1.Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?
*A) Moliya Vazirligi tomonidan
B) Vazirlar Mahkamasi tomonidan
C) Adliya Vazirligi tomonidan
D) Oliy Majlis tomonidan
2.O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi yangi tahrirdagi Qonuni qachon qabul qilingan?
*A) 2016 yil 13 aprel
B) 2016 yil 30 aprel
C) 1996 yil 30 avgust
D) 1998 yil 30 aprel
3.O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni necha moddadan iborat?
*A) 32 modda
B) 42 modda
C) 16 modda
D) 29 modda
4.Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning nechanchi moddasida qayd etilgan?
*A) 2 modda
B) 3 modda
C) 4 modda
D) 6 modda
5.Buxgalteriya hisobining maqsadi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
*A) foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlash
B) buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish
C) samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
D) doimiy ravishda tashqi foydalanuvchilari hisob ma’lumotlari bilan ta’minlash
6. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida» Nizom qachon qabul qilingan?
*A) 1999 yil 5-fevralda
B) 1996 yil 30-aprelda
C) 1996 yil 30-avgustda
D) 2004 yil 1-yanvarda
7.O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda nechta BHMA amalda?
*A) 24 ta
B) 25 ta
C) 20 ta
D) 15 ta
8.Buxgalteriya hisobining 0-son milliy standarti nomlanishi
*A) Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilishning konseptual asoslari
B) Hisob siyosati va moliyaviy hisobot
C) Asosiy xo’jalik faoliyati daromadlari
D) Konsolidasiyalangan moliyaviy hisobot va sho’ba xo’jalik jamiyatlarida sarmoyalar hisobi
Do'stlaringiz bilan baham: |