1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari


Download 1.34 Mb.
bet8/32
Sana20.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1632473
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN

A(HVFA)

V(HVB)

S(HVC)

D(HVD)

E(HVE)

Toksonomik o‘rni

Picornoviri-dae

Hepadnaviridae

Flaviviridae

Togaviridae

Caliciviridae

NK-tipi

+RNK

DNK

+RNK

RNK

+RNK

Kasallik manbasi

odam

odam

odam

odam

odam

YUqish yo‘llari

alementar

parentral

parentral

parentral

alementar

Kasallikni surin-kali formaga o‘tishi

o‘tmaydi

o‘tadi

o‘tadi

o‘tadi

o‘tmaydi

Tashhisi:
Ekspress
Virusologik
Serologik

+

+



+

+



+

+



+

+



+

+



Gepatit kasalligini keltirib chiqaruvchi (A, E,C,D,F,G, TTV) viruslar tarkibida RNK- tutadi.Faqat gepatit B virusi DNK tutovchi viruslarga kiradi.


G epatit A virusi. Hozirgi kunda gepatit A virusi Hepatovirus avlodi va Picornoviridae- oilasiga kiritilgan (eski nomlanishi entiroviruslarni 72 tipi). Virus tarkibida segmentlanmagan +RNK (infeksion) tutadi, RNK oqsil qobiq bilan o‘ralgan, bularda supekapsid uchramaydi, yalong‘och viruslar guruhiga kiradi. O‘lchami o‘ta kichik 25-27 nm. Nukleokapsidi kubik simmetriya shaklida. Virusni faqat bitta antigeni NA-Ag tafout qilinadi. Virus hujayra kulturalarida ko‘paymaydi, faqat lekotsitar va organ kulturalarida ko‘paytirish mumkin. Bundan tashqari laboratoriya hayvonlari ham gepatit A virusiga berilovchan emas. Lekin, primatlarda ko‘paytirish mumkin, diognostikada qo‘llanilmaydi.
Bemor organizimida gepatit virusini NA-Ag qarshi AT (IgM va IgG) sintez bo‘ladi.
Gepatit B virusi. Hozirgi kunda gepatit B virusi Orthohepadnavirus avlodiga va Hepadnaviridae oilasiga kiritilgan. Gepatit B virusi virioni sferik shaklda bo‘lib o‘lchami 42 nm ga teng, superkapsidi movjud. Virus genomi ikki ipli DNK bo‘lib halqasimon ko‘rinishda. DNK ning musbat ipi defektli bo‘lib, to‘liq emas. Virus tarkibida virus replikatsiyasi uchun zarur bo‘lgan DNK –polimeraza mavjud. Bemor qon zardobida virusning 3 ta morfologik formasi uchrashi mumkin . Eng ko‘p sferik shakildagi 22 nm o‘lchamdagi, kamroq ipsimon 50-230 nm va faqat 7% hollarda to‘liq strukturali (kapsid va superkapsidli) Deyna bo‘lakchasi uchraydi. Deyna bo‘lakchasi infeksion xususiyatga ega, qolgan 2 ta formalari infeksion xususiyatga ega emas, chunki ularni tarkibi faqat superkapsiddan tarkib topgan.
Virus tarkibida virusning 4 ta (HBc-Ag, HBe-Ag, HBs-Ag va HBx-Ag)
antigenlari uchraydi.
HBc-Ag. Gepatit B virusini nukleokapsid (mag‘iz) antigeni. Deyna bo‘lakchasida uchraydi, alohida qonga ajralib chiqmaydi. Virus bilan zararlangan gepatit hujayralarida topilishi mumkin.
HBe-Ag. Deyna bo‘lakchasi tarkibiga kirmaydi, lekin u bilan bog‘langan bo‘ladi. Bemor qonida kasallikning inkubatsion davrida paydo bo‘ladi. HBe-Ag vazifasi hozigacha no’malum, lekin eng sezgir diognostik ko‘rsatkich xisoblanadi.
HBs-Ag. Gepatit B virusini asosiy Ag xisoblanadi. U superkapsid tarkibida uchraydi. Qonda ko‘proq uning defektli 1 va 2 morfologik tiplari uchraydi. Ularning hosil bo‘lishi virus metobalitik sikli replikatsiyasining asorati xisoblanadi. HBs-Ag virus yuqqandan kiyin 1,5 oydan kiyin qonda paydo bo‘ladi va infeksiya yuqgan kishilar qonida doimo uchraydi. HBs-Ag kuchli immunogen xususiyatga ega bo‘lib, unga qarshi hosil bo‘lgan AT uzoq yillar organizimda topiladi. SHuning uchun HBs-Ag ning rekonbinat maxsulotlaridan hozirgi davrda vaksina sifatida foydalanilmoqda.
HBx-Ag. YAxshi o‘rganilgan emas, ba’zi fikirlarga qaraganda gepatotsit hujayralarini hafli o‘sma hujayralariga transformatsiya bo‘lishiga olib kelishi mumkin.



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling