1-mavzu: xalqaro huquqqa kirish reja: Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari


Download 122.09 Kb.
bet35/36
Sana26.10.2023
Hajmi122.09 Kb.
#1724734
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huqu-fayllar.org

Mantiqiy savollar
  1. Xalqaro huquq printsiplarining yuridik kuchi haqida so’zlang. Sizningcha, xalqaro huquq printsiplarining ierarxiyasi mavjudmi?


  2. Xalqaro huquqning qaysi printsiplari BMT Ustavi qabul qilingandan keyin paydo bo’ldi? Fikringizni asoslab bering.


  3. Davlatlarning qanday harakatlari kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik prinsipi buzilishiga olib keladi? Misollar bilan asoslang.


  4. Qanday hollarda va asoslarga ko`ra qurolli kuchlarni qo`llash mumkin? Fikringizni qanday asoslaysiz?


  5. O`zbekiston Respublikasida sudlar muayyan ish bo`yicha qarorni xalqaro huquq prinsipiga asoslanib chiqarishi mumkinmi? Javobingizga yuridik argumentlar keltiring.





Mavzu bo‘yicha kazuslar
1. А davlati V davlati hukumatini ag’darishga qaratilgan xatti-harakatlarni qo’llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
V hukumati esa А davlatining bu harakatini xalqaro huquq nuqtai nazaridan qaraganda boshqa davlat ichki ishlariga aralashish deb baholadi.

Savollar:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. B davlatining vajlari to’g’rimi?
3. A davlati tomonidan Xalqaro huquqning prinsiplari buzilishi holati mavjudmi?
2. А davlati Аfrika qit'asida joylashgan. Uning yonidagi hududda ko’chmanchi chorvador aholi yashaydi. Ushbu aholi xilma-xil millatlardan va turli tillarda so’zlashuvchi qabilalardan iborat. Barcha aholi soni 3000 tadan iborat. Ushbu hududda janob X davlat tashkil qilish uchun barcha aholini chaqiradi va B davlati tashkil etilganini e'lon qiladi. Yangi tashkil qilingan B davlatning qo’shnisi C davlat uni darhol tan oladi. Lekin, А davlati ushbu hudud aholisi birinchidan, ko’chmanchi bo’lgani uchun, ikkinchidan yagona davlat tili yo’qligi, uchinchidan yagona millat yo’qligi, to’rtinchidan juda ham kambag’al va aholi soni faqatgina uch mingtani tashkil qilgani uchun, bu hududda davlat tashkil qilish xalqaro huquqqa zid deb e'lon qiladi va o’z qo’shinlari kiritib ushbu davlatni tarqatib yuboradi. Tarqatib yuborilgan B davlati rahbarlari C davlati yordamida А davlati bilan kelishgan holda ushbu muammo bo’yicha xalqaro sudga murojaat qilishadi.

Savollar:
  1. 1. Vaziyatga huquqiy baho bering.


  2. Kazusda Xalqaro huquqning prinsiplari buzilishi holati mavjudmi?




  1. А davlat Аfrika qirg’oqlarida joylashgan, B davlat esa Yevropada joylashgan. B davlat okeanda А davlatning qarama-qarshiligiga qaramasdan yadro qurolini sinovdan o’tkazadi. B davlat o’z navbatida А davlati yadro quroliga ega bo’lishi va uni sinovdan o’tkazishi xalqaro huquq normalariga zid ekanini ta'kidlaydi. B davlati А davlatining bu munosabati uchun uning qirg’oqlariga yanada yaqinroq joyda yadro sinovlari o’tkazadi. Natijada, B davlati А davlatining bu harakatiga nisbatan А davlatining bu yadro sinovlari unga kuch bilan tahdid qilishga teng ekanligini va uning atrof muhitiga zarar yetkazayotganligini ta'kidlaydi. А va B davlatlari o’zlarining harakatlari xalqaro huquqning normalariga mos ekanligini ta'kidlashadi.




Savollar:
  1. Vaziyatga huquqiy baho bering.


  2. Kazusda qaysi davlat harakatlarida Xalqaro huquq prinsiplari buzilishi holati mavjud? Fikringizni Xalqaro huquq prinsipi mazmunidan kelib chiqib asoslang.





Download 122.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling