1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari
Download 1.34 Mb.
|
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gepatit G virusi.
- Metodik ko‘rsatmalar
Gepatit E virusi. Jigarning o‘tkir yallig‘lanishini keltirib chiqaradi, intoksikatsiya kuzatiladi, kam hollarda sariqlik na’mayon bo‘ladi. Virus Calicivirus avlodiga va Caliciviridae oilasiga mansub. Virion sferik shakilda, diametri 27-38 nm. Virus genomi segmentlanmagan +RNK molekulasidan iborat. Kasallik manbasi tabiatda odamlar xisoblanadi. Epidemiologik jihatdan Gepatit A ga o‘xshab ketadi. Kasallik “epidemik birdan boshlanish” (Вспышка) tarzda kuzatiladi. Gepatit E surinkali formaga o‘tmaydi, sog‘ayib ketgandan so‘ng turg‘in immunitet qoladi.Virus yuqqandan so‘ng 10-12 kundan kiyin virus spetsifik AT hosil bo‘ladi.
Gepatit G virusi. Virusni toksonomik o‘rni haligacha to‘liq aniqlangan emas. Hozirgi kunda shartli ravishda Flaviviridae oilasiga kiritilgan. Virion sferik shakilda va tarkibida segmentlanmagan +RNK molekulasi tutadi. Antigen nabori bo‘yicha 3 ta tiplari uchraydi. Gepatit G virusi nuqsonli virus deb qaralmoqda, uning reproduksiyasi uchun Gepatit S virusini bo‘lishi zarur degan taxminlar qilinmoqda. Kasallik manbasi kasal odam va surinkali gepatit G virusi bilan og‘rigan bemorlar, virus tashuvchilar xisoblanadi. Virus yuqqandan so‘ng 10-12 kundan kiyin virus spetsifik AT (IgM) hosil bo‘ladi. Metodik ko‘rsatmalar Gepatit В bilan og‘rigan kasallar qon zardobida, virus yuqqandan so‘ng 3-5 haftadan so‘ng virus HBs-Ag paydo bo‘ladi va uni aniqlash mumkin.Bu antigenni qondan topilishi organizimda gepatit virusi borligini bildiradi. HBs-Ag ni diamikada yo‘qolib ketishi bemorni sog‘ayib ketishidan darak beradi yoki uzoq muddat topilib turishi kasallikni surinkali formaga o‘tganligini bildiradi. Kasallikning o‘tkir davrida HBs-Ag qarshi AT diyarli aniqlanmaydi. Bemor tuzalish davrida HBs-Ag qarshi AT hosil bo‘ladi va uzoq vaqt saqlanib qoladi.Virusni HBs-Ag (kor) qonda topilmaydi, faqat jigar to‘qimasidan olingan bioptatdan topilishi mumkin. AT HBs-Ag ga qarshi kasallikning o‘tkir davrida IgM, kiynchalik IgG ko‘rinishida paydo bo‘ladi, lekin uzoq saqlanmaydi. Virus HBe-Ag va unga qarshi AT esa qondan topiladi, ularning qondan topilishi kasallikning o‘tkir kechayotganligidan darak beradi. Surinkali gepatit В bilan og‘rigan bemorlar qon zardobidan HBe-Ag topilishi kasallikni yana avjlanganligini bildiradi. Gepatit В virusini yuqorida keltirilgan antigen va ularga qarshi hosil bo‘lgan antitelalarni (sxema) aniqlash virus diognostikasini asosini tashkil qiladi. Hozirgi kunda gepatit В virusini antigen va antitelalarini aniqlashda pretsipitatsiya reaksiyasi asosida bir qator ekspress usullar ishlab chiqilgan Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling