1-мавзу: Virusologiya laboratoriyasining tuzilishi va unda ishlash qoidalari


-Mavzu: Kiritmalar usuli yordamida fitopatogen viruslarni diagnostika qilish


Download 1.34 Mb.
bet29/32
Sana20.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1632473
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-«VIRUSOLOGIYA» FANIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI BAJARISH UCHUN

14-Mavzu: Kiritmalar usuli yordamida fitopatogen viruslarni diagnostika qilish.

Ishdan maqsad: "Virus kiritmalari" usulini o‘rganish ayniqsa bu usul yordamida yashirin simptomli virus kasalliklarini aniqlashdir.


Kerakli materiallar: fuksin, pikrin kislota, N20 , kedr moyi, mikroskop x10, x40, x90 ob’ektivlari, buyum oynasi, qoplagich oyna, shisha tayyoqcha.
Ishning borish i: O‘tkir tig‘ bilan bargning pastki tomonidagi tomiridan yupqa kesma olinadi. Kesmani ohistalik bilan tukchalarini zararlamasdan olib, buyum oynasiga tomizilgan bir tomchi vodoprovod suviga quyiladi va qoplagich oyna bilan yopiladi.
Preparatni (asosan tuklarni)avval 250 -300 marta katgalashtirilishda mikroskop ostida kuzatiladi. SHishasimon hosilalar kuzatilgan tuklar endi mikroskopning kuchliroq kattalashtirilishida kuzatiladi. Agar tamakining odatdagi mozaikasi virusi bilan kasallangan bo‘lsa, hamma hu- jayralarda bitta yoki bir necha rangsiz, olti qirralik, yupqa shishasimon plastinkalar kuzatiladi. Bunday kritmalarni kuzatish-virus borligini isboti bo‘ladi. Agar o‘simlik shu guruhdagi virusning har xil shtammlari bilan kasallansa, tukning asosi tomonidagi birinchi qujayrada shisha- simon moddalar va undan keyingilarida oltiburchakli yoki shunga o‘hshash unsurlar kuzatiladi.
Hujayralarda ipsimon yoki ignasimon kristallarning, amyobasimon X- tanalarning topilishi diagnozning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. X-tanada yadrochalarning yo‘qligiga qarab, yadroni adashtirmasdan farqlash mumkin.
Diagnoz olib borishda M.I.Goldinning quyidagi ko‘rsatmalariga amal qilish muhimdir.
1. Kiritmalar (shishasimon plastinkalar) kesmani hamma hujayralarida ham uchrayvermasligi mumkin. Agar bitta hujayrada kuzatilsa, u tukning boshqa hujayralarida ham bo‘lishi mumkin.
2. Virus kiritmalarini topish uchun bitta kesmani ko‘rish etarli bo‘ladi. Salbiy natija olinganda bir o‘simlikdan 9ta kesma olish kerak 3-tasi o‘simlikning eng tepadagi yarusidan, 3ta o‘rtasidan va yana 3 tasi eski (qari) barglardan tayyorlanadi. YAna simptomlari yaqqol ko‘ringan joylaridan tayyor lash tavsiya qilinadi.
3.Tuk hujayralarining yirtilishi, jarohatlanishidan kristallar erib yo‘qoladi.
4. Kesmaga 0,1n NS1 bilan ishlov berilsa kristall kiritmalar ipsimon kristall bog‘lariga parchalanadi.
5.Virus kiritmalari 1% li pikrin kislota bilan bo‘yalsa to‘qsariq; rangga bo‘yaladi.
Olingan natijalar rasm daftarga chizib olinadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling