning tarkibiy qismlari haqida ma’lumol berishi kerak. Dasllabki tushuntirishlarni o'quvchilarga tanísh va tuziiish sodda boMgan eshik tutqichi, ventil yoki gaz krani (uy ro 'zg 'o r texnikasi), tiski, randa kabi m ahsulotlar m isolida o'tkazishni maslahat beramiz. Bunda bir vaqtning o ‘zida umumiy ko‘rinish chizmasi va detaining o'zini namoyish qilish kerak. Keyinchalik darslar jarayonida o'quvchilarga tanish, sodda tuzilishli detallami takomillashtirish yoki konstruksiyasini oxiriga yetkazish bilan bogliq topshiriqlam i birgalikda tahlil qilish mumkin. Bunday topshiriqlar o‘zining ijodkorlik ruhi bilan bolalarga qiziqarli boMib, ular bu topshiriqiam ing amaliy foydali jihatlarini qadrlaydilar. Hamma topshiriq turlarini individual yoki jam oa shaklda, o‘qituvchi rahbarligida bajarish mumkin. Yig‘ish chizmalariga o'rgatishda o ‘quvchi)ar oldin m ehnai ta’limi darslarida oigan bilimlaridan ham foydalanish kerak (biriktirish turlari, metail detallariga rezba kesish va boshqalar). Bu mavzuga qiziqqan o'quvchilam i texnik yoki badiiy-texnik yo‘nalishdagi to‘garaklarga jalb qilish kerak. Har qanday fanni o‘qitish metodikasining asoslari uchta asosiy tarkibiy qismlar: konsepsiya, ta’limning metodik tizimi va ular la’siri natijalarini baholashdan iborat. 8 va 9-sinflarda chizmachilik fanini o‘qitish o'quvchUarning yosh xususiyatlari hamda hayotiy va mehnat tajribalaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 0 ‘quvcliiir.r bu vaqtga kelib bilim olishga ongli ravishda, ma’lum maqsad bilan intiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z oldidagi vazifalami tahiil qilib, har bir darsning eng optimal tuzilishini o‘ylab, dars maqsadlariga to‘liq javob beradigan tuzilishni topishga harakat qilishi kerak. Navbatdagi darsning muvaffaqiyati ko‘pincha oldin 0‘tilgan darslar qatorida uning qanday o‘rin tutishiga, o’quvchilar egallagan bilim va amaliy ko‘nikmalariga hamda ularga tushuntiriladigan biümning hajmi va mazmuniga bog‘liq. Bunda o‘qituvchi o'quvchilarning dunyoqarashlari darajasi, darslik yoki ilmiy-ommabop va texnik adabiyotlardan mustaqil o‘qib o‘rganish imkoniyatlariga tayanadi. Pedagogikada ¿/anlaming har xil turlari va o'qituvchining bilimlarni bayon qilishining turli shakllari tahiil qilib berilgan. Masalan, darslar quyidagi turlarga ajratilgan:
• yangi materialni o‘rganish darsi;
• bilim, ko‘nikma va malakalami mustahkamlash darsi;
• takrorlash-umumlashtirish darsi;
• aralash yoki kombinatsiyalashgan dars. Chizmachilik darslari uchun eng keng tarqalib, ommalashgan dars turi - aralash yoki kombinatsiyalashgan darsdir. Bunda o'qituvchining mavzuni bayon qilishi bilan bir qatorda o‘quvchilar tomonidan amaliy ishlami bajarilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Ushbu amaliy ishlar o‘quvchilarga o‘quv adabiyotlaridan foydalanib olingan bilimlarni mustahkamlashga hamda uy vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lum otlam i o'zlashtirishlariga ko‘maklashadi. Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Insoniyatni farovon hayot shartsharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o`rganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan ma`lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, tajriba o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi olinayotgan natijaning aniqligiga ta`sir etadi.

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling