1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari


Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiya yordamida gepatit В virusini HBs-Ag ni bemor qon zardobidan aniqlash


Download 1.34 Mb.
bet11/32
Sana20.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1632473
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN

Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiya yordamida gepatit В virusini HBs-Ag ni bemor qon zardobidan aniqlash. Bu maqsadda standart (komersiya) eritrotsitar diognostikumlardan (HBs-Ag ga qarshi AT lar bilan eritrotsitlar shimdirilgan) foydalaniladi. Maxsus polisterol plastinka chuqurchalarida bemor qon zardobi avtomatik mikropipetkalar yordamida diognostik titrga mo‘ljallab suyultiriladi. So‘ngra har bir chuqirchaga bir hajmda antitela yuklatilgan eritrotsit suspenziyasi tomiziladi. Albatta paralel zardob va diognostikum kontroli qo‘yiladi. Planshetka xona temperaturasida yoki 37ºS da 2 soat termostatda saqlanadi va natija ko‘riladi. Natijani ko‘rishda planshetka silkitilmaydi, chunki silkitish reaksiyaning (reaksiyani natijalash 80 rasmga qaralsin) natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
4-mavzu: Bakteriofaglar ta’sirini Petri kosachalaridagi “Бляшкалар”(steril zonalar) va jadvallarga asosan o‘rganish
Viruslarni indikatsiya qilish usullari. Virusologik amaliyotga hujayra kulturalarining kirib kelishi , oldin noma’lum bo‘lgan ko‘plab kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslarni ajratib olish va ularni identifikatsiya qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Hozirgi kunda har bir viruslar uchun sezgir hujayra kulturalarini tanlash imkoniyatlari movjud.
Hujayra kulturalariga virus saqluvchi materialni yuqtirilganda, virusning ko‘payishi (reproduksiyasi) natijasida hujayralarda turli o‘zgarishlar ( destruksiya) kiritmalar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Viruslarning bunday xususiyati SPT (sito patologik ta’siri) ya’ni hujayrani morfologiyasini o‘zgarishi, hatto uning o‘limiga sabab bo‘luvchi faktor deb qaraladi. Ularni quyidagi fenomenlar asosida aniqlash (indikatsiya) mumkin:
1. Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri (effekti)
2. Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi
3. Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi
4. Gemadsorbsiya reaksiyasi 5. Gemagglyutinatsiya reaksiyasi
6. Rangli reaksiya 7. Interferensiya fenomeni
Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri (effekti). Viruslarning hujayra kulturasida ko‘payayotganligi (reproduksiyasi), ularning hujayraga SPT asosida mikroskop ostida ko‘rish bilan aniqlanadi va morfologik o‘zgarishlarning sodir bo‘lganligiga qarab baholanadi. Bunda ularning bir qismi halok bo‘lib, probirka devoridan ko‘chadi. Ayrim hujayralarning emirilishi oqibatida ajralib chiqqan viruslar boshqa hujayralarga yuqadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng bu hujayralar ham o‘ladi. Natijada bir qavatli yaxlit hujayra qatlami o‘rnida alohida-alohida xujayrasiz zonada hujayra orolchalari hosil bo‘ladi. Turli viruslar hosil qilgan (SPT) ning xarakteri bir xil emas. Bir xil viruslar (poliviruslar, Koksaki va bosh.) mayda donodor bir xil tipdagi hujayra destruksiyasini keltirib chiqaradi, o‘choqli mayda donodor destruksiyani (gripp, kana ensefaliti) viruslari, katta donador bir xil ko‘rinishdagi destruksiyani (gerpes) viruslar, simplast ko‘p yadroli hujayralarni (retroviruslar, morbiloviruslar, respirator-sinsitial) viruslar keltirib chiqaradi. Viruslarning SPT amaliyotda viruslarning birlamchi indikatsiya qilishda va oldindan taxminiy tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling