1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja
Islom dini va sog’lom turmush tarsi
Download 58.45 Kb.
|
1-мавзу
Islom dini va sog’lom turmush tarsi
Inson, bu dunyoda yaxshi yashamoqchi bo’lsang savdogar bo’l! U dunyoda oxirating obod bo’lishini istasang taqvodor bo’l! Ikki dunyoing obod bo’lishini xoxlasang ilm o’rgan! Nizomiy Ganjaviy Yurtboshimiz aytganidek, “... tariximizning qaysi davrini olmaylik, ilm-ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon to’xtamaganini, xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir - va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin, yosh avlodni har tamonlama mustaqil fikrlaydigan, yetuk dunyoqarash ruhida tarbiyalash, yangicha tafakkur qilishini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun nilan to’ldirish dolzarb vazifa ekanligini anglab yetish tarafdorimiz”. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, dinimiz-qalbimiz va dilimizdadir. Dinimizga xos xadju-hikmatlar esa hayot va sog’lom turmush tarzimizning asosiy mezonlardir. Demak, Alloh Taolo biz bandalariga faqat sihat-salomatlikni emas,balki aql-idrok bilan ish tutish,millati,yurti, uchun qayg’urish,xayrli ishlar qilish,ezgu va savobli amallarni ado etish har bir inson, ayniqsa, yoshlar zimmasidagi burch va vazifa qilib belgilangan, desak xato bo’lmaydi. Biz islom dinidagi mavjud ijobiy axloqiy qadriyatlardan yoshlar turmush tarzini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya, milliy mafkuraviy va ma’rify-targ’ibot ishalri samaradorligini oshirishda unumli va o’z o’rnida foydalanishimiz lozim. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, dini (turidan qat’iy nazar) talabalarini bajarish inson ruhi, ma’naviyat va jismoniy salomatligini mustahkamlaydi. Binobarin,Avesto, Tavrot, Injil va Qur’oni Karimda yolg’on gapirmanglar, yalqov bo’lmanglar, manmanlikka, qimor-bozilkka hamda nafsga berilmanglar. Razolat deb hisoblangan g’iybat, hasad, ochko’zlik, sudxo’rlik, zino shunga o’xshash gunoh ishlardan yiroqda bo’linglar, deyilgan. AIloh bizni mehr nuri bilan yaratgan bo’lib, shundoq ham unga seviklimiz. U o’z navbatida bizdan bizning muhabbatimizni kutadi holos. Bajaradigan namozu ro’zalarimiz, zakotku ehsonlarimiz unga emas o’zimizga. Xudoga ibodatni Undan qo’rqib va Uning jannatiga erishish uchun emas, balki Tangrini chin dildan sevganidan bajarishi lozim. Xudoni esa sevish kerak,s evgandan keyin esa, Uning ko’rsatmalarini bajarishimiz lozim. Islomni faqat shariat deb tushunmay,uni ta’limot sifatida qabul qilishlik ma’naviyatimizga, iymonimizga ko’proq nafi tegadi.Yaxshi amallarni,inson dinining majburiyatsiz ixtiyoriy tavishda bajarsa,yomon amallardan chetlansa, o’z ustida ishlasa, ruhi va tanasining salomatligini saqlasa,bunday odam iymoni but va barkamol shaxs hisoblanadi. Download 58.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling